Alisher navoiyning nasriy asarlari. Reja



Download 49,73 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi49,73 Kb.
#825379
  1   2
Bog'liq
alisher navoiyning nasriy asarlari.


Alisher navoiyning nasriy asarlari.
REJA:
1. Biografik-memuar xarakterdagi asarlari
2. Ilmiy-filologik xarakterdagi asarlari
3. Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid asarlari
4. Insho san'ati-epistolyar proza namunasina oid asari
5. Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi asarlari
Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan fors va qadimgi o'zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki, ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg'or an'analarining yangicha talqini va ravnaqi o'z aksini topdi. Ikkinchidan, o'zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o'zbek adabiyotini o'n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi.
Navoiygacha bo'lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman esa didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo'llandi.
Bu davrdagi o'zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog'liqdir.
Navoiy o'z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o'zigacha bo'lgan va o'z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirib, o'z ona tilida ulardagi ilg'or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan qaradi.
Alisher Navoiy o'zining barcha nasriy asarlarini "Vaqfiya"ni istisno qilganda (bu asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so'nggi o'n yilida yaratgan. Ularning umumiy manzarasi quyidagichadir:
1.Biografik-memuar xarakterdagi "Holoti Sayyid Hasn", Holoti ,Pahlavon Muhammad", "Xamsat ulmutahayyirin".
2.Ilmiy-filologik xarakterdagi "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Mezon ul-avzon", "Risolai mufradot".
3.Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid "Tarixi muluki Ajam", "Nasoyim ul-muhabbat", "Tarixi anbiyo va "hukamo", "Vaqfiya".
4.Insho san'ati-epistolyar proza namunasi- "Munshoot".
5.Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi "Mahbub ul-qulub".
"Haloti Sayyid Hasan Ardasher", "Haloti Pahlavon Muhammad", "Hamsat ul-mutahayyirin"-Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir.
Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiyga yaqin siymolar, uning hamfikr do'stlari, ustoz va murabbiylariga bag'ishlanib, ularning vafotidan keyin yozilgan.
Navoiy bu asarlarida ana shu uch madaniyat arbobining ma'lum jarajada ijodiy va ijtimoiy biografiyalarini yaratadi, ular bilan o'zining har sohadagi hamkorligi, muloqatlari haqida hikoya qiladi.
Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan risola 896| 1490-91 yilda uning vafotidan ikki yil keyin yozilgan.
Sayyid Hasan bilan Navoiy 860|1455-56 yilda birinchi marta uchrashgan va umrining oxiriga qadar yaqin do'st bo'lib qolgan. U 821|1425-26 yilda tug'ilgan bo'lib, uning otasi shoh Boysung'ur Mirzo saroyida qushbegilik lavozimida ishlagan. Sayyid Hasan arab tili, tilshunoslik, ritorika, fikh, she'riyat, tarix, astornomiya, muzika bo'yicha o'z davrining eng bilimdon kishisi bo'lgan. Navoiy so'zi bilan aytganda: "ko'prak zamonning tab' va fazl ahliga foyiq va sarafroz bo'libdurlar". U tabiatan g'oyat kamtar, mansabparastlikni, amaldorlikni xush ko'rmas, shaxsiy manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo'lib xizmat qilishdan nafratlanar edi.
Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham uni doim ijod qilishga undar, o'rni-o'rni bilan hamdardlik va sirdoshlik qilar edi. U dunyoviy she'riyatni juda ham sevar, ko'p she'rlarni, xususan Navoiy g'azallarini yoddan o'qir, ayniqsa Hofiz ijodiga ishtiyoqi baland edi. Navoiy ana shunday siymoga hurmat va ixlos bog'lagani tabiiy albatta.
"Holoti Sayyid Hasan Ardasher" risolasida Navoiy yuqorida tilga olinganlarni birma-bir bayon etadi. U Sayyid Hasanning Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan boshlab uning xizmatida bo'lganini, lekin shohning iltifot va e'tiboriga qaramay xizmatni tark etkanini xabar qiladi.
Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo'rttirib ko'rsatib o'tadi. U katta-kichikka barobar, qo'lidan kelganicha birovga yaxshilik qilishga intiluvchi, boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo'lgan:
O'zidin elga dare -qatro oso,
Vale eldan o'ziga qatra-daryo.

Navoiy Sayyid Hasanning nihoyatda yumshoq ko'ngilli bo'lganini, dardli so'zdan g'oyat g'amgin tortib, nazm va kuydan g'oyat ta'sirlana bilishini alohida ta'kidlab o'tadi.


Risolada Navoiy Sayyid Hasanni rind erdi, deb ta'riflaydi va buni uning yashash va fikr qilish tarzi orqali dalillaydi. Sayyid Hasanning rindligi Navoiy so'zlariga e'tibor qilinsa, Hofizning rindligini eslatadi. Demak, bu o'rinda Sayyid Hasanning zamonadan shikoyati, davr nosozliklariga, saroydagi bo'g'iq muhitga bo'lgan nafrati g'oyat ahamiyatlidir.
Asarning so'nggida Sayyid Hasan Ardasher vafotiga bag'ishlangan Navoiy marsiyasi keltiriladi. Unda Navoiy juda samimiy qilib o'z hayotining og'ir damlarida madadkor bo'lgan, mehribon, dilkash va hamfikr do'stidan judolik alamlari haqida yozadi.
"Holoti Sayyid Hasan Ardasher" Navoiyning mumuar xarakterdagi go'zal asari bo'lib, katta samimiyat bilan yozilgan. Asr, shubhasiz, odamlarni bir-biriga oliyjanob munosabat va sof do'stlik ruhida tarbiya qilishda ham g'oyat ahamiyatlidir.
"Holoti Pahlavon Muhammad"ning qahramoni Pahlavon Muhammad ham o'z davrining qomusiy bilimlarga ega bo'lgan shaxslaridandir. U atronomiya va matematikani, adabiyot va san'atni, fiqh va falsafani, tabobatni yaxshi egallagan. U, musiqa nazariyasi, bastokorlik va xonandalik sohasida ham keng shuhrat qozongan edi. Nafis hissiyotli, quvnoq tabiatli, hazilmutoibaga moyil, odamoxun va ulfatshunos Pahlavon Muhammad o'sha davrlarda keng tarqalgan varzish (sport) turlaridan qushtigirlik (kurash) san'atining mohir namoyandasi ham edi.
Navoiy Pahlavon Muhammadning ma'naviy qiyofasini, insoniy tabiatini qalamga olar ekan, uning zakovati va fazilatlariga alohida urg'u beradi.
Navoiy Pahlavon Muhammadning mashhur kuylaridan-amallaridan "Choshorgoh", "Segosh" va "Panjgoh"larni eslatib o'tadi.
Pahlavon Muhammad badiy ijod sohasida ham yetuk iqtidorga ega bo'lgan. Uning ruboiy, masnaviy, qi'a, ta'rix va muammolari ham mazmun, ham badiiy jihatdan anchayin yetuk saviyada bitilgan.
U, shunungdek, tib ilmi va nujum fanining bilimdonlaridan bo'lgan.
Navoiy katta husn-rag'bat bilan Pahlavon Muhammadning hazil mutoyibaga moyil ta'bi va tabiati haqida g'oyat maroqli lavhalar ham keltiradi.
Navoiy ularning xotirasini abadiylashtirmoq maqsadida yuqoridagi ikki asarini yaratdi. Ularda ana shu ikki siymoning, agar ta'bir joiz bo'lsa ijtimoiy biografiyasi yoritiladi.
Navoiyning bu ikkala asari zamonning madaniy hayotida faol ishtirok etgan, ijobiy rol o'ynagan real shaxslarning ijodiy faoliyati haqida haqqoniy ma'lumotlar asosida yozadi.
Bu asarlarda badiiy nasrning ilk belgilovchi elementlari mavjud bo'lib, u ayniqsa, Navoiyning portret yaratish mahoratida yaqqol ko'rinadi. Navoiy har bir siymo obrazi xarakterining o'ziga xosligini ochib berishga muvaffaq bo'ladi. Ularga bo'lgan muhabbat-ehtiromi asarlarning samimiy ruhini oshiradi, Navoiyning bu asarlari insoniy do'stlik va hamjihatlik sha'niga bitilgan ajoyib madhiya hamdir.
"Hamsat ul-mutahayyirin" 1494 yilda yozilgan bflib, bir muqaddima, uch maqolat va bir xotimadan iborat.
Ma'lumki, Abdurahmon Jomiy davrning eng obro'li va eng bilimdon siymolaridan biri. U ulkan olim sifatida adabiyot nazariyasi, falsafa va musiqiy ilmida qator ishlar ijod qilgan, buyuk so'z san'atkori sifatida ilg'or fikrlarni, insonparvarlik g'oyalarini tarannum etgan edi. Ayni choqda Jomiy o'zigacha butun O'rta va Yaqin Sharqda hukmron bo'lgan, badiiy adabiyotda yuksak mahorat, o'tkir emotsional ta'sir kuchi bilan o'z ifodasini topgan mistika ta'sirida ham bo'lgan edi.
Binobarin, Navoiy Jomiy haqida maxsus asar yozishga kirishar ekan, uning ana shu ko'p qirrali ijodini qamrab olishga, uni izohlashga, o'zi bilan bu ulug' san'atkor orasidagi muloqat va suhbatlarning eng xarakterli tomonlarini ochib berishi lozim edi. Navoiy ana shu vazifalarni bajarishga muvaffaq bo'ldi. Yana shuni ta'kidlab o'tmoq lozimki, Navoiy bu asarda badiiy yuksaklik kompozitsion yetuklik va uslubiy ixchamlikka to'la erishgan. U bu asarda ham tilga olingan siyosiy, ijtimoiy va axloqiy masalalarga o'zining eng ilg'or gumanistik pozitsiyasidan yondashgan.
"Xamsat ul-mutahayyirin" muqaddimasida Jomiyning nasabi, tug'ilishi, tarbiyalanishi, bilim olishi, shoir va olim sifatida tanilishi hamda Navoiy uning bilan qachon uchrashgani haqidagi ma'lumotlar beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy Jomiyning she'riyatdagi iste'dodini, qudratini, uning belgilovchi fazilati deb biladi. Uning tasavvur yo'lidagi kamolati va shuhrati xususida so'zlar ekan, Navoiy tasavvur nazariyasi va istilohlari yuzasidan mavjud adabiyotlardan farqli o'laroq, Jomiy bu ilmga oid fikrlarni o'z asarlarida ko'pchilikka tushunarli qilib, sharh va izohlar bilan bayon etganligini ta'kidlaydi.
Asarning birinchi maqolatini Navoiy o'zi bilan Jomiy oralarida bo'lib o'tgan qiziq va ittifoqiy (tasodifiy) voqealar bayoniga bag'ishlaydi. Bu fasl tarkibidagi 13 lavhada Jomiyning ma'naviy va ijtimoiy qiyofasini ochib beruvchi turli voqealar va shu voqealar munosabati-la u bildirgan mulohaza va maslahatlari, uning hazil-mutoyibaga moyilligini ko'rsatuvchi maroqli naqllar va turli adabiy mavzularda o'tkazilgan suhbatlar beriladi. Ayni choqda, Navoiyning o'zi ta'kidlangandek, Jomiyning unga bo'lgan alohida xususiyat va iltifotlari ma'lum bo'ladi.
Shuningdek, bu lavhalarning asosiy maqsadni atrofli ochib berishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularda talay madaniyat ahllari-adib, shoir,san'atchi va davlat arboblariga hamda oddiy xalqning xushta'b namoyandalariga, ilmiy va badiy asarlarga ma'lum munosabat bildirilib o'tiladi, baho berib ketiladi.
Navoiy voqealarni, uchrashuv va suhbatlarni qatorasiga emas, balki Jomiy ijodiy yoki ijtimoiy biografiyasining angiq bir qirrasini ko'rsatib beruvchi eng xarakterlilarini qalamga oladi.
Masalan, Jomiyning hayotdan ajralgan, go'shanishin ijodkor bo'lmaganligidan katta voqealar, saroy va saroydagilar, hayoti, xulq-atvori juda yaqindan qiziqtirgan va mashg'ul etganligidan dalolat beruvchi hikoyatlardan birida bayon etilishicha, Navoiy sipohiylikdan, ya'ni davlat xizmatidan bezor bo'lib, mansabni tark qilmoqchi bo'lganida Jomiy buning sababini so'raydi. Navoiy shunday deb javob beradi:
-Inson jinsi suhbat va ixtilotidan malul bo'lib erdim, bu ishga ul bois bo'ldi.
Jomiy bunga javoban g'oyat qisqa, lekin nihoyatda o'tkir, vaziyatga juda muvofiq tushadigan savol bilan murojaat qiladi:
-Inson qimni xayol qilib erding, bizga dag'i ko'rguz?
Bundan Navoiy o'zining qat'iy qarori Jomiyga "noxush kelmagan"ligini uqadi.
Navoiy bilan Jomiy orasidagi bu suhbat ustozning haj safaridan endigina qaytgan, shohning esa Balx ustiga yurish qilib turgan vaqtida sodir bo'ladi. Buning ustiga yurish qilib turgan vaqtida. Buning ustiga Hirotga kelgandan keyin Jomiyga safar chog'ida turli shaharlar, jumladan Bog'doddagi chiqishlari uchun bid'atda ayblangani ovozasini yetkazadilar. Jomiy nihoyatda qakttiq ranjiydi. Hech shubhasizki, bunday vaziyatda Jomiyning Navoiyga yuqorida aytgan so'zlari g'oyat samimiy va tabiiy edi.
"Xamsatul-mutahayyirin"ning ikkinchi qismi- maqolati Jomiy va Navoiyning o'zaro yozishmalariga bag'ishlanadi. Bu yerda Jomiyning Navoiyga yo'llagan 15 nomasi va javob xatlari hamda Navoiyning ham Jomiyga yozgan 15 maktub va javoblari keltiriladi.
Bu ikki shaxs orasidagi yozishmalarni mazmunan uch turkumga ajratish mumkin.
1.Ikki dustning bir-biridan xabar topish maqsadidagi xatlari:
2.Badiiy ijod bilan aloqador yozishmalar:
3.Ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog'liq ruq'alar.
Jomiy va Navoiy orasidagi do'stlik, shunungdek siyosiy-ijtimoiiy masalalarda ham sirdosh, hamfikr va maslahatdosh bo'lishni taqoza qilgan. Bir necha maktublar (uchinchi turkum)da Jomiyning ham, Navoiyning ham davr uchun dolzarb, xalq manfaati uchun zarur bo'lgan masalalarga munosabatlari qalamga olinadi. Masalan, bir maktubda Jomiy Navoiyning podshohning Qunduz viloyatiga qilmoqchi bo'lgan yurishiga yo'l qo'ymaslikka undaydi. U yozadi: "Ulcha imkoni bor, bu yurishning man'ig'a sa'y qilg'aysen va ul matlub sur'at bog'lamag'ay, azimat jazm bo'lsa yozib yuborgaysen". Yana bir xatda Jomiy Navoiyga davlat ishlaridan dilgir bo'lmasligi lozimligini hamisha xalq manfaati yo'lida qayg'urishdan tolmasligi kerakligini uqdiradi.
Bulardan ko'rinadiki, Jomiy davlat ishlari boshida Navoiydek xalqparvar, oqil arbobning turishini istar edi. U Navoiy siymosida mehnat ahli farovonligi va mamlakat osoyishtaligi yo'lida uhdador davlat arbobini, tolmas muboriz donishmandni ko'rar edi va unga maslahat, o'gitlari bilan madadkor bo'lishni o'z burchi deb bilar edi. Ayni choqda, Jomiy Navoiyning oliyjanob intilishlari, ulkan orzulari ro'ybga chiqmagan yoki benihoya mushkil, mashaqqatli harakatlari ko'ngildagidek natijalar bermaganini, bunday hollarda Navoiyning nihoyatda dilgir bo'lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga hamdard bo'lishdan, unga taskin va tasallilar berishdan charchamas edi. Ba'zida esa uning e'tiborini ijod ishlariga tortar edi.
Bu nomalarning g'oyaviy-badiiy va sotsial tarixiy ahamiyati juda kattadir. Ular Sharq insho san'ati tarixi hamda adabiyotshunoslikda Navoiy va Jomiyning shaxsiyatini o'rganish uchun muhim manba'dir.
"Xamsat ul-mutahayyirin"ning uchinchi qismida Navoiy va Jomiyning ijodiy faoliyatidagi hamfikirliklari bayon etiladi, ularning bir-birlari tavsiyalari bilan yaratgan, bir-birlariga, bag'ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy shaxsiyati va ijodi haqidagi mulohaza va baholari, Navoiy dostonlarida ham Jomiy sha'niga bitilgan parchalar keltiriladi.
Ma'lum bo'ladiki, Jomiy va Navoiy o'z ijodiy faoliyatlarida o'zlari yaratgan har bir asarni bir-birlariga ko'rsatib, fikr almashib, bir-birining tahriridan o'tkazib turganlar. Jomiy Navoiy "Xamsa"sini yuksak baholab, uning ona tilida yaratilishini esa davr adabiyotidagi buyuk bir voqea sifatida talqin qilgan. Navoiyni o'z xalqi adabiyotining asoschisi ekanligini birinchilardan bo'lib o'sha zamondayoq belgilab bergan.
Har ikkala buyuk shoirlar bir-birlarining maslahat va tavsiyalari bilan o'z she'riyatlaridan devonlar tuzganlar va ularni nomlab chiqqanlar.
"Xamsat ul-mutahayyirin"ning so'nggi bobi - "Xotima"da Navoiyning Jomiy huzurida mutolaa qilgan asarlari sanab o'tiladi va Jomiyning hayotida yuzbergan va g'ayri tabiiy tuyulgan voqealarni bayon etuvchi bir necha naqllar keltiriladi.
"Xotima"da shuningdek, Jomiy vafotining tafsilotlari, davn marosimi juda ta'sirli va hayotiy qilib bayon etiladi. Barcha adab ahli keng xalq ommasi uchun kata yo'qotish bo'lgan Jomiy o'limi Navoiy uchun shaksiz og'ir musibat edi. U o'zining yurak-yuragidan chiqqan alamini har biri o'n baytdan iborat yetti bandli (140 misra) tarkibband marsiyada izhor qiladi. Sadriddin Ayniy ta'biri bilan aytganda, marsiya adabiyotning eng jono'rtovchi namunasi bo'lgan bu asarda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlangandir.
"Xamsat ul-mutahayyirin" Navoiyning ana shu marsiyasi bilan yakunlanadi.
"Xamsat ul-mutahayyirin" davrning talay jihatlarini, xalq, mamlakat hayotiga oid qator masalalarini yoritishda qimmatli ma'lumotlarga boy asardir. Jomiyning ijodiy va ijtimoiy biografiyasini Navoiy birinchi bo'lib ma'lum yaxlitlikda yaratib beradi.
Navoiyning ilmiy-filologik turkumdagi asarlari uning adabiy hayotidagi faol ishtiroki, uni yo'naltirib turgan madaniyat arbobi sifatidagi faoliyati bilan yaqindan bog'liq tarzda yuzaga kelgan deb aytish mumkin.
Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" asari davrning adabiy hayoti, uning intensivligi, adabiyotdagi yetuk va yosh ijodkor kuchlar, undagi janrlar va hokazo yuzasidan bahs yurituvchi bu asar adabiyot va adabiyotshunoslik tarixi uchun g'oyat muhim manbadir.
Navoiy o'zining bu antologiyasini 896 (1491-92) yilda yozgan, 903!497-98 yilda esa uning to'ldirilgan ikkinchi redaksiyasini amalga oshirgan. Bu asarni yozishdan ko'zlagan maqsadini Navoiy uning muqaddimasida shunday bayon qiladi:
"... bu hujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushtab'larkim, Sulton sohibqiron (ya'ni Husayn Boyqaro-S.G'.) yumni davlatidin va natijai tarbiyatdin she'rning ko'prak uslubida, bataxsis g'azal tavrida barchadin dilosoroq va nishotafzoroqdur, tarkibi salosat va g'arobatin ulcha sharti bor, bajo keltiradurlar,otlari ul jamoat zumrasida (ya'ni, avval o'tgan shoirlar qatorida-S.G'.) bo'lmoqdin mahrum va so'zlari ul tartib va qoidada noma'lum uchun shikasta xotirg'a va sinuq ko'ngulg'a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bilan bu davr zurafosi otin anda sabt etilg'ay, to bu niyozmandlar ham burung'i shuaro akobiri zaylida mazkur bo'lg'aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xaylig'a qo'shilg'aylar".
Boshqacha qilib aytganda, Navoiy o'z davri adabiyot ahllarining nomlari va ijod namunolarini avlodlarga yozib qoldirishni, ularning xotirasini abadiylashtirishni maqsad qilib oladi va o'z ona tilida birinchi tazkirani yaratadi.
Navoiygacha fors tilida 1222 yilda Muhammad Avfiyning "Lubob ul-albob", 1487 yilda Davlatshohning "Tazkari Davlatshohiy" 1486-87 yillarda Jomiyning "Bahoriston"i (7 bobi) kabi tazkiralari yaratilgan edi.
Navoiy o'z salaf va zamondashlaridan farqli o'laroq tazkirasi materiallariga buyuk so'z san'atkori va adabiyot tanqidchisi sifatida yondashadi va asos e'tibori bilan uni o'z zamondoshlariga bag'ishlaydi. Bu asari orqali Navoiy o'z davri adabiyotiga o'zining ilg'or maqsadlari asosida muayyan yo'nalishi berishga intiladi, adabiyotning mohiyatini talqin etish, uni baholashda adabiyotning mohiyatini talqin etish, uni baholashda adabiyotning yuksak badiiiyligi va g'oyaviyligi uchun kurashishda davrining ilg'or gumanisti va xalqparvari sifatida fikr yuritadi.
Mana shu jihatlari bilan "Majolis un-nafois" yozilganidan ko'p fursat o'tmay Sharq shoirlari, adabiyot tarixchilari diqqatini o'ziga jalb eta boshlagan edi. XVI asrning o'zida bu asar fors tilida uch marta tarjima qilingan edi. Bu Movaraunnahr, Eron va Turkiyada tazkiraga zo'r qiziqish bilan qaralganidan dalolat beradi.
Navoiy tazkirasining kompozitsion qurilishiga kelganda aytish kerakki, u sakkiz qismdan iborat bo'lib, materiallarni joylashtirishda xronologik, jug'rofiy hamda sulolaviy prinsipda tuzilgan va 459 shoir, adiblar hamda adabiy hayot voqealari haqidagi ma'lumot beradi. Muallif kim yoki nima haqida yozmasin, bular unga bevosita yoxud u bilan shahsiy munosabatda bo'lgan kishilar vositasi bilan tanish edi.
Tazkirada nomlari keltirilgan ijodkorlarning hammasi has professional shoirlar emas. Asarga turli toifadan bo'lgan, har xil kasb-hunar egalari ham kiritilgan. Bu hol shundan dalolat beradiki, Navoiy o'z davridagi adabiy hayotni kengroq qamrab olishga, uning hamma tarmoqlarini o'rganishga intilgan. Lekin adabiy hayotda ishtirok etganlarning ko'pligi va ularning turli tabaqaga mansubligi o'sha davrda xalq hayoti yaxshi, hamma savodxon bo'lgan degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Zotan, bu davrda feodal-klerikal zulm va ekspluatatsiya hukmron, keng xalq ommasi qashshoq, savodsiz edi. Shunga qaramay, Navoiy tazkirisida mehnat ahllari orasidan chiqqan, moddiy jihatdan mashaqqat chekib bo'lsa-da, o'z hunarini tashlamagan holda ijod etib, she'riyatda shuhrat qozongan o'nlab shoirlar haqida keltirilgan ma'lumotlar g'oyat diqqatga sazovordir. Aytish kerakki, o'rta miyona saviyada ijod etgan shoirlar, savodli, she'rni tushunadigan, uni ifodali o'qiy oladigan va goho biror bayt yarata oladiganlar soni juda ko'p bo'lgan. Adabiy majlis, munozara, mushoiralarda boshqalar she'rini eshitish bilan zavq oluvchilar, adabiyotga g'oyat qiziquvchilar, undagi yangiliklarni kuzatib boruvchilar shahar aholisining ma'lum qismini tashkil qilar edi.
Shunday qilib, Navoiy asari o'z davrida adabiy faoliyatning intensivligi manzarasini ham chizib beradi. Bu intensivlik birinchidan, yuqorida keltirilganidek, shoirlar sonining ko'p va sotsial sostavi rang-barangligi bilan, ikkinchidan, bu faoliyat tor poetik to'garak, adabiy maktabda yoki biron ijtimoiy-siyosiy ideya atrofida emas, balki odamlar ko'p joylarda, bozor, ko'cha, maydonlarda, "oliy majlislarda"da, katta auditoriyada kechkanligi bilan, uchinchidan, adabiyotda juda ko'p va har xil poetik janr va she'riy turlar mavjudligi bilan Jomiy va Navoiy kabi ulug' mutafakkir va buyuk so'z san'atkorlarini yetishtirgani ham qo'shilsa, XV asr oxirida adabiy hayot qay darajada ravnaq topganligi yaqqol ko'rinadi.
Navoiy asarda har bir shoirga alohida xarakteristika beradi. Shoirlar ijodining belgilovchi xususiyati, aksar hollarda ularning insoniy fazilatiga ham urg'u beradi, ularning bilimli darajasi, axloqi, muomalasi, zahmatkashligi kabi xususiyatlarni alohida ko'rsatib o'tishga harakat qiladi. Masalan, Jomiiy, Lutfiiy, Shayxim Suxayliy, Mirzobek, Sayyid Hasan, Shoh G'arib Mirzo, Shohiy Komil, Ziyo va hokazo.
Navoiy har bir shoir shaxsiyatiga konkret va xolis yondashadi. U ba'zi shoirlarning ma'naviy qiyofasidagi nuqsonlarni, xarakteridagi kamchiliklarini ko'rsatib o'tishni zarur deb hisoblaydi. Masalan, ichkilikka berilgan Sayfiy, Sayyid Imod, Hofizi Sa'd va boshqalar; fitnachi, bezori, urushqoq Sayyid Quroza, Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli O'yg'ur va boshqalar.
Navoiy o'z oldiga yolg'iz ularni emas, balki ularni misol qila turib, boshqa ko'p ijodkorlarni ham tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Xalq nazaridan chetda qolgan ijodkorlarning va ularning asarlari shuhrat qozona olmagani sababini adabiy hayotdan uzilib qolganliklarida deb hisoblaydi. Masalan, Yaxyo Sebak, Ashraf va boshqalar.
Feodal-klerikal ideologiya hukmron bo'lgan davrda unga va uning vakillariga qarama-qarshi fikrlar bayon etuvchi so'z san'atkorlari haqidagi ob'ektiv ravishda to'xtab o'tar ekan, Navoiy ayrim hollarda ularga nisbatan xayrixohlik bildiradi. Masalan, Husayn Xorazmiy, Abdullativ Mirzo, Mir Shohiy.
Adabiy tanqidning badiiiy ijod sohasidagi mustasno rolini Navoiy juda yaxshi tushunar edi. Unga loqayd qaragan yoxud mensimagan qalam ahlini Navoiy g'oyat qoralaydi. Masalan, Badaxshiy, Riyoziy, Xurramiy va boshqalar.
Asarda Navoiy o'z hamkasblari qarshisida adabiyot davr talabi saviyasida bo'lishligi lozim degan vazifani qo'yadi. U asarlar ham g'oyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk va puxta, adabiy an'analarni namunali yzlashtirib, ularni ijodiy boyitgan emotsional ta'sir qudratiga ega va yuksak estetik zavq bag'ishlay oladigan darajada bo'lishligi zarur degan talablarni qo'yadi.
Navoiy adabiyotda ma'lum bo'lgan fikrlarni takrorlovchi, o'zgalar she'rini o'ziniki qilib oluvchi soxta ijodkorlar plagiatlar, Nargisiy, Anisiy, Hoja Musolarni ayovsiz tanqid ostiga oladi.
Shuningdek, Navoiy hokim tabaqalarga mansub shoirlarni xalqqa zulm o'tkazganligi,axloqiy qiyoo'asini tubanligi haqida, she'rlarning ham g'oyaviy ahamiyatga ega bo'lmaganligi uchun g'azab bilan tilga olib keskin fosh etadi.
Tazkira materiallari Navoiyning adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh iste'dodlarga alohida husn-rag'bat, katta ehtiyotkorlik bilan qaraganidan, ularga katta umid bog'laganidan dalolat beradi. Bu yoshlarning ko'pchiligi Hirotda tahsil olayotgan talabalar bo'lib, Navoiy ularning aksariyatiga homiylik qilgan, moddiy ahvollaridan xabardor bo'lib turgan, ularning badiiiy kamolati xusisida qayg'urgan.
Bu hol Navoiy dahosining qudratidan, uni hamma davrlarga jumladan, bizning zamonamizga hamnafas san'atkor ekanligidan dalolat beradi.
""Majolis un-nafois" qimmatli avtobiografik ma'lumotlarga qaraganda ham boy asardir. Navoiyning qayerlarda bo'lgani, kimlar bilan uchrashgani, uning ustozlari yaqin do'stlari, shogirdlari, hamsuhbatlari, u bilanyozishib turgan shoirlar, qarindoshlari, farzandi o'rnidagi shaxslar haqida tazkirada maroqli materiallar mavjud.
Asarda, shunungdek, Navoiy davri muzika madaniyati, muzika nazariyasi, badiiy so'z va muzika ijroshiligi san'ati haqidagi ham ma'lum tasavvur yaratib beradigan ma'lumotlar keltiriladi.
Navoiyning "Majolis un-nafois" asari eng qiziqarli, eng hayotiy asarlaridan biridir. U g'oyat jonli va ravon til bilan yozilgan. Asarning bayon uslubi aniq, puxta va g'oyat lakonikdir. Maqolalardagi har bir jumla va ularga singdirilgan fikr, g'oya juda ham ixcham. Muallif o'rni-o'rni bilan original tasvir, hazil-mutoyiba, xarakterli badiiy lavhalar ishlatadiki, bular birlashib asarning badiiyatini ta'minlaydi.
"Majolis un-nafois" keyingi davrlarda yaratilgan tazkiralarga barakali ta'sir ko'rsatdi. Sodiq kitobdorning "Majma ul-xavos "Hasan Nisoriyning "Muzakkur ul- ahbob" Som Mirzoning "Tuhfai Somiy", Fazliyning "Majmuat ush-shuaro", Tabibiyning "Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" shular jumlasidandir.
Noma'lum muallifning "Tazkirai shoiron" (XVIII), Ali Ibrohim Halilxonning "Suhufi Ibrohim", Sayid Muhammad Siddiq Hasanxon Bahodirning "Sham'i anjuman", Rizoqulixon Hidoyatning "Riyoz ul-orifin", noma'lum avtorning "Xarobot" nomli ikki tomli, antologiyalarida qayd qilinishincha, Navoiy tazkirasidan asosiy man'ba sifatida foydalanilgan.
Navoiy asarida nomlari zikr qilingan ko'p shoirlarning ijod namunalari bizgacha yetib kelmagan. Bu jihatdan "Majolis" g'oyat nodir manba' bo'lib, adabiyot tarixi uchun mustasno ahamiyatga molikdir. Ijodkor faoliyati, uning shaxsiyatiga hurmat, ayniqsa xalq orasidan chiqqan, mehnat ahliga mansub shoirlarga muallif munosabati asarning xalqchillik tendensiyasida yozilganligini ko'rsatib beradi. Muallif esa bu asarida o'z iste'dodining yanav bir olmos qirrasi- o'zining o'tkir va ziyrak adabiyotshunos olim va tanqidchi ekanligini namoyon qiladi.
Xalqning madaniyatini ko'tarishda asosiy vosita bo'lgan til masalasiga Navoiy alohida e'tibor bilan qaragan. U o'z davridagi adabiy til "turkiy"ni har tomonlama boyitib, uni yuksak darajaga ko'tardi. Navoiy ijodi timsolida o'zbek adabiy tilining ifoda vositalari ko'paydi. Estetik imkoniyatlari kengaydi, adabiy va ilmiy qudrati oshdi. Bular bilan qanoatlanmay Navoiy o'zbek tilining har jihatdan yetukligini nazariy isbotlash maqsadida 1499 yilda "Muhokamat ul-lug'atayin" asarini yozdi. (Bu asardagi asosiy masalalar tahlili haqida qarang: A.Usmonov, "Muhokamat ul-lug'atayin" Alishera Navoi, Tashkent 1948 g.)
Professor A.Rustamov Navoiyning o'z xalqiga til jihatdan ko'rsatgan bebaho xizmatlarini quyidagicha belgilaydi:

1.Navoiy o'zbek adabiy tilini turkiy lahjalar hisobiga yangi tub so'zlar bilan boyitdi.


2.Bor so'zlar va qo'shimchalar asosida o'zi yangi so'zlar yaratdi, badiiy talablarga javob beradigan lug'aviy birliklarni leksemalarni hosil qilishning nozik usullarini kshf etdi.
3.Turkiy lahjalar va folklor zaminida Navoiygacha ham tilda ishlatilgan so'zlarni yangi ma'nolar bilan boyitdi.
Navoiy til va lahjalar hisobiga so'z formalari, sintaktik kostruksiyalarini ko'paytirib, ularning ma'no va funksiya doirasini kengaytirdi. Uning grammatika sohasidagi o'g'uz elementlaridan unumli foydalangani alohida ahamiyatlidir. (F.Abdullayev. XV asr o'zbek adabiy tilining dialektal asoslari masalasi. Navoiy va adabiy ta'sir masalalari. (To'plam), Toshkent, 1969 yil 245-252-betlar).
Bunday ulkan tarixiy xizmatlarni o'tagan Navoiy o'z asarida o'zbek tilining rivojiga qo'shgan amaliy hissalarini nazariy jihatdan asoslab berdi. Navoiy o'zbek tili haqidagi fikrlarini o'zi yaxshi bilgan fors tili bilan muqoyasa qilishdek to'g'ri ilmiy metod asosida bayon qildi.
Masalan, Navoiy tushunchalarni anglatuvchi so'zlardan tashqari juz'iy ma'nolarni anglatuvchi so'zlarning fzbek tilida ko'pligi masalasini tekshirar ekan, yuzta fe'lning ro'yxatini beradi va uning mazmunini she'riy misollarda sharhlaydi.
Asarning adabiyotshunoslik uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Navoiy o'z qiyosiy kuzatuvlarini o'zbek va fors adabiyotlari tarixi, o'z davri tarixiy sharoiti, adabiy hayoti, o'zbek adabiyotining o'sha vaqdqtdagi ahvoli va istiqboli uchun kurash bilan bog'lab tekshiradi. Bu keyingi zamonlar uchun katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga ega edi.
Navoiy keng ko'lamda rivojlangan forsiy she'riyatning ravnaqi muqobalasida turkiy tildagi poeziyaning nisbatan juda sust rivojlanganligi masalasiga e'tiborni tortadi va buning sabablarini ko'rsatib berishga harakat qiladi. Navoiyning ta'kidlashicha, bunday sabablar uchta bo'lib, birinchisi turkigo'y ijodkorlar ona tilining boyligi va nozikligini bildiruvchi bir necha ma'noga ega so'zlar, murakkab ibora va ifodalar ko'p bo'lganligidan ularni puxta tushinib, she'riyatda mahorat bilan ishlatishdek mehnatdan cho'chib, mushkilliklardan oson yo'lga tushib olishlaridir: Ikkinchisi-ba'zi bir iste'dodli san'atkorlarning davrdagi hukmron traditsiya doirasida bo'lishlikni o'zlariga munosib deb bilishliklaridir: uchinchisi esa-yosh ijodkorlar yengil yo'l tutib, o'z ijodiy namunalarini tajribali forsiyzabon ustozlarga ko'rsatib e'tirof yoki tahsin kutishlari, bunday ustozlarning turkiy tildan bebahra ekanliklari tufayli ular, ya'ni yosh qalamkashlar turkiyga emas, forsiyga mayl ko'rgazishlaridir.
Haqiqiy daho egalari o'z ijod faoliyatlarining asl qiymatini, xalq, Vatan qarshisidagi o'z burchlarini juda aniq va yaxshi idrok etadilar. Shu nuqtay nazardan qaraganda "Muhokamat ul lug'atayin"dagi Navoiyning quyidagi: "... dono hakam adolat yuzidin ko'z solsa va burungi forsiy va so'nggi turkiy latoyif va daqoyiqidin bahra olsa... har qaysining martabasini ta'yin qilur avonida umidim uldur va xayolimga andoq kelurkim, so'zum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajadin o'zga yerni beganmagay". (Alisher navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, 121-bet). O'z ona tilining keng imkoniyatlaridan, uning badiiy ijod uchun mutlaqo yaroqli ekanlaridan kelib chiqib, shu tilda yaratgan ijodiy namunalarini sanab o'tgandan keyin keltirgan "Faxriya" usulidagi Navoiyning fikrlari g'oyat qayotiy bo'lib, real zaminga egadir.
Ma'lumki, Navoiyga qadar ham turkiy tilda ijod qilinar, unda bir qator yaxshi asarlar maydonga kelgan edi. "Muhokamat ul-lug'atayin"da Navoiy, Sakkokiy, Haydar Horazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy va Gadoiy kabi shoirlarni tilga oladi. Lekin, deb ta'kidlaydi Navoiy,-mavlono Lutfiydan boshqa shoirni fors tilida qalam terbatgan san'atkorlarga tenglashtirib bo'lmaydi. Bu bilan Navoiy o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, go'zal lirik she'rlar va ajoyib romantik doston muallifi Lutfiy ijodini yuksak baholaydi, uning adabiyot tarixidagi o'rnini to'g'ri belgilab beradi.
«Muhokamat ul-lug'atayn" da til bilan adabiyot masalalari bir butun yaxlitlikda olinadi, ularning bir-biriga bog'liq qirralari tahlil qilinadi. Ayni choqda o'zbek tili va adabiyoti masalalari bilan qiyoslab tarixiy sharoit, ijtimoiy-siyosiy voqelik ila bog'liq holda kuzatiladi, tekshiriladi.
Aytilganlardan ko'rinadiki, Alisher Navoiy ijodi va faoliyatida ona tili va o'z xalqi adabiyotining keng rivoj yo'liga qo'yilishi uchun kurash belgilovchi momentlardan bo'lib, "Muhokamat ul-lug'atayn"da bu momentlardan bo'lib, "Muhokamat ul-lug'atayn"da bu masala ham nazariy, ham amaliy aspektda asoslab beriladi. Undagi har bir nazariy masalani dalillashda Navoiy sodda til, mantiqiy izchillik bilan xalq milliy madaniyati taraqqiyoti nuqtai nazaridan fikr yuritadi. Shu jihatdan qaraganda Navoiyning bu asari o'zbek adabiy tili va adabiyoti taraqqiyotida g'oyat muhim rol o'ynagan asar bo'lishi bilan birga, muallif ijodidagi ilmiy prozaning yorqin namunasi hamdir.
"Mezon ul-avzon"ni Navoiy 1492 yilda yozadi. Bu asarning yozilish sabablari ham, yuqorida qayd qilib o'tganimiz, muallifning yuksak adabiy va hayotiy maqsadlari bilan bog'liqdir.
Turkigo'y shoirlar hamda turkiy adabiyot ixlosmandlari orasida aruz haqida mukammal va ommabop asarga ehtiyoj katta ekanligi, shunungdek, besh asrlik turkiy poeziyaning tajribasini umumlashtirish uchun o'zini burchli deb hisoblaganligi tufayli "Mezon ul-avzon" maydonga keldi.
Boshqacha aytganda, Navoiy bu asarida aruz nazariyasini o'z ona tilida bayon etdi va o'zbek she'riyati asosida ana shu nazariyani to'ldirib berdi.
"Mezon ul-avzon"ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagan, uni atroflicha o'rgangan I.Sultanov ta'kidlashicha, Navoiy 9 ta yangi vazn va she'riy shaklni qayd etadi, ularning xalqda mashhur nomlarini keltiradi yoki shu vazn nomi bilan ataydi: Vaznlar bobida Navoiy turkiy xalqlarda aruzdan boshqa yana mustaqil poetik va metrik forma birligini bir necha marta ta'kidlaydi. (I.Sultonov, Mezon ul-avzon, Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, 267 -bet).
Asar she'r qurilishi haqida ilmiy risola bo'lgani uchun unga nasr bilan yozilgan qismlar oz bo'lib, ko'proq she'riy misollar vazn, bahrlar nomi va shakli, doira-jadvallardan iborat. "Mezon ul-avzon"da Navoiy adabiyotshunos olim sifatida she'riyat haqidagi ilmning eng qiyin sohasini mukammal va chuqur bilishligini namoyish qildi.
Navoiy davri adabiyotida keng tarqalgan kichik she'riy janrlardan biri muammo edi. Uni yozish va yechish san'atining turli-tuman yo'llari haqida ko'plab qo'llanmalar yaratilgan edi. Abdurahmon Jomiyning o'zi bu sohada 4 ta risola yozgan edi. Shulardan biri "Risolai muammoi manzum"-muammo haqidagi she'riy risola qisqa va qiyin usulda yozilganligi uchun Navoiy o'zida muammo haqida maxsus bir asar yozish ehtiyojini sezadi va 1485 yilda "Risolai mufradot"ni yaratadi. Bu risola Navoiyning forsiy nasri namunasidir.
Muammo haqidagi mavjud bo'lgan barcha qo'llanmalardan farqli o'laroq Navoiy muammo qoidalarini qat'iy tartib bilan beradi va har bir qoidani xarakterli misollar asosida tushindiradi.
Risolada muammo san'atining 15 amali, 48 xil uslubi beriladi, misol tarzida 148 muammo keltiriladi.
Navoiyning o'zi ta'kidlaganidek, "Risolai mufradot" fors tilida yaratilgan shu mavzudagi asarlarga qaraganda oson, tushunarli tilda yozilgan. Keltirilgan misollarni tushintirish usuli ham yengildir. Yana shuni ham uqdirib o'tish lozimki, Navoiy muammo janrida yozilgan fardlarning faqat texnik maqsadlarda yuzaga kelgan shablon she'rlar emas, balki ma'lum g'oya mazmunini ifodalovchi, badiiy yetuk namunalar bo'lishi zarurligini hamisha nazarda tutgan, bunga uning o'zi ijod qilgan deyarli barcha muammolari dalildir.
Navoiyga qadar turli xil mavzulardagi, har xil badiiy saviyada yaratilgan maktublardan majmualar ham tuzila boshlangan edi.
Turkigo'y xalqlar adabiyoti tarixida esa birinchi shunday majmua tuzgan adib Alisher Navoiy bo'ldi. U o'z xatlarini to'plab, uni "Munshaot" deb atadi.
"Munshaot"ning qachon tartib berilganligi haqida Navoiy hech qanday ma'lumot bermaydi. Lekin ba'zi maktablarning mazmundagi voqealar bayonidan, ba'zilaridagi ayrim qaydlar va ishoralardan "Munshaot" 904|1498-1499 yilda tuzilgan deb taxmin qilish mumkin.
"Munshaot" muqaddimasida qayd qilinishicha, Navoiy o'z maktublarini jamlar ekan, ona tilining davlat ishlari, siyosat yuzasidan, shunngdek shahsiy xarakterdagi yozishmalar olib borishga badiiy jihatdan tamomila yaroqli ekanligini isbotlashni maqsad qilib olgan edi.
Navoiy "Munshaot"ni tuzar ekan, yana bir maqsadni ko'zlagan edi. U ham bo'lsa xatlardagi mulohaza va orzularning, nasihat va tanbehlarning jamiyat uchun, barcha uchun, qolaversa, butun avlodlar uchun foydali deb bilganligi tufayli, xalq tinchligi, saltanat farovonligi ta'min etadigan ezguliklar uchun kurashish, xalq va mamlakat manfaatlariga zid bo'lgan barcha holat va urinishlarni bartaraf etishga chaqirishdek buyuk maqsad edi. Ulug' adibimiz ana shu maqsad xazinasining kalitini o'z o'quvchilari-avlodlari qo'liga tutqazmoqchi edi. Bu haqda Navoiy "Munshoat"-da yozadi:
Necha ganj ichra bo'lsa gavhar, dur,
Ko'rki, bordur aning kalidi temur.
Ganji maqsud kimga bo'lsa umid,
Ul nasihatlar erur anga kalid.
Qulf ocharda gadovu sohibtoj,
Teng bo'lurlar kalidga muhtoj.
Demak, Navoiy o'z maktublariga badiiy nasr turi- insho san'ati namunasi hamda ularni yozishdan ko'zlangan maqsadlar zaminida namoyon bo'ladigan gumanistik g'oyalarini avlodlarga yetkazuvchi muhim vositalardan deb qaragan.
"Munshaot" tarkibidagi maktublarning birortasini ham qayerdan qayerga, kimga va qachon yuborilgani ko'rsatilmaganligi ana shu maqsadlar bilan izohlanadi. Lekin bu hol maktublarni aniqlashda juda katta mushkullik tug'diradi.
Navoiy maktublari ularda tilga olingan problemalar va masalalar ko'lami, badiiy barkamolligi, voqealar qamrovining kengligi jihatidan o'z mualliflarining ijodiy merosida va o'sha davr ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o'rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. "Munshaot"dagi xatlar turlicha mazmunda yozilgan. Ular orasida navro'z tabriklari, sog'inch maktublari, ta'ziyanomalari, siyosiy, iqtisodiy, madaniy adabiy va boshqa mazmundagi yozishmalar mavjuddir. Maktublarning aksariyatida birinchi o'rinda davlat, siyosat masalalari turadi.
Navoiy Husayn Boyqaroga yo'llagan maktublarida shohga, u orqali saroy, undagi ahvolga, saroy ahllari hamda mamlakatini idora etish usuliga o'z munosabatini bildiradi. Bu xil maktublardan shu narsani uqsa bo'ladiki, Navoiy Husayn Boyqaroga va shahzodalarga katta umid bog'laydi va o'ziga xos bo'lgan sergaklik va vazminlik bilan, g'oyat mehribonlik va dono nasihatgo'ylik bilan ularni xavf-xatarlardan saqlamoqchi, to'g'ri yo'lga solmoqchi edi.
Ma'lumki, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi amaliy faoliyatida uni eng avvalo siyosiy ixtiloflarning oldini olish, davlat mustaqilligi va yaxlitligini saqlab qolish, osoyishtalikni qat'iy barqaror qilish va mustahkamlash masalalari band etgan edi. Mana shular taqozosi bilan "Mun'shaot"dagi qator maktublar, jumladan shahzoda Badiuzzamonga yo'llangan xatlar yozilgan edi. Bulardan Alisher Navoiy bu shahzodaga katta umidlar bog'lagani, uning tarbiyasida ishtirok etgani va uning faoliyatini foydali o'git-nasihatlar bilan yo'naltirib turgani ma'lum bo'ladi. Navoiy Badiuzzamonni Xuroson saltanati uchun davlatni boshqarish usullarini yaxshi bilgan, adolat-parvar hukmdor sifatida ko'rishni orzu qilgan va shu yo'lda jiddiy harakatlar qilgan, Xusayn Boyqaro bilan Badiuzzamon oralaridagi ixtiloo'lar tufayli mamlakat yaxlitligi va xalq osoyishtaligiga yetishishi muqarrar bo'lgan xavfning oldini olishga tinimsiz intilgan edi. Ana shu masalalarni Navoiy o'z maktublarida diqqat markazida tutadi.
"Munshaot"da bir maktub borki, unda muallifning inson uchun, insoniy fazilatlar uchun bir ota sifatida ham qanchalik izchillik va kuyinish bilan kurashganligi o'z aksini topgandir. Maktub mazmuni shunday: Navoiy bir bolani farzand sifatida o'z tarbiyasiga oladi. Bu yo'lda ancha mehnat saro' qiladi. Lekin u Navoiyning ishonchini oqlamaydi. Umidlari puchga chiqqan, farzandning nojo'ya harakatlaridan dili pora bo'lgan shoir alam va g'azab bilan unga noma yo'llaydi:
"Ey nafs havosig'a giriftor o'lg'on,
Shayton ishiga ishing namudor o'lg'on,
Ham zuhd ila izzatga sazovor o'lg'on,
Ham fisq ila olam elig'a xor o'lg'on.

... Agarchi kichik erding, ammo andoq ermaski, xotiringdin maxv bo'lmish bo'lg'ay va agarchi tifl ermaski, zamiringdin unitilmish bo'lg'ay! Hayotimni sening tarbiyatingga mash'uf va avqotimni sening muhofazatingga masruf qildim va farzandlig'inig raqamini xotirimga muharrar va otaliq mehr va shavqatin holingga muharrar ettim", - deya boshlanadi insoniy dard qayg'u bilan to'liq bu maktub.


Navoiy davom etib, biror soat ham farzandning ahvolidan g'ofil bo'lmaganini, ilm-fanni egallashiga to'la imkoniyat va sharoit yaratib berganini, uning insoniy fazilatlarga ega bo'lishi uchun tinmay intilganini yozadi. Maktubdan ma'lum bo'lishicha, Navoiyning mehnatlaridan voqiflar unga ta'na va nasihatlar qiladilar. Bularga qaramay Navoiy bolaning tarbiyasi bilan astoydil mashg'ul bo'laveradi va bunda anchagina muvaffaqiyat ham qozondi. Lekin keyinchalik farzand to'g'ri yo'ldan ozib ketadi va bu hol Navoiy uchun og'ir bir fojiaga, alamli dardga aylanadi. U yozadi:
"Ro'zgoring salohi fasodqa yondi va af'oling pokizaligi nopoklikka aylandi. Nasihatni quloqqa solmading va pand bila malomatni ko'ngulga olmading. Holingdin xabardor qilg'on soyi bexabarroq va fisqu fujuringni man' qilg'on soyi batarroq bo'lding... bu faqirning muncha vaqtlig' sa'y va emgagini va uzun yillar tortg'on riyozatini nafsi shum havosi va fe'li mazmum muqtazosi bila zoyi' qilding... dag'i tavbalar qilib, ahdlar bog'lab, ontlar ichib, barchani buzub, tangri taolodin qo'rqmading.
Xolo ne so'zingga, ne ahdingg'a, ne qavlungg'a e'timod qolibtur. Nevchunki, har qaysini borlar ma'lum qilibdir va sinalibdur".
Ortiq chiday olmagan Navoiy uni farzandlik huquqlaridan mahrum etadi. "Majolis un-nafois"da tilga olingan shoir va adiblar qatoridan chiqaradi.shundan keyin shaharning katta-kichigi oldida uning hech bir e'tibori qolmaydi.
Maktub oxirida Navoiy farzandning bunchalik nonko'rliklari va dilozorliklari uchun uni jazolay olishi mumkinligini bildiradi. "Ammo,-deydi Navoiy,-ikki jihatdin yetkurmadim. Biri bukum, muncha pand va nasihat va tashni' va malomat va ont va aymon bila birovkim, mutannabih bo'lmamish bo'lsa bir necha izo va azob bila ham bo'lmag'usidir, balki ul izo va azob yetkururda bu faqirning za'flig' mijozig'a taraddud va tashvish ko'prak yetkusidir va sanga xud tavovut qilmag'usidir. Yana biri bukim, sen har baqoidolig'kim, qilibsen, anga ko'ra sado va jazo topibsenkim, ul podshohi islom xumoyun xotirining g'ubori va... soyir azizlarining ko'ngullarining ozoridirkim, har biri fil haqiqat yuz o'limdin ortiqtur ammo bu ma'nidin sen g'ofilsen".
Navoiyning bu xatda kuyinib aytganlarining tarbiyaviy ahamiyatiga katta. To'g'ri yo'ldan ozgan odam uchun eng jazo xalq nazaridan qolishdir, degan xulosaning o'zida bir olam ma'no bor.
Ayni choqda, bu maktub Navoiydagi qaynoq otalik mehrini ko'rsatadi, uning nozik qalb egasi ekanligidan, o'ta ta'sirchan, mustahkam irodali va g'oyat qat'iyatli odam bo'lganligidan ham dalolat beradi.
"Munshaot" mazmuni Navoiyning ko'p qirrali amaliy faoliyatida xalqparvarlik, insonparvarlik va tinchliksevarlik prinsiplariga asoslangani, mamlakat va xalq manfaatlarini himoya qilganini ko'rsatib beradi.
Bu ayniqsa, Navoiyning temuriy hukmdorlarga o'gitlari, ta'na va tanqidlari o'rin olgan maktublarda o'z aksini topgandir.
Maktublarda Navoiy biografiyasiga oid ma'lumotlar, badiiy ijodi yuzasidan qaydlar, axloqiy qarashlariga aloqador faktlar mavjud.
Bu asr Navoiy ta'kidlaganidek, qadimgi o'zbek tilining insho sohasida mutlaqo yaroqli ekanligini namoyish qiladi.
Alisher Navoiyning tarix, tasavvuf va din tarixiga oid nasriy asarlari ham mavjud. Bular ""Tarixi muluki Ajam", "Nasoyimul muhabbat", "Tarixi anbiyo va hukamo", "Vaqfiya"lardir.
Mazkur asarlar, ma'lum ma'noda Navoiygacha bo'lgan an'ana ta'siri yozilgan. Lekin ularni yaratishda boshqa muayyan maqsadlarni ham ko'zda tutganligi shubhasizdir.
"Tarixi muluki Ajam" tariyxiy mavzuda yozilgan o'zbek tilidagi birinchi ilmiy-prozaik asar bo'lib, 1488 yilda yozilgan. Unda, muallifning qayd qilishicha, o'zigacha mavjud qator tariyxiy asarlar asosida Eron podshohlari tarixi yaratilgan. Navoiy garchi o'z asarini yangi faktik ma'lumotlar bilan boyitmasa ham, imkoniyati darajasida to'rt suloladagi podshohlar xronikasini tartibga solishga intiladi, tariyxiy asarlardagi ba'zi "muxolafat" (qarama-qarshiliq) va "muxtalif" (har xil, turli-tuman) liklarga bir qator aniqliq kiritmoqchi bo'ladi.
Navoiy o'zining yuksak gumanistik dunyo-qarashidan kelib chiqib (mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotini ko'tarishga qaratilgan tadbirlarni alohida e'tibor bilan qayid qilishi, bosqinchilik urushlari, zulm va adolatsizlikni qoralishi...) qalam tebratgani haqida bu asarni birinchi tadqiq etgan A.Hayitmetov qimmatli mulohazalarni bildiradi.
Eron podshohlarining to'rt sulolasi afsonaviy podshoh Qayumarsdan to arablar istilosi vaqtida qatl qilingan sosoniy Yazdi Jurdi Shahriyorgacha bo'lgan vakillari haqida to'xtalib o'tadi.
Shuni alohida qayd qilib o'tish joiz ko'rinadiki, Navoiy hech shubhasiz, Eron shohlarining tarixini puxta bilgan, ular haqidagi haqiyqiy va afsonaviy ma'lumotlarni ham yaxshi tushunar edi.
Navoiy butun ijodiyotida va faoliyatida ilgari surgan ideal shoh g'oyasini bu asarida ham o'tkazadi. Har bir podshoh haqida so'z yuritar ekan, uning xalq va mamlakat uchun foydali faoliyatini ko'rsatib o'tadi. Bu moment asarning ijtimoiy mohiyatini belgilab beradi. Masalan, peshdodiylar sulolasidan Hushangning odil va bilimli ekanligini, Jamshidning o'z davrida to'qish ishlarini yo'lga qo'yganligi, harbiy qurollar yasashni ixtiro qilganligi, binokorlik sohasidagi faoliyatini, Manuchehrning suv inshootlarini barpo etishi, bog'-rog'lar yaratish va dehqonchilikni rivojlantirish, Toxmosibning obodonchilik sohasidagi yaratuvchilik ishlarini, alohida urg'u berib bayon etishi fikrimiz dalilidir.
Ayni choqda Afrosiyobning bosqinchilik urushlariga bel bog'laganligi, xalq ahvolini og'irlashtirishga qaratilgan vayronalik kelturuvchi xatti-harakatlarini, Doro III ning zolimligini, mifologik shoh Zahhok xunkorligini Navoiy qattiq qoralaydi.
Navoiyning podshohlarga bergan xarakteristikalaridagi ayrim-ayrim o'rinlar asarning o'z davri xukmdorlarigaqarata, ularning ba'zi narsalarga e'tiborini tortishlikni, ba'zi hollardan ogoh bo'lishlikni, ezgulik va odillikka da'vat etishlikni nazarda tutganligini ko'rsatadi.
"Tarixi muluki Ajam"dagi ma'lumotlar Navoiy asarlaridagi qadimgi Sharq mifologiyasiga oid fikrlarni, umuman, tarixiy xronikalarni to'g'ri tushunish va izohlashda ahamiyatlidir.
Navoiy bu nasriy asarining tili yoki uslubi haqida shuni aytish kerakki, "u o'z fikrlarini mumkin qadar sodda ifodalashga intiladi. ...uning asarida qiyin, murakkab, mazmunsiz, balandparvoz ibora va tasviriy elementlarni, mavhum jumlalarni deyarli uchratmaymiz". (O'zbek adabiyoti tarixi, II-tom, 448-bet).
Shu nuqtai nazardan qaraganda bu asar o'zbek tilida tarixiy asar yozishning yangi bir uslubini kashf etdi.
Navoiyning "Tarixi iuluki ajam" asari o'z muallifining tarixiy faktlarni izohlashda ilg'or ijtimoiy pozitsiyasida turgan muarrix ekanligini ham namoyon qildi.
Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam"ning davomidek tuyuladi. Unda din va din tarixi, uning arboblari, payg'ambarlarga oid ma'lumotlar, naql, rivoyatlar keltiriladi. Bu asarning birinchi qismini tashkil qiladi. Ikkinchi qismida esa tarixdagi donishmandlar haqida kichik-kichik maqolalar va ularning hikmatlari beriladi. Har ikki qismdagi konkret xarakteristika she'r bilan xulosalanadi.
Asarda payg'ambarlar sirasida ulkan mutafakkirlar, buyuk olimlar haqidagi ma'lumotlarning berilishi, muayyan o'rinlarida Navoiyda ma'naviy daho, ratsionalizm ustunligidan dalolat beradi.
"Tarixi anbiyo va xukamo"da ham Navoiyning jamiyat taraqqiyoti qonunlarini idrok etishdagi, uni talqin qilishdagi mahdudliklari, dunyoqarashidagi ziddiyatli jihatlar ham o'z aksini topgandir.
Asardagi o'rni-o'rni bilan keltirilgan hikoyatlar, qissalarning aksariyatida dunyoviy ruh kuchli, bayon uslubi esa xalq og'zaki ijodi, xususan ertaklarini yodga soladi. Ayni choqda, ular Navoiyning didaktik qarashlari xarakterini butun ilg'or (komil inson va uning fazilatlari) va ma'lum cheklangan (diniy mistik o'gitlar) jihatlari asosida belgilab berish imkoniyotini yaratadi.
"Nasoyim ul-muhabbat" esa Navoiyning tarjima tarixi, o'sha davr tarjima san'atining kriteriyalari va bu sohadagi Navoiy mahoratini o'rganishda muhimdir. Bu Jomiyning "Nafohot ul-uns" nomli asari tarjimasi bo'lib, uni Navoiy ko'pgina yangi ma'lumotlar bilan to'ldirgan va tahrir qilgan. Asarning asosiy mazmuni tasavvuf ahliga oid ma'lumotlardan iborat esa-da, unda mohiyati yorqin didiaktik fikrlar jamlangan. Xususan, davrning muhtaram shaxslari sanalgan zotlarning turli-tuman sohada halol mehnat qilib hayot kechirganliklari, ulardagi insoniy fazilatlar, turmush qoidalarining targ'ibi ham alohida ta'kidlarda, ham maxsus hikoyatlarda berib boriladiki, Navoiy o'z asari qarshisiga qo'ygan muhim vazifalar shu tarzda bajarila boradi.
"Vaqfiya"ga kelganda shuni aytish kerakki, asar janr nuqtai nazaridan nihoyatda murakkab, sinkretik xarakterga ega. U bir tomondan muhim hujjat, ikkinchi tomandan XV asr madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti, muallifning o'z hayoti va faoliyatining ko'pgina qirralarini o'rganishda ahamiyatli bo'lgan tarixiy asar hamdir.
886|1481-82 yilda yozilgan "Vaqfiya" kompozitsion qurilishi jihatidan ikki mustaqil mundarijaga ega bo'lgan qismga bo'linadi.
Birinchi qismda Navoiyning Husayn Boyqaro saroyiga maxsus farmon orqali taklif etilishi, bu vaqtgacha bo'lgan uning kayfiyati saroy xizmatida ekan paytlaridagi uning nuo'uzi, martabasi, Husayn Boyqaro bilan munosabatlari, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi ko'p qirrali faoliyati haqida so'z ketadi.
Bu qismdan ma'lum bo'ladiki, Navoiy temuriylarning o'zaro nizolarini, ular o'rtasidagi halokatli urushlarni, bu urushlar tufayli xalq, Vatan boshiga tushayotgan og'ir musibatlarni, Mashhad va Samarkanddagi tahsil mashaqqatlari va moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan Navoiy qarshisida o'zining yuksak orzu-umidlari, intilishlari, hatto ijodiy rejalari ham ma'nosizdek, ro'yobga chiqishi mumkin emasdek tuyuladi. Shunung uchun ham Husayn Boyqaro uni Hirotga chaqirganda ko'p taraddulanadi va nihoyat "...necha nav' xizmatkim, dunyo sudi andin paydo... o'zimga lozim tuttim va necha nav' ishkim, xaloyiq duosiga bois qoshimda muqarrar qildim", - deya rozi bo'ladi va poytaxtga keladi.
"Vaqfiya"da Navoiy o'zining muayyan maqsadlari va ularni amalga oshirishdagi faoliyatini birma-bir umumlashtirib bayon etadi. Bu maqsadlar yuksak gumanistik xarakterga ega bo'lib, ularni oydinlashtirishda Navoiy insonparvarligidan dalolat beruvchi quyidagicha bir necha yorqin detallar ham mavjuddir: Navoiy podshoh xukmi va taklifi bilan belgilangan o'zining davlati, maoshi va ixtiyoridagi daromadlarning barchasidan bir oddiy inson ro'zg'ori uchun zarur qisminigina o'ziga qoldirib, ortig'ini navkar, cherik, madrasa hamda xonaqoh ahllari ehtiyoji va xayrli binolar uchun saflab kelgan edi.
Navoiy "Vaqfiya"da o'z ixtiyoridagi sablag'lar hisobiga qurilgan madaniy-ilmiy muassasalar, turli inshootlar, bunyod etilgan bog'-rog'larni sanab o'tadi va bularni amalga oshirishda shohning unga iltifoti va madadini alohida e'tirof etadi.
"Vaqfiya"ning birinchi qismi lirik chekinish o'rnidagi Navoiyning shohdan qilgan ikki iltimosi-haj safariga orzusi va barcha xizmatlarni tark etib badiiy ijod bilan shug'ullanish umidini Husayn Boyqaroga bildirish bilan yakunlanadi. Ana shu parchadagi psixologik xarakteristikadan Navoiyning davlat arbobi sifatidagi ko'p qirrali faoliyatiqg'oyat murakkab va og'ir mashaqqatlarda kechgani, u anchagina alam chekib, azoblar tortib o'z xizmatini o'tagani ma'lum bo'ladi.
"Vaqfiya"ning ikkinchi qismida Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qildirgan mulk, yerlari haqida, vaqfiy joylardagi idora yoki xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin qilingan maosh, o'rnatilgan tartib-qoidalar, xayriy marosimlar, binolar ta'miri haqida so'z ketadi va hokazo. Bu qaydlar orasida muallifning talabalar va mudarrislar hamda ularga belgilangan maosh sistemasi diqqatiga sazovordir. Masalan, har bir mudarrisda 11 tadan talaba bo'lishi kerak, talabalar esa o'zlashtirishlari darajasiga qarab a'lo, o'rta va past guruhlarga bo'linadi va maosh belgilanadi. Mudarrislar madrasa qoshida yashashlari kerak, aks holda ular belgilangan maoshning yarmini oladilar.
"Vaqfiya"da Navoiy tomonidan Husayn Boyqaro faoliyatining ilk davridagi ijobiy jihatlariga alohida urg'u beriladi. Masalan, Husayn Boyqaroning saltanat taxtini egallagach, birinchi tadbirlar qatorida o'z qo'l ostidagi turli qabilalar, urug' va tabaqalarga munosabatining to'g'ri belgilangani masalasiga e'tiborni tortiladi. Garchi buning zamirida ana shu turli urug' va qabilalarning moddiy va madaniy hayotini yengillashtirish masalasi yotmasada, ular orasidan chiqqan amaldorlarga, nufuzli shaxslarga nisbatan xolis va tekis qarash, ya'ni ulani davlat ishlarini bajarishga barobar jalb etish doirasida bo'lgan esa-da, Navoiy bu tadbirni ixtilof va norozildiklarni bartaraf etilishi ijobiy qadam deb qaraydiki, bunda katta jon bor edi, albatta.
Zeroki, urug'-qabilalar orasidagi ixtiloflar hukmdorlarning ularga bo'lgan notekis munosabati bilan ham izohlanadi. Ayni choqda "Vaqfiya"dagi ba'zi ta'kidlar, she'rlar va matn zimnidagi mavhumlardan anglashiladiki, Navoiy va Husayn Boyqaro orasidagi vaqt-vaqti bilan ziddiyatli va notekis munosabatlar bo'lib turganini uqsa bo'ladi. Quyidagi ruboiy shundan dalolat beradi;
Shoh xizmatig'a birovki bo'lg'ay moyil,
Ko'ru karu langu shol kerakdur hosil,
Asrorining ifshosida gung aylasa til,
Bu mushkul erur, barchasidin bu mushkul.
Shunisi diqqatga sazovorki, asarning boshidan oxiriga qadar Navoiy uchun xarakterli bo'lgan gumanizm, vatanparvarlik bosh xat bo'lib o'tadi.
To hirsu havas hirmoni barbod o'lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o'lmas,
To zulmu sitam jonig'a bedod o'lmas,
El shod o'lmas, mamlakat obod o'lmas.
"Vaqfiya" yolg'iz tarixiy hujjat sifatidagi asargina emas. Unda memuar xarakterga ega bo'lgan parchalar, badiiy lavhalar, go'zal she'riy namunalar va biografik ma'lumotlar ham mavjud.
Asarga alohida joziba baxsh etgan narsa-bu muallif obrazidir. Unda Navoiy adolat va ezgulik yo'lida faol harakatda bo'lgan mohir tashkilotchi va ilg'or fikrli gumanist hamda ma'rifatparvar arbob sifatida namoyon bo'ladi. Navoiydagi real insonga xos bo'lgan ruhiy holatdagi yaxshilar va yaxshilikdan xursand bo'lish, yomonlar va yomonlikdan ranjishi, azob chekishi, butun serqirrali faoliyati real, konkret sharoitlarda kechgan, real voqealik va undagi real insonlar, real ijtimoiy sharoit va munosabatlar bilan yaqindan bog'liq tarzda aks ettirolgandir.
Xulosaki, "Vaqfiya" XV asr madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tarixini, muallifning o'zining hayoti va faoliyatining ko'pgina qirralarini o'rshanishda muhim hujjatdir.
"Mahbub ul-qulub"-Alisher Navoiyning eng yirik nasriy asari bo'lib, 906|1500-01 yilda, muallif umrining oxirgi yili qalamdan chiqqan. Binobarin, bu asar buyuk mutafakkirning mazmunli va sermashaqqat hayoti davomida to'plagan g'oyat boy turmush tajribasi va xulosalarini o'z ichiga olgan. Adibning o'zi ham asar muqaddimasida yozadi, "Shabob avonining bidoyatidan quxulot zamonining nihoyatig'acha davron voqiotidan quxulat zamonining nihoyatig'acha davron voqioti dan va sipehri gardon hodiotidan va dahri fitnaangiz buqalamunlig'idin va zamonai rangomiz gunogunlig'idin muddati madad va ahdi band har nav' shiq va suratda aqdom urdum va har tavr suluk va qisvatda yugurdum va o'zumni yaxshi yomon xizmat va suhbatig'a yetkurdum... goh ilm madorisida safi niolda yer tuttum va ulamo majolisida ilm nuridin ko'ngulni yoruttum... maqsad bukim, har nav' elga o'zumni yetkurupmen va yaxshi-yomonning af'olin bilibmen va yamonu yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen..
Bu nav' as'hob va ahbobg'a intiboh qilmoq vajib ko'rundi..."
Demak, Navoiy bu asar odamlarga o'rnak bo'lishi, yaxshilik va yomonlikni belgilashda, go'zallikni ardoqlash, ezgulikka intilish va yomonlikdan qochishlarida, voz kechishlarida dasturul amal bo'lishini ko'zda tutadi.
Navoiyning nasriy merosida "Mahbub ul-qulub" o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, bu asarning Sharq badiiy tafakkuri tarixidagi roli ham salmoqlidir. Adib o'zining boy va serqirra hayotiy tajribasiga asoslanib, agar ta'bir joiz bo'lsa, shunday bir ko'zgu yaratadiki, unda kitobxon insonga xos fazilatlarni ham, unga yot bo'lishi lozim bo'lgan xosiyatlarni ham yaqqol ko'ra oladi. Boshqacha qilib aytganda, Navoiy o'zining bu asari qarshisiga eng avval ulkan falsafiy va didaktik problemalarni qo'yadi va "o'quguvchilar diqqat va e'tibor ko'zi bilan nazar solg'aylar va har qaysi o'z fahmu idroklariga ko'ra bahra olg'aylar" deb uqtiradi. Shu jihatdan qaraganda, olimning bu asari Sa'diy Sheroziyning "Guliston"i, Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston"i kabi ko'p jihatdan didaktik bo'lgan asarlar bilan hamohangdir. Ammo, Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub"ning biror joyida ham bu asarlarga tatabbu qilish niyati borligi yoki ularga javob tarzidagi biror ish qilmoqchi ekanligiga ishora qilmaydi. Demak, Navoiy o'z zamonasigacha bo'lgan Kaykavusning "Qobusnoma"si, Sa'diyning "Guliston"i va Jomiyning "Bahoriston"i kabi asarlarga nisbatan ham boshqacha tipda asar yaratishga bel bog'lagan.
"Mahbub ul-qulub" chindan ham tematikasi, forma va priyomlari jihatidan yuqorida nomlari keltirilgan noyob asarlarga garchi biroz o'xshasa-da, mohiyati jihatidan ulardan mutlaqo farq qiladi. Agar bu farqni umumiyroq bir tarzda xarakterlash mumkin bo'lganda "Qobusnoma", "Guliston", "Bahoriston" kabi asarlarga adabiy badiiy didaktika xos esa, "Mahbub ul-qulub"da shular bilan birga fosh qiluvchilik momentlari va sotsial-publitsistik ruh g'oyat kuchli ekanligini qayd etish o'rinli bo'lardi. Gap shundaki, "Mahbub ul-qulub" asarida Navoiy eng avval buyuk mutafakkir, qomusiy bilim egasi sifatida namoyon bo'ladi. Navoiy-shoir, Navoiy-satirik. Xalqning ko'p asrli maqol, matal va hikmatlarini zarshunoslik bilan mujassamlantira olgan buyuk folklorist Navoiy siymosi ham bu asarda ro'yi-rost namoyon bo'ladi. Xullas, "Mahbub ul-qulub" Alisher Navoiyning buyuk kamolotini namoyish etuvchi va uning eng ilg'or etik va estetik qarashlarini g'oyat ixcham va ko'rkam tarzda jamuljamlashtiruvchi asardir. "Mahbub ul-qulub" uch qismga bo'linadi. Asosan ijtimoiy mazmun kasb etuvchi birinchi qismida o'z davridagi feodal jamiyatda mavjud turli sotsial tabaqalar har birining jamiyatda tutgan o'rni va vazifasi haqida, o'z burchiga to'g'ri, halol munosabatda bo'lishi kerakligi haqida so'z yuritadi. Aks faoliyatda bo'lganlarni Navoiy qattiq qoralaydi. Odil va zolim podshohlar, firibgar va johil amaldorlar, yaxshi va yomon san'atkorlar, qalamkashlar, riyokor din ahllari va h. K.larning haqiqiy portretlarini va ijtimoiy "af'olini" realistik va satirik bo'yoqlarda beradi.
O'z zamonasining-"buqalamunligini", "iflos va notovon", "nomurodlig'"larga yo'liqtiruvchi", kishilik boshiga tosh yog'diruvchi, "jafou dunluq"larga to'la ekanligini ko'ra olgan Navoiy hamisha keng meqnatkashlar ommasi tomonida bo'ladi, xalq boshiga tushgan jabru sitamdan qayg'uradi. Bugina emas, ana shu nomuvofiq ijtimoiy voqelikni ilg'or qarashli inson sifatida idrok etib, bu illatlardan xalos bo'lish yo'llarini ham qidira boshladi. Afsuski, u ana shunday najot kalidini faqatgina "odil salotin", "islompanoh beklar", vaziru vuzarolarda ko'radi. Bu esa Navoiyning o'z davri farzandi sifatidagi intilishlari va dunyoqarashlaridagi mahdudlik bilan izohlanadi. Shunday qarash taqozosi bilan u shohlarning jamiyatdagi rolini mustasno deb bildi. Navoiy o'z davrining oddiy namoyandasigina emas, balki ilg'or gumanisti, faol kurashchisi, sotsial progressning tinimsiz izlovchisi bo'lsa ham u o'z ilg'or intilishlarining asoslarini ideal hukmronlar bilan uzviy aloqadorlikda ko'rdi. Uningcha, shoh odil bo'lsa, mamlakat obod, xalq farovon bo'ladi. Aksincha, shoh zolim bo'lsa hammayoq xarob bo'ladi. Shuning uchun Navoiy avvalgi asarlarida bayon etgan o'z tushunchalaridan ideal shoh obrazini ko'klarga ko'taradi, zolim shohlarni esa g'oyat keskin tanqid ostiga oladi.
"Mahbub ul-qulub"da Navoiy ideal shoh haqidagi ta'limotini boyitadi. U zolim shohlarni shunday ta'riflaydiki, natijada tipiklashtirilgan feodal hukmdor obrazi ana shu feodal davr illatlari fonida gavdalanadi. Muallif shunday hokimlar dorgohidan yiroq bo'lish zarurligini uqtiradi.
Navoiy odil shohga zolim va johil podshohlarni qarshi qo'yib, "odil shoh ko'zgu va aning uchasidur. U yorug' subh, bu aning qorong'u kechasidur",-deb yozadi. Shundan keyin Navoiy zolim shoh hukmronligi ostidagi mamlakat va raiyat ahvolining og'ir va xatarli ekanligining tasviriga o'tadi: ... mulk buzug'lig'idin zamirig'i jam'iyat va ulus parishonlig'idin xotirig'a amniyat. Obodlar aning zulmidin vayrona, kabutar tokchalari boyqushg'a oshyona... Agar qon to'kmak anga pesha, kimki joni bor anga andesha" Zolim podshoh nazdida uzoq muddat sidqi dildan yaxshi xizmat qilganlarning e'tibori yo'q, zeroki u kichik bir xato uchun ularni nobud qilishga tayyor. U o'ta johil bo'lib, fisq-fujurni, laganbardorlikni sezadi va h.k.
Navoiyning zolim shohga bergan xarakteristikasi boshdan oyoq fosh qilish va qoralash ruhida yozilgan.
Navoiy saroy amaldorlari, shoh atrofidagi mansabdorlar va boshqa nufuzli tabaqalar, chunonchi "nomunosib noiblar",(3 fosil), (4-fasl), "noqobil sadrlar", (6-fasl), "shaharda olib sotquvchilar" (27-fasl), "shahna va zindoniylar va asaslar" (30-fasl). "Yatim va laimlar" (32-fasl), "g'arib va benavolar" (33-fasl), "riyoniy shayxlar" (28-fasl) va vazirlarga xarakteristika berar, ularning jamiyatdagi tutgan o'rni va rollarini belgilar ekan, o'zining gumanistik pozitsiyasidan kelib chiqadi.

Shoh va amaldorlar, shoh atrofidagi ijtimoiy guruhlar haqidagi bu aytilganlar bilan aloqador holda Navoiy o'z davrida mustasno ahamiyatga ega, ayni choqda barcha davrlar uchun ham muhim bo'lgan yana bir masala yuzasidan juda muhim fikrlarni bayon etadi. Bu g'oratchilik, bosqinchiliq, boshqa mamlakatlar va xalqlar osudaligini buzish va uni talon-taroj qilish, mamlakatni bo'lib toshlaydigan, vayron qiladigan, aholi boshiga kulfatlar soladigan urushlar-ya'ni bosqinchiliq va prinsipsiz urushlar, ixtilof va qonli to'qnashuvlar haqidag'i konsepsiyadir. Bunday ilg'or va jangovor bo'lgan ta'limotni Navoiy asarning "Yasog'liq va qora cherik zikrida" deb atalgan faslida bayon etadi.


Navoiy deydiki,-"Yasog'lik degan qora cherik, ya'juj va ma'juj xayliga sherik. Emgakdin alarga orom yo'q, yasoq tortardin bir nafas kom yo'q. Ishlari talay olg'onni talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va yafrog'ni yalamoq... ularda odamiylikdan asar yo'q ... mahluqotdin mumtoz hayvonliqlari ko'pu mardumliqlari oz". Shunday qilib, xalqparvar, tinchlik va osoyishtalik tarafdori bo'lgan Navoiy bosqinchalarini qattiq qoralaydi. Zotan, ular feodal tuzumining bosh tayanchi edilar.
Ma'lumki, din feodal tuzumining hukmron ideologiyasi va jamiyat qo'lida muhim qurol bo'lgan. Ana shu mavqedan foydalangan diniy muassasa vakillari xalq manfaatiga xiyonat qilganlar, uni ezish bilan shug'ullanganlar. Alisher Navoiy shayxulislomdan tortib faqirlargacha, qozilardan tortib shayxlargacha har birining qanday bo'lishi kerak ekanligini va aslida qanday ekanliklarini birma-bir ochib beradi.
Alisher Navoiy mazkur asarida o'z davrining nufuzli ijtimoiy tabaqalarini fosh etar ekan, ayni paytda quyi tabaqalar namoyandalariga va ularning yaratuvchilik qudratiga tahsin o'qiydi. Ayniqsa, "Mahbub ul-qulub"ning dehqonlar zikriga bag'ishlangan o'ttiz birinchi bobi buning eng yorqin misoli bo'la oladi.
Shunisi xarakterliki, Navoiy boshqa toifadagi kishilarni ta'riflagan taqdirda ham ularni mavjud bo'lishi ehtimoli bor nuqson va illatlarini ko'rsatib o'tadi. Ammo dehqonlar haqida gap borganda, hatto bir og'iz ham illat yo nuqson ko'rsatmaydi. Aksincha, "odam ma'murlig'i alardin, olam ahli masrurligi alardin ekanligini aytib, mehnatkash dehqonlarning barcha ishlarini mehr bilan madh etadi.
O'rta asr feodal tuzumi sharoitida shahar hunarmandlari va shuning kabi kustar xo'jaliklar ishlab chiqargan mahsulotlarini ham inkor etilmasa-da, dehqon bosh ishlab chiqaruvchi kuch bo'lgan. Navoiyning katta tahsiniga loyiq bo'lgan ana shu asosiy kuch jamiyatning asosiy moddiy bazasini yaratgan. Bu holni, Alisher Navoiy alohida uqtirib o'tadi: dehqon don sochishidan boshlab qushlaru jonivorlar undan bahramand, butun borliq obod. Shoh ham, gado ham bir tarzda dehqonning himmatiga mahtal. Navoiy dehqonning tavsifi uchun "ojiz" qolganligiga iqror bo'lib deydiki, "dehqonning bir dona socharida bu holdur, o'zga ishlari ta'rifi maholdur". Navoiyning bu fasldagi chuqur samimiyat bilan sug'orilgan fikrlarini dehqonlar sharafiga aytilgan nasriy qasida deyish mumkin.
Alisher Navoiyning mazkur asaridan o'rin olgan mudarrislar, tabiblar, kotiblar kabi ijtimoiy gurruhlar haqidagi fikrlari ham e'tiborga loyiqdir. Olim bu toifadagi kishilar haqida gapirar ekan, ularga xos bo'lgan kamchiliklar va shu bilan birga ularning ijobiy tomonlarini ham ko'rsatib beradi.
Alisher Navoiy mehnat ashlining yana bir toifasi-kitoblarning ijtimoiy o'rni va roliga ham yuksak baho beradi. Darhaqiqat, o'z zamonasining ma'rifat taratuvchilari bo'lgan kotiblarning umumjahon madaniyati tarixidagi muhim rolini inkor etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham Navoiy ana shu toifadagi mehnat ahlini nazardan chetda qoldirmaydi.
Xullas Alisher Navoiy o'z halol mehnati tufayli kun ko'ruvchi barcha toifadagi kishilar guruhiga ham o'ziga munosib baho beradi. Eng muhimi Navoiy qalamga olgan barcha ijtimoiy guruhlar, toifalarga yondoshishdan, ularning faoliyatiga baho berishda xalq manfaati bilan bog'liq bo'lgan o'zining ilg'or qarashlaridan kelib chiqadi.
Alisher Navoiyning adabiyot va san'at namoyandalariga bo'lgan qarashlari ham g'oyat muhimdir. Chunki Navoiyning qarashlari faqatgaina oddiy nazariyotchi yoki xolis tarixnavisning qarashi emas, balki butun bir davr madaniy hayotini yo'naltirib turgan, uning burchini belgilab buyuk arbobning qarashidir.
Shubhasizki, Alisher Navoiy adabiyot va san'atning muhim ijtimoiy qurol ekanligini yaxshi anglagan. Shuning uchun ham, xoh tazkirasida bo'lsin, xoh risolasida bo'lsin, xoh dostonlarida adabiyot va san'at ahlining madhiyasi, tavsifga alohida o'rin ajratadi. Shu nuqtai nazardan yondashganda, ularga "Mahbub ul-qulub"da berilgan baho ham Navoiyning butun ijodiy hayoti davomida tutgan pozitsiyasiga sodiq qolganligidan dalolat beradi.
Navoiy bu faslda she'riy ijodni: "bag'oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand", deb ta'riflaydi. Bu ijod namunalari esa, "el fayzi uchun" xizmat qilmog'i lozim deb uqtiradi.
Navoiyning "Mahbub ul-qulub"dagi shoirlar ijodining g'oyaviy yo'nalishiga qarab muayyan guruhlarga ajratishi, tuturuqsiz ijod egalarini tanqid qilishi uning butun ijodi davomida, xususan "Majolisun-nafois" ilgari surgan adabiyotning g'oyaviyligi va ijodkorning burchi xususidagi fikrlarining xulosasi sifatida ahamiyatlidir.
"Mahbub ul-qulub"ning san'at ahliga bog'ishlangan fasl va sahifalari ham juda maroqli va ibratlidir.
Asarning shu birinchi qismida Alisher Navoiyning axloqiy qarashlaridan dalolat beruvchi "kadxudolig' sifati va xotunlar zikrida" deb nomlangan fasl mavjud. Din va diniy aqidalar g'oyat hukmron bo'lgan bir davrda Navoiy xotin-qizlarning ijtimoiy rolini e'tirof etadi va ularni ulug'laydi.
"Mahbub ul-qulub" ning ikkinchi qismi o'n bobdan iborat bo'lib, ular asos e'tibori bilan axloqiy masalalarga bag'ishlanadi. Bu qismda Navoiy qator axloqiy masalalarga bag'ishlanadi. Bu qismda Navoiy qator axloqiy kategoriyalar yuzasidan fikr yuritadiki, ular o'sha davr Sharq ma'naviy hayotida, mafkurasida katta o'rin tutar edi. Binobarin, Navoiy ularni chetlab o'ta olmas edi. Masalan, Navoiy diniy aqidalar bilan yaqindan aloqador bo'lgan tavba, zuhd, tavakkal, qanot, sabr va h.k. lar yuzasidan o'z qarashlarini bayon etadi va bu o'rinlarda ham inson uchun manfaat kelturuvchi momentlarga alohida fikr beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, Navoiy tavazu' odob kabi axloqiy kategoriyalarning mohiyatini ochib berishga intilar ekan, uning aksi bo'lgan takabburlikni qattiq tanqid ostiga oladi. Uning talqinida ishq sotsial mazmun kasb etadi. Garchi bu bobda ishq tushunchasini o'rta asr mutasavvufchiligi bilan bog'liq tarzda mistik ta'rif ham berilsa-da, lekin uning Navoiy tasnifidagi uch turidan (birinchi avom ishqi: ikkinchi-xavos ishqi: uchunchisi-siddiqlar ishqi) ikkinchisi hayotiy va yuqorida aytib o'tilganidek, sotsial ma'no tashuvchi hissiyotdir.



Download 49,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish