Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

 

Qilich dami boʻzbolaning manglayiga tekkuncha, sekin tushib keldi. Bir tomchi qon 



chiqdi. 

 

Suvori qilt etmay turardi. Santyago ham damini ichiga yutdi. U hatto qochib qutulishga 



urinmadi. Vujudining tub-tubida gʻalati umid uchqunladi: u Oʻz Taqdiri yoʻlida halok 

boʻladi. Fotima uchun halok boʻladi. Demak, belgilar aldamagan. Mana, Dushman 

manglayida turibdi, shu bois ajal unga dahshat sololmaydi, zotan, Olam Qalbi mavjud va 

bir nafasdan soʻng u Olam Qalbining bir qismiga aylanadi. Ertaga uning qismati 

Dushmanning boshiga ham tushadi. 

 

Suvori hanuz qilichini sermashga shoshilmas edi. 



— Nega bunday qilding? 

— Men qirgʻiylar parvozi daraklagan xabarni eshitdim va buning ma’nisini tushundim

xolos. Ular vohani qutqarmoqni istashdi. Vohaning himoyachilari sizlarni qirib tashlaydi, 

ular koʻpchilik. 

 

Qilichning dami hanuz uning manglayiga tegib turardi. 



— Kimsan oʻzing, Ollohning ishiga aralashadigan? 

— Olloh faqat qoʻshinnimas, qushlarni ham yaratgan. Ularning tilidan meni Olloh voqif 

qildi. Dunyodagi jamiki koru a’mollar bitta qoʻlda bitilgan, — javob qildi boʻzbola 

Tuyakashning soʻzlarini eslab. 

 

Nihoyat suvori qilichini chetga oldi. Santyago nafasini rostladi. 



— Bashorat qilishda ehtiyot boʻl, — dedi suvori. — Hech kim peshonasiga yozilganidan 

qochib qutulmaydi. 

— Men faqat qoʻshinni koʻrdim, — dedi boʻzbola. — Jang oqibati menga ayon boʻlgani 

yoʻq. 


 

Bunday javob suvoriga ma’qul keldi, biroq u qilichini qiniga joylashga oshiqmadi. 

— Xoʻsh, bu yerda muhojir nima qilib yuribdi? 

— Men oʻz Yoʻlimni izlayapman. Biroq sen buni tushunmaysan. 

 

Suvori qilichini qiniga joyladi. Uning kiftidagi qirgʻiy chiyillab tovush berdi. Santyagoni 



chulgʻagan tang holat bir qadar boʻshashdi. 

— Men sening chindan joʻmard ekaningni bilmoqchi edim. Umum Tilini qidirayotganlar 

uchun bundan muhim narsaning oʻzi boʻlmaydi. 

 

Boʻzbola hayron qoldi. Suvori kamdan-kam odamlarning aqli yetadigan narsalar haqida 



mulohaza yuritardi. 

— Bundan tashqari, hatto uzoq yoʻlning tanobini tortgan esang-da, bir nafasga ham 

boʻshashmaslik kerak, — davom etdi suvori. — Sahroni sevish ham mumkin, ammo 

unga toʻla-toʻkis ixtiyoringni topshirib boʻlmaydi. Zotan, sahro — odam uchun sinov: bir 

nafas xayolingni boʻlsang, bas, halokatga uchraysan. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish