Galogen vodorodlarni birikishi.
Alkenlarni muxim elektrofil birikish reakstiyalariga barchaga ma’lum bo’lgan alkenlarni gidrogologenlash reakstiyasi kiradi. Quyida xar-xil alkenlarga HCl,HBr va HI birikishi misollari keltirilgan.
Qo’shbog`dagi alken o’rin oluvchilar birikish tezligiga ta’siri quyidagi ketma-ketlik orqali bayon etiladi.
R2C=CHR→RCH=CHR→RCH=CH2
Bu reakstiya tezligini karbokation xosil bo’lishi aniqlaydi, chunki alkil kationlar barqarorligi-uchlamchi →ikkilamchi →birlamchi qatorida pasayadi.
Shunday qilib birikish mexanizmi oraliq mahsulot xosil qilish yoki bo’sh karbo kationni, bu esa kamdan-kam uchraydi yoki karbokation xossalariga ega bo’lgan intermediatni o’z ichiga olish kerak. Bulardan oxirgisi tipik xolat.
Agarda birikish bo’sh karbokation orqali o’tsa reakstiya mutlaqo nosterioselektiv bo’lardi chunki alkin kationlar yassi tuzilishga ega.
Lekin gidro galogenlash qoidadagidek sterioselektiv ravishda o’tadi va bunda alken turiga bog`liq ravishda selektiv anti birikish, sin-birikish yoki aralash sin-anti birikish kuzatiladi, qo’shbog`i benzol xalqasi bilan bog`lanmagan alkenlarga galogen vodorod anti-birikadi.
Xlorli va bromli vodorod, xlorli va bromli deyteriy anti birikishi stiklogeksen, stiklopenten, 1,2-dimetilgeksen, 1,2-dimetilpenten, stis-va trans-buten-2, geksen 3 va boshqa ko’plab oddiy alken va stikloalkenlarda kuzatiladi.
Birikish mahsulotlarida bir xil bo’lgan o’rin oluvchilar stiklogeksan xalqasini tekisligini ikkala tomonlarida joylashgan shuningdek u trans-qatoriga mansub. Anti-birikish diskret karbokation xosil bo’lishi taxlili bo’lgan mexanizmi bilan mos kelmaydi. Yassi karbokation uchun galogenid ion xujumi tekislikni ikkala tomonidan to’g`ri keladi va natijada sin- va anti- birikish mahsulotlari aralashmasini xosil bo’lishiga olib kelishi kerak.
Orientastiya. Markovnikov qoidasi.
Simmetrik elektrofillarga ko’ra galogenvodorodlar nosimmetrik elektrofil reagentlardir. Har qanday nosimmetrik elektrofilni alkenga birikishida ikkita alternativ mahsulotlar aralashmalari hosil bo’lishi kuzatiladi, lekin amalda odatda ulardan bittasi xosil bo’ladi. Misol tariqasida bromli vodorodni propilenga birikishini ko’rib chiqamiz.
1870 yilda V. V. Markovnikov empirik qoidani topgan va bu qoidaga asosan nosimmetrik alkenlar HX ni biriktiradi, bu yo’l bilan mahsulot xosil bo’ladi va mahsulotda vodorod kam o’rin almashganga birikadi, X esa qo’sh bog`ni o’rin almashgan uchiga birikadi. Odatda Markovnikov qoidasini ikkita alternati karbokationlar barqarorligida farqlanishi bilan ifodalanadi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda N-propil kation izopropil kationga ko’ra barqarordir, shuning uchun reakstiya ikkinchi yo’l bo’yicha ketadi.
Markovnikov reakstiyasi uglevodorod substratlariga HX ni birikishi uchun qo’llanilgan , lekin bu qoidani nazariy jixatdan boshqa o’rin almashgan alkenlar reakstiyalariga xam mansub etsa bo’ladi. Masalan, HCl ni CF3-CHCH2 ga birikishi «anti-Markovnikov» mahsulotini CF3-CH2-CH2-Cl beradi. Chunki CF3-CHQCH3 kationi CF3-guruxini (-I) kuchi effektiga ko’ra CF3-CH2-CH2Q kationidan kamroq barqarorlangan.
Bunday xolatda ko’pincha CF3-CH2-CH2Q kationi xosil bo’ladi, lekin uni xam barqarorligi CF3-guruxni induktiv effekti ta’sirida kamaytirilgan va buni natijasida HCl ni triftormetietilenga birikishi o’rinalmashmagan etilenga ko’ra sekinroq o’tadi.
Analogik sabablarga ko’ra, viniltrialkilammoniy kationlari HBr ni biriktirib olishi Markovnikov qoidasiga zid ravishda o’tadi.
Alkenlarga HX ni birikishi masalan, akrilonitrilga yoki nitroetilenga, Markovnikov qoidasiga zid ravishda boradi. Lekin bu xolatda qo’sh bog` juda kuchli dezaktivastiyalangan sababli bu reakstiyalar juda qattiq sharoitlarda o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |