Allaberganova umida ravshanbekovnaning


Aqliy ta’lim va tarbiyani rivojlantirish bosqichlari



Download 0,59 Mb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#277571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Allaberganova Umida Pedagogika

Aqliy ta’lim va tarbiyani rivojlantirish bosqichlari.


Katta bog‘cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli о‘zgarish yuz beradi.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy
tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib shilab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:

1. Bolalarda tabiat va jamiyat tо‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy duiyoqarashni shakllantirish.

2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma - xil usullarini rivojlantirish.

  1. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini
    rivojlantirish.

  2. Aqliy bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish.

Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni tо‘la aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar sistemasini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak - atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati, va xossalari (sinadi, pachoq bо‘ladi, yirtiladi, tо‘kiladi) haqida, kaysi materialdan tayyorlanganligi tо‘grisida aniq tasavvurga ega bо‘ladi. U tabiat hodisalari, ularning о‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining о‘ziga xos belgilari, ular о‘rtasidagi bog‘lanishlar, hayvonlar, ularniig hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va x.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, о‘simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq tug‘risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi.

Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shpxsi xam shakllanib boradi. Bola san’tning har xil turlari tо‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi.

Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog‘liq. Aqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirishni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g‘oyat samaradorligini ta’minlaydigan his - tuyg‘ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va tulaqonli, esda qolishning mustahkamligi va ongligi, tafakkur mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillik xos bо‘lishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar о‘zlariga tushunarli bо‘lgan ijtimoiy voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan ba’zi
xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga muhabbat tuygusi va baynalminalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.Aqliy ta’lim - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol о‘ynaydi. Chunki talim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.Ta’lim jarayonida bolalarda о‘quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, ularning maktabda muvaffaqiyatli о‘qishi uchun muhim shart - sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki xil yо‘l bilan amalga oshirilishini taqozo etmoqda.


Xulosa

Birinchi yо‘l - bolalarning bilim, malaka kо‘nikmalarini kattalar bilan о‘zaro munosabatda bо‘lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu "yо‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil katnashish uchun imkoniyat yaratmaydi.

Ta’limning ikkinchi yо‘li - maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus о‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va kо‘nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yо‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur bо‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.

Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilarning о‘z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida о‘qish bilan hurmat - e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rо‘dakiy, Abu Sayidrasul Aziziy, Muhammad Sharif Sо‘fizoda, Abdulqodir Shokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi el pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan.

Y.A Komenskiy 6 yoshgacha bо‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini kо‘rsatib berdi. Y.A. Komenskiy 19 bо‘limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, о‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astronomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Volalar bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bog‘lik bо‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. U о‘zining «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va о‘qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan shu bilan YA A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish