Alkadiyenlar


Fizikaviy xossalari va tuzilishi



Download 459,61 Kb.
bet4/7
Sana06.01.2022
Hajmi459,61 Kb.
#324332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alkadiyenlar

Fizikaviy xossalari va tuzilishi
1,3-Butadiyen odatdagi sharoitda gaz, izopren va metilizopren esa suyuqliklardir (jadval).

jadval


Ayrim 1,3-alkadiyenlarningfizikaviydoimiyliklari

Nomi

Formulasi

Suyuqlanishharorati, C

Qaynashharorati,C

Zichligi, g/sm3, D

1,3-butadiyen

CH2CH-CHCH2

-108,9

-4,5

0,6270

2-metil-1,3-butadiyen



-145,9

34,1

0,6810

2,3-dimetil-1,3-butadiyen



-76

69,6

0,7260

1,3-pentadiyen



-87,5

42

0,6760

1,3-Alkadiyenlarning o‘ziga xos kimyoviy tabiatini tushunish uchun 1,3-butadiyenning elektron tuzilishini ko‘rib chiqamiz. 1,3-Butadiyenda uglerod atomlari sp2-gibridlangan va molekula tekis tuzilishga ega bo‘lib, undagi -bog‘lar ham bir tekislikda yotadi. Har qaysi uglerod atomida bittadan pz-elektron bo‘lib, ular o‘z bulutini molekula tekisligining ustiga va ostiga qarab yo‘naltiradi. Molekula tekisligiga perpendikulyar yo‘nalgan tekislikda 1- va 2-, shuningdek, 3- va 4-uglerod atomlarining pz-elektron bulutlari bir-birini qoplaydi va ikkita -bog‘ hosil bo‘ladi.



Shu bilan bir qatorda bir-biriga yaqin turgan 2- va 3- uglerod atomlarining pz-elektron bulutlari ham bir-birini qisman qoplaydi (24-rasm). Natijada molekula uchun umumiy bo‘lgan to‘rt elektronli -bulut hosil bo‘ladi. Lekin, 1-va 2-, 3-va 4- uglerod atomlari orasidagi elektron zichligi 2- va 3-uglerod atomlari orasidag izichlikdan katta. Chunki 1- va 2-, shuningdek, 3- va 4- uglerod atomlarining pz-elektron bulutlari bir-birini kuchliroq, 2- va 3- uglerod atomlarining pz-elektron bulutlari esa bir-birini kuchsizroq qoplaydi. 1,3-Butadiyendagi p-elektron bulutlarining bunday ta’sirlashuvi natijasida uglerod-uglerod bog‘larining uzunligi o‘zgaradi. 1- va 2-, 3- va 4- uglerod atomlari orasidagi bog‘larning uzunligi (0,134 nm), etilendagi CC qo‘shbog‘ining uzunligi (0,133 nm)dan katta, 2-va 3-uglerodlar orasidagi bog‘ning uzunligi (0,147 nm) esa etandagi C–C oddiy bog‘ining uzunligi (0,154 nm) dan kichik bo‘lib qoladi. Demak, 1,3-butadiyen molekulasidagi uglerod atomlari orasida haqiqiy qo‘sh bog‘ ham, oddiy bog‘ ham yo‘q. Uchala C–C bog‘lari ham oraliq tabiatga ega bo‘lib, qo‘sh bog‘lar oddiy bog‘ga, oddiy bog‘ esa o‘z tabiati bilan qo‘sh bog‘ga birmuncha yaqinlashadi. 1,3-Butadiyenning haqiqiy tuzilishini bitta formula bilan ifodalab bo‘lmaydi.

Rezonans nazariyasi gako‘ra 1,3-butadiyenni to‘rtta strukturaning rezonans gibridi deb qarash mumkin.


rasm. 1,3-Butadiyen molekulasida -bog‘larning hosil bo‘lishi.


1,3-Butadiyen molekulasi uchun hisoblangan bog‘ tartibi va erkin valentlik indeksi qiymatlariuning molekulyar diagrammasida keltirilgan. Taqqoslash uchun etilen va etanning molekulyar diagrammalarini ham keltiramiz. Molekulyar diagrammadan ko‘rinib turibdiki, 1-2 va 3-4 bog‘lar qariyb qo‘shbog‘lar hisoblanadi. Chunki bubog‘larning tartibi (1,894) va chetdagi uglerod atomlarining erkin valentlik indeksi (0,834) etilen molekulasidagi qiymatlarga juda yaqin. O‘rtadagi uglerod atomlarining erkin valentlik indeksi (0,391) esa benzol molekulasidagi uglerod atomining erkin valentlik indeksi (0,399)ga juda yaqin turadi. Shun dayqilib, 1,3-butadiyen molekulasida chetdagi uglerod atomlari, o‘rtadagilariga qaraganda ko‘proq to‘yinmagandir.




Download 459,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish