I BOB. Alisher Navoiy lirik merosining o’tmishda
o’rganilishi
I .1.Alisher Navoiy lirik merosining XX asrgacha bo’lgan
davrda o’rganilishi
Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri
Alisher Navoiy “Xito (y) dan to Xuroson” gacha bo`lgan turkiy qavmlarni bir
adabiy til bayrog’i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. Alisher Navoiy yirik so’z
san’atkori sifatida turkiy badiiy ijodni ham ma’no, ham shakl jihatidan jahoniy
mavqega ko’tardi. Shuning uchun ham asrlar o’tsada, uning adabiy merosiga
bo’lgan ma’naviy ehtiyoj oshib bormoqda. Bu hol ulug’ shoirning “Muhokamat
ul-lug’atayn”da o’z ijodidan faxrlanib bildirgan quyidagi bashoratomuz
fikrlarining nechog’li to’g’ri ekanligini yana bir dalilidir: “Umidim uldur va
xayolimg’a andoq kelurkim, so’zim martabasi avjdin quyi inmag’ay va bu
tartibim kavkabasi a’lo darajadin o’zga yerni beganmagay”.
Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish shoir hayotligidayoq
boshlangan edi. Bu xayrli ishni birinchi bo’lib Abdurahmon Jomiy boshlab
bergan. Biroq Navoiyning boy adabiy merosini o’rganishga hamma davr o’z
qiziqishlari, imkoniyatidan kelib chiqib yondashgan. Masalan, XV asr va XVI
asr boshlarida Navoiy tarjimayi holini yaratishga, asarlarini qo’lyozma holida
ko’chirish va ko’paytirishga ko’proq ahamiyat berilgan bo’lsa, keyinchalik
uning asarlariga maxsus lug’atlar tuzish birinchi o’ringa chiqa boshlagan. Bunga
Tole’ Imoniyning “Badoye’ ul-lug’at”, noma’lum muallifning “Abushqa”,
Mirzo Mehdixonning “Sangloh” kabi lug’atlari yaqqol misol bo’la oladi. Navoiy
ijodini, asarlarini o’rganish XX asrda an’anaviy navoiyshunoslikka nisbatan
boshqacha yo’nalish va mazmun kasb etdi. Navoiy ijodi ko’proq G’arb
adabiyotshunosligi
andozalari bo’yicha o’rganila boshlandi. Xususan,
Navoiyning yubileylari munosabati bilan ko’pgina yangi tadqiqotlar yuzaga
8
keldi. Bir qancha ilmiy maqolalar yaratildi, nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalari yoqlandi.
Navoiyning 560 yillik yubileyi arafasida taniqli adabiyotshunos olim
Abduqodir Hayitmetov navoiyshunoslar oldiga Navoiy ijodini o’rganish va
tadqiq etishning bundan keyingi rivojlanishini ta’minlash maqsadida o’n ikki
qismdan iborat bo’lgan metodolik asoslarini qo’yadi va shu asosda izlanishlar
olib borishga undaydi.
Rahim Vohidov “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” kitobida shoir ijodi va
hayoti bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimlar to’rtta muhim manbaga tayanib
izlanish olib borayotganliklarini ta’kidlaydi:
1. Ulug’ shoirning o’z asarlari( asosan nasriy asarlari)
2.Navoiy zamondoshlarining asarlari (“Navoiyning qalb daftari”).
3.XVI-XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va badiiy-ilmiy asarlar.
4.Xalq og’zaki ijodi (“El desa Navoiyni”).
Do'stlaringiz bilan baham: |