Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.
Alisher Navoiy (1441 , 9 - fevral - 1501 , 3 - yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda adabiyotining buyuk vakilideb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Sharofiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa , 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid , 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Zahiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodi.
1483-yil 14-fevral buyuk shoir, tarixchi, geograf Zahiriddin Muxammad Bobur tavallud topgan kun
Bobur (taxallusi;to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon – 1530.26.12,Agra) – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir: tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Uning otasi - Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘lgan. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan.
Boburning bolaligi asosan Andijon va uning atroflarida o‘tdi. Bobur saroy muhitida o‘qidi va tarbiya topdi. Yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshladi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur”(Sher) laqabini olgan. Otasi vafotidan keyin 1494-yil iyun oyida, o‘n ikki yoshda taxtga o‘tirdi. Boburning siyosiy faoliyatidagi dastlabki maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti strategik va geografik jihatidan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Temur imperiyasini qayta tiklash edi. 1495-1496 yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qildi. 1497-1498 yillarda u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va Samarqandni egallaydi. Samarqand hokimi Boysung‘ur Mirzo esa Qunduzga qochadi.
Bobur Samarqandni yuz kun idora qiladi. Andijonda unga qarshi isyon ko‘targani uchun Samarqandni tashlab Andijonga qaytadi, lekin uni egallay olmagach, Xo‘jandga, so‘ng Toshkent hokimi Sulton Mahmud oldiga borib, ular yordami bilan Andijonni oladi. 1500 yilda Samarqandni ikkinchi marta egallaydi. Shu yili Alisher Navoiy bilan xat yozisha boshlaydi. Lekin ikkinchi xatiga javob kelguncha Samarqand shayboniylar qo‘liga o‘tib ketadi. Bu davrda mamlakat siyosiy hayotida beboshlik, o‘zaro urushlar kuchayib bormoqda edi. Bir tomondan, shimoldan, Dashti qipchoqdan kelayotgan shayboniyxon qo‘shinlarining tazyiqi ostida, ikkinchi tomondan, temuriylar orasidagi ixtilof, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Bobur Farg‘onani ham tashlab chiqishga va janubga qarab yo‘l olishga majbur bo‘ladi.
Hisordagi parchalanib borayotgan beklar, alohida-alohida yashayotgan afg‘on qabilalari birin-ketin Bobur tomoniga o‘tdilar.1504 yilda esa Qobul viloyatining hokimi shaharni Boburga topshirib taslim bo‘ldi. Lekin Bobur o‘z vatanidan tamom umidini uzmadi. 1506 yilda Xuroson podshosi Husayin Bayqaro temuriylarga mansub bo‘lgan kuchlarni birlashtirib, bosib kelayotgan Shayboniyxonga qaqshatqich zarba berishda tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsada, lekin Husayin Bayqaroning vafoti (1506) va shahzodalar o‘rtasida avj olgan ixtilof bu harakatni natijasiz qoldirdi.Bu katta tadbirga umid bog‘lagan Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin vaqtincha chekinishga va Qobulga qaytishga majbur bo‘ldi.
O‘z hujumlarini davom ettirgan Shayboniyxon O‘rta Osiyoni bosib olish uchun janubdan harbiy yurish boshlagan Eronlik shoh Ismoil qo‘shinlariga qarshi kurashda Marv shahrida halok bo‘ldi. Qulay siyosiy va harbiy vaziyatdan foydalanib Bobur 1512-yilda Samarqandni uchinchi marta ishg‘ol qildi. Oradan olti oylar chamasi vaqt o‘tgandan so‘ng, Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon katta kuch to‘plab, Samarqandga, Bobur ustiga yurish boshladi. Ubaydullaxon qo‘shinlari bilan Bobur askarlari o‘rtasida Samarqand uchun bo‘lgan jangda Bobur mag‘lubiyatga uchrab, shaharni bo‘shatishga majbur bo‘ladi.
1525-yilda Bobur Shimoliy Hindiston hukmronligini o‘z qo‘liga kiritishga muvaffaq bo‘ladi va shu paytdan boshlab Hindiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoladi. U yerda Bobur o‘z atrofiga o‘sha davrning eng yaxshi shoir va olimlarini yig‘ib, qurilish ishlarini olib boradi, o‘zining sevimli ishi bo‘lgan adabiyot bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |