Alkenlarning kimyoviy xossalari. Xulosa. Tarkibida bitta qo’shbog` tutgan uglevodorodlarni alkenlar deyiladi. Quyida alkenlarning fizik xossalari keltirilgan. Alken


Alkenlarni termodinamik barqarorligi



Download 50,75 Kb.
bet2/6
Sana09.07.2022
Hajmi50,75 Kb.
#766325
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALKEN

Alkenlarni termodinamik barqarorligi.
Sis-trans izomerizastiya 250S da o’zidan-o’zi sodir bo’lmasligiga qaramasdan, ikkala geometrik shakl bir-biriga aylanish sharoitlarini oson tanlash mumkin. Masalan, sulfat yoki boshqa kislota miqdori ishtrokida stis- va trans- 2-butendan bir xil tarkibli aralashma xosil bo’ladi.
Shu ma’lumotlar asosida va bo’sh energiya bilan muvozanat konstantani birlashtirib turadigan Gibbs tenglamasi ∆ S0q-RTlnKmuv yordamida trans buten-2 termodinamik ravishda stis izomeriga ko’ra 1 kkal/mol ga barqarorligini aniqlash mumkin. Boshqa astiklik alkenlarda xuddi shunday xolat kuzatiladi va trans izomer barqarorroq bo’ladi. Stis- izomerlarni kichik barqarorligi sterik sabablar bilan ifodalanadi, ya’ni, qo’sh bog`ni bir tomonida turgan alkil o’rin oluvchilarni bir-biridan itarilishi bilan ifodalanadi. O’z tabiati bilan bu effekt butanni berk konformastiyasida sodir bo’ladigan kuchlanishga analogdir.
stis- buten-2 trans- buten-2
Alkenlarni stis- va trans- izomerlarini nisbiy termodinamik barqarorligini aniqlash uchun eng qulay va oddiy yo’l katalitik gidrgenolash issiqlik effektini aniqlashdir bu xolatda ikkala izomerlar bitta alkanni xosil qilishadi, shuning uchun ∆H kattaligi ikkala izomerlar nisbiy barqarorligini aks ettiradi.
Rasmda stis- va trans- buten-2 katalitik gidrogenlash diagrammasi keltirilgan. Stis- izomer kuchsizroq bo’lganligi sababli uning energetik diagrammasi trans- izomerga ko’ra yuqorida turadi.
∆ G0stis › ∆ G0trans
1-rasm. Reakstiya koordinatasi
Gidrogenlash issiqliklari alkenlarni barqarorligini aniqlashning eng qulay usulidir, barqaroroq alkenlar gidrolash issiqliklari kichikroq kattaliklarga ega. Alkenlarni alifatik qatoridagi trans- izomerlar stis- izomerlardan barqarorroqdir.
Qo’sh bog` orqali mono-, di-, tetra- o’rin almashgan alkenlar o’zining termodinamik barqarorligi bilan farqlanadi. Quyidagi jadval ma’lumotlariga ko’ra alkenlarning barqarorligi qo’sh bog` ostidagi alkil o’rin oluvchilar soni ortishi bilan barqarorligi ortadi. Etilenni gidrogenlashdagi issiqligi -32.8 kkalmol ni tashkil etadi, lekin propen, buten-1 va 1-alkenlar uchun u taxminan 2.5 kkalmolga kamayadi. Qo’sh bog` ostida o’rin oluvchilarning sonini ortishi ∆H kattaligini kamayishiga olib keladi.

Alken

- N kkal/mol

CH2qCH2

32,8

CH3CHqCH2

30,1

CH3CH2CHqCH2

30,3

CH3CH2CH2CHqCH2

30,1

CH3CH2CH2CH2CHqCH2

30,1

(CH3)2CHCHqCH2

30,3

(CH3)3CCHqCH2

30,3

(CH3)2CqCH2

28,0

CH3CH2C(CH3)qCH2

28,5

(CH3)2CHC(CH3)qCH2

28,0


28,6


28,6


27,6


27,6

(CH3)2CqCHCH3

26,9

(CH3)2CqC(CH3)2

26,6

Jadvalga muvofiq ravishda alkenlar o’z barqarorligiga ko’ra quyidagi qatorga joylashadi.
Qo’shbog`da mono-, di –, tri-va tetraalmashgan alkenlarning xosil bo’lish issiqligining termodinamik natijalaridan xam yukoridagiga o’xshash barqarorlik ketma-ketligi kelib chikadi.

Alken

 kkal/mol

CH2qCH2

Q12,50

CH3CHqCH2

Q4,50

CH3CH2CHqCH2

-0,30


-1,67


-2,67

(CH3)2CqCHCH3

-10,17

(CH3)2CqC(CH3)2

-15,91

Alkenlarni xosil bo’lish issiqliklari
Hozirgi vaqtda alkil almashingan etilenlar qatorida barqarorligini o’zgarish sabablari to’g`risidagi bir fikr yo’q. Bulardan biri barqarorlik ortishini giperkonyugastiya effekti bilan tushuntiriladi.
Qo’sh bog`da metil radikallarlar qancha ko’p bo’lsa C-H va C=C giperkonyugastiya effekti shunchalik katta bo’ladi xamda alken shunchalik barqaror bo’ladi.
Alkenlarni barqarorligini o’zgarishiga alternativ ifodasi bog`lar uzunligi va energiya farqlarida asoslanadi, bundagi qo’sh bog`lar spva sp3 gibridlangan uglerod atomi bilan xosil bo’lgan. Sigma bog` S sp3-Cspga ko’ra sigma bog` Csp2-Csp3 uzunroq va mustaxkamroqdir. Masalan, propendagi sigma bog` Csp2- Csp3 propandagi Ssp3-Csp3 bog`idan uzunroq va mustaxkamroqdir.
Shu gipotezaga asosan, alkenlarni termodinamik barqarorligi ularni molekulalaridagi Csp3-Csp2 bog`lar soniga to’g`ri praporstionaldir va monoalkiletilenlardan tetraalkiletilenlarga o’tishda ko’tariladi.
Shu ikkita alternativ ifodalardan uglerodni sp3 va sp2 gibridlanish xarakteriga bog`liq ravishda S-S sigma bog`ini uzunligi va energiyasini o’zgarish ifodasi qulayroqdir.
Termodinamik barqarorlikni analogik ketma-ketligi alkinlarni uchlamchi bog` ostida mono- va di-alkil o’rin oluvchilarida xam kuzatiladi.

Download 50,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish