216. Badiiy asarning o‘quv tahlili jaroyonida yetakchi tamoyil qaysi?
*a) Pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik
b) Tizimlilik
c) Individuallik
d) Yaxlitlik
217. Mumtoz adabiyotimizda yaratilgan asarlarga xos vazn va qofiya qoliplariga rioya qilish, ritmika (ohang)ni his etish, qat’iy yo‘sinda shakllangan obrazlar tizimi, ular o‘rtasidagi munosabatlar, bu obrazlar atrofida guruhlangan poetik vositalar hamda til xususiyatlarini anglash, ramzlar va majozlar bilan fikrlash bu -
*a) Aruziy tafakkur
b) Mumtoz adabiyot
c) Romantik she’rlar
d) O‘qitishning hajmi
218. Turkiy adabiyotda vujudga kelgan lirik janr qaysi?
*a) Tuyuq
b) Ruboiy
c) G‘azal
d) Fard
219. Mumtoz she’riyatda sham, shu’la, shoh, Yusuf obrazlari qaysi bosh obraz atrofida guruhlanadi?
*a) Ma’shuqa
b) Oshiq
c) Raqib
d) Bayt ma’nosiga ko‘ra uchala obraz atrofida guruhlanishi mumkin
220. Adabiyotda idrok qilish murakkab voqeliklar, anglanishi qiyin mavhum tushunchalarning moddiylashtirilgan holda obrazlar orqali berilishi bu –
*a) Ramz
b) Majoz
c) Kinoya
d) Metonomiya
Do'stlaringiz bilan baham: |