199. Ta’lim deb nimaga aytiladi?
*a) bu o’quvchilarni bilim, ko’nikma malakalarni egallash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, axloqiy-ma’naviy fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida o’quv-bilish faoliyatini tashkil etishdan iborat pedagogik jarayon
b) ta’lim bu-o’qituvchining o’quvchi talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonidir.
c) bu o’quvchilarga ma’lumot berish maqsadida o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro hamkorligidir.
d) ta’lim bu-o’quvchi-talabalarni bilim ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularni rivojlantirish, tarbiyalashdan iborat faoliyat.
200. O`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish – bu nima?
*a) ko`nikma
b) bilim
c) malaka
d) kompetensiya
201. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qachon qabul qilingan?
*a) 1995-yil 24-avgust 339-sonli;
b) 1998-yil 13- may 23-sonli;
c) 1989- yil 21- oktabr 1-sonli;
d) 1989-yil 2-iyun 5-sonli.
202. DTSda 9-sinf bitiruvchilariga diktant yozish talabi qancha hajmda belgilangan?
*a)140-160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi.
b) 180-190-so‘zli diktantni yoza olai.
c) 150-160 so‘zli diktantni yoza oladi
d) 140-145-so‘zli diktantni yoza oladi.
203. Ona tili fanidan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan yondosh dastur qanday nomlanadi?
*a) Nutq madaniyati o‘quv dasturi
b) Ona tilini chuqur o‘rganish dasturi
c) Notiqlik san’ati dasturi
d) Ifodali o‘qish san’ati dasturi
204. Tayanch o‘quv rejasi deganda qanday reja tushuniladi?
*a) o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta'lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini ifodolovchi reja
o‘qituvchilar tomonidan tuziladigan ishchi rejalar
fanlar bo‘yicha tuzilgan barcha rejalar
o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi
205. Nutqiy kompetensiya elementlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
*a) Tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish
b) O‘qish, so‘zlash, yozish
c) Fikrni og‘zaki bayon qilish, yozish
d) Tinglash, yozish va o‘qish, yod olish
206. 9-sinf bitiruvchisi qaysi ish qog‘ozlarini yoza olishi kerak.
*a) Ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimayi hol, ixcham hisobot, e’lonlarni yoza oladi.
b) Ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai holni yoza oladi.
c) Ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, ixcham hisobot, e’lonlarni yoza oladi
d) Ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni yoza oladi.
207. Tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi, leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana olish talablari qaysi kompetensiya elementlari ekanligini belgilang.
*a) Lingvistik kompetensiya elementlar
b) Aqliy kompetensiya elementlari
c) Tayanch kompetensiya elementlari
d) Fanga doir umumiy kompetensiya elementlari
Do'stlaringiz bilan baham: |