457. “Yukni tuyaga boglaydigan arqon” ma’nosini bildiradigan she’riy unsur…
*a) “raviy”
b) “radif”
c) “hojib”
d) “qofiya”
458. Har bandi 7 misradan iborat she’r qanday nomlanadi?
*a) musabba’
b) mutassa’
c) muxammas
d) muashshar
459. Bo`yung sarv-u sanubardek, beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil. Ushbu baytda qaysi she’riy san’at qo`llangan?
*a) tajnis
b) tashxis
c) talmeh
d) tazod
460. Badiiy asar mazmunini anglatuvchi, o‘zaro bog‘langan va rivojlanib boruvchi voqealar tizimiga nima deyiladi?
*a) sujet
b) epigraf
c) epilog
d) tugun
461. Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan, o‘lchovli, ta’sirchan ritmik nutq nima?
*a) she’r
b) inversiya
c) ohang
d) pauza
462. Sonetning birinchi va yakunlovchi qism qanday ataladi?
*a) birinchi qism terset, yakunlovchi qism katren
b) birinchi qism katren, yakunlovchi qism terset
c) birinchi qism bexer
d) birinchi qism bexer, yakunlovchi qism terset
463. Har bandi o`n misradan tashkil topuvchi lirik she`r … deb ataladi?
*a) muashshar
b) musamman
c) musaddas
d) tarje`band
Do'stlaringiz bilan baham: |