2. Amir Temur to`g`risida jahon tarixshunosligi.
Sohibqiron Temur jahon xalqlari tarixida katta iz qoldirgan buyuk siymodir. Amir Temur timsoli badiiy adabiyotning qariyb barcha janrlarida tasvirlangan. Mag`ribu Mashriqning so`z san`atkorlari uning siymosini chizishga, fenomeni sirlarini ochishga intilganlar.
Sohibqiron Temur obrazi yaratilgan asarlari ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, ilmiy-tarixiy va memuar asar lar bo`lsa, ikkinchisi adabiy-badiiy asarlardir. Amir Temur obrazi birinchi bo`lib tarixiy-memuar asarlarda yaratilgan. Bularga Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Ruyu Gonsales de Klavixo «Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi» kabi va boshqa asarlar kiradi.
Amir Temur obraziga murojaat Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan. Ayniqsa, Ovrupa Uyg`onish davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uyg`onish davri gumanistlari jismoniy va ma`naviy etuk komil inson idealiga intilganlar.
Xorijning mashhur tarixchilaridan E.Gibbon, F.Shlosser, G.Veber, Jan-Pol’ Ru va boshqalar o`z asarlarida Amir Temur faoliyati haqida ma`lumotlar berganlar.
Xorij tarixshunosligida Amir Temur tarixiga oid yozilgan asarlarning salmoqli va ilmiy qimmati bilan ajralib turadigan qismi Rossiya tarixshunosligiga taaluqli. Rus muarrixlarining Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o`rni haqidagi fikrlari sovet tarixchilari uchun asosiy dasturilamal bo`lgan.
V.V.Bartol’d, A.Yakubovskiy va boshqalarining asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan hamda jahon temurshunosligi rivojlanishiga ham ma`lum darajada ta`sir ko`rsatilgan.
B.V.Lunin, T.N.Granovskiy, S.M.Solov’ev, V.V.Bartol’d va A.UY.YAkubovskiylar Amir Temur tarixiga oid xususida quyidagi asarlarda bir qator fikr-mulohazalar bildirilgandir.
XX asrning 20-80 yillar Rossiya tarixshunosligining o`ziga xos jihatlaridan biri shu bo`ldiki, bu davr tarixshunosligida o`tgan asrlardagi rus shovinizmining ta`siri ma`lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar qo`shildi. Bular tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o`rganishga kommunistik mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish edi. Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni faqat salbiy bo`yoqlarda yoritish avj oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo`ldi. A.P.Novosel’tsevning 1973 yili «Voprosы istorii» jurnalida e`lon qilingan «Ob istoricheskoy otsenke Temura» maqolasi Amir Temur ustidan o`qilgan hukmdek yangradi. Shundan so`ng XX asrning 70- va 80-yillarida Amir Temur haqida birorta temurshunoslik ilmiy saviyasi bilan farqlanuvchi tadqiqot ishi e`lon qilinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |