Alisher Navoiy «Xamsa»



Download 28,25 Kb.
bet3/7
Sana28.01.2022
Hajmi28,25 Kb.
#414949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XAMSA

Zulm sari tushti valekin yo‘lung…
Zulming erur kunduzu fisqing kecha!
Zulmat ila fisqing necha bo‘lg‘ay, necha! —
der ekan, bu mavhum xitob, adressiz chaqiriq, kitobiy gaplar emas edi. Uni o‘zi yashagan, ijod qilgan muhiti shunday fikrga olib kelgandi.
Navoiyning tundan oqshomgacha turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarni qabul qilib, ularning shikoyatlarini tinglashi bu oddiy qabul emas, ulug‘ shoirning o‘z zamonasi bilan faol munosabati, ijodiy aloqasi edi. Shu jarayonda uning mamlakatdagi ijtimoiy tabaqalarga, ularning fe’lu atvoriga qarashi, bahosi ham tobora oydinlashib borgan. Navoiy «Vaqfiya» asarida o‘zining shu davr faoliyati haqida gapirganda «iligimdan kelgancha zulm tig‘in ushotib, mazlum jarohatig‘a intiqom malhamin yo‘qdim. Va iligimdin kelmaganni ul hazrat (Sulton Husayn Boyqaro — A.H.) arzig‘a yetkurdum», — deydi. Bu o‘rinda Navoiyning ijtimoiy zulmga bo‘lgan munosabati o‘zining aniq ifodasini topgan. «Xamsa»ning besh dostoni ham avvalo ana shu g‘oya, ana shu tezisning badiiy ifodasidir. Masalan, Navoiy boshqalarni ezish, talash hisobiga behisob boylik to‘plagan odamlardan, garchi u Qorun bo‘lsa ham, Rustam bo‘lsa ham, xalq norozi ekanini, ular hech qachon kelisha olmaganligini ochiq ta’kidlaydi va «Hayratul-abror»da yozadi:
Ilgida qoruncha bo‘lib ganju mol,
Topmoq erur xalq rizosin mahol.
Navoiy fikricha haqiqat mazlumlar tomonda. Mazlumlar va zolimlar, boylar va kambag‘allar orasidagi ziddiyatlar taftishi bilan har kuni band bo‘lgan shoir «Hayratul-abror» dostonini qog‘ozga tushirar ekan, uning barcha bob (maqolat)lari chuqur ijtimoiy mazmun kasb etishiga erishgan. Bu asardagi barcha salbiy tiplar hayotda bor odamlar edi. Shu bilan birga Navoiy yuksak sur’at bilan yozar, o‘z fikrlarini she’r bilan ifodalashga jadal intilar ekan, unga vaqt yetishmayotgandek, she’rlarining badiiy saviyasi esa u ko‘zlagan darajada emasdek tuyulardi:
Rishtai avqot chu qo‘toh edi;
Kelmadi ul nav’ki dilxoh edi.
Bu Navoiyning o‘ziga, o‘z ijodiga talabchanligi alomati edi. Shoir o‘ziga: ahvol shunday ekan, yozmay qo‘ya qolsang qanday bo‘lar ekan? — degan savolni ham qo‘yadi va bunga o‘zi javob beradi:
She’rki ham tushti mening jonima,
Ul o‘t bu tosh durur jonima.
Ne de olurmen tutubon barkini,
Mumkin emas xud tutorim tarkini.
Navoiy shoirlik o‘z qismati ekanini, she’r yozish joniga o‘t bo‘lsa ham, tosh bo‘lsa ham, bari bir, u bilan birga bo‘lishini, uni tark etish mumkin emasligini, yozmasa xalqqa aytishi kerak bo‘lgan gaplari qolib ketishi mumkinligini, buni esa u aslo istamasligini uqdirmoqda.
Navoiy «Hayratul — abror»ni hajriy 888 yili yoza boshlab, shu yili tugalladi. Asarning bitgan yili haqida shoir:
Nuqtai tarixiki, ahsan edi,
Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi, —
deydi. Bu melodiy hisob bilan 1483 yilga to‘g‘ri keladi. Uni Navoiyning shaxsiy kotibi Abduljamil hijriy 889 yilning rabbial-oxir oyida, melodiy hisob bilan 1484 yil aprel oyida oqqa ko‘chirib bo‘lgan. Shoir 1483 yilning o‘zidayoq «Farhod va Shirin» dostonini yozishga kirishgan. Ish shu qadar tez borganki, hijriy 889 yil, melodiy 1484 yilning boshlaridayoq doston yozib bo‘lingan. Bu asarning yozilish tarixi haqida Navoiy doston oxirida quyidagi baytni bitgan:
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz:
Sekkiz yuz seksan erdi dog‘i to‘qquz.
Shoir «Layli va Majnun» dostonining yozilish tarixini hech qaerda qayd etmagan. Abduljamil kotib dostonning ko‘chirilgan yilini hijriy 889 yilning zul-qa’da oyi, melodiy 1484 yilning noyabr oyi deb belgilagan. «Saddi Iskandariy» dostonidan shu narsa ma’lumki, to‘rtinchi doston — «Sab’ai sayyor»ni yozishga kirishish vaqtida Navoiy juda charchagan. Shuning uchun u ma’lum muddat yozish ishini to‘xtatib, bir oz dam olmoqchi
bo‘lgan va shunday qilgan ham. Lekin bu dam olish uzoqqa cho‘zilmay, besh-o‘n kun davom etgan, xolos. Ulug‘ shoir «Xamsa» g‘oyalari, obrazlari bilan yashar, ular unga tinchlik bermas, uni ishga, yangi ijodiy parvozlarga undar, san’atkorga tom ma’nodagi dam olish bo‘lishi mumkin emas edi. Bir oz hordiq zarurligi haqidagi boshqalarning maslahati ham shoirning qulog‘iga kirmasdan, u yana ishga kirishadi va «Xamsa»ning to‘rtinchi dostonini qog‘ozga tushira boshlaydi. Chunki u biron tasodif yuz berib, boshlagan ulug‘ ishining chala qslishi («yarim yo‘lda qolmoq»)ni aslo istamas, bu maqsadga yetishda har kun, har soatni hisoblar edi:

Download 28,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish