^ Reaksiya mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin:
Kuchli oksidlovchilar (xromat kislota, nitrat kislota va boshqalar) etilen uglevodorodlari molekulasini qo’shbog’ turgan joydan uzib yuboradi. Buning natijasida kislotalar yoki keton bilan kislota aralashmasi hosil bo’ladi.
Ozonlash reaksiyasi. Bu reaksiya olefinlarning tuzilishini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Olefinlarga ozon bilan ta’sir etilganda ozon qo’shbog’ga borib birikib ozonidlarni hosil qiladi. Ozonidlar beqaror birikmalar bo’lib, salgina tashqi ta’sir etishi natijasida portlaydilar. Ularga suv bilan ta’sir etish natijasida karbonilli birkmalar va vodorod peroksid hosil qilib parchalanadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |