ALISHER NAVOIY - SO`Z MULIKINING SULTONI
Annotatsiya: Maqolada A.Navoiy ijodi haqida so`z borgan. ― Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytubturlar, hech kim oncha ko`p va xo`b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi ― XAMSA‖ javobida, yana bir ― MANTIQ UT-TAYRvaznida ― LISON UT-TAYR otliq. To`rt g`azaliyot devoni tartib qilibtur: ― G`AROYIB US - SIG`AR‖, ―NAVODIR – USH – SHABOB ― BADOYI` UL-VASAT‖, ―FAVOID UL-KIBAR otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana ba`zi musannafoti borkim, bu mazkur bo`lg`onlarga boqa pastroq va sustroq voqe` bo`lubtur‖.
Kalit so`zlar: buyuk, iste`dod, arbob, umr, Navoiy.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta`lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo`lgan.Alisher Navoiy feodal tarqoqligining avj olgan murakkab bir davrida hayot kechirdi.Ulug` shoir ana shunday og`ir sharoitda o`zining butun vujudini davlatning butunligi va mustahkam bo`lishini ta`minlash, xalqning moddiy va ma`naviy ahvolini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, ilm-fan, san`at hamda madaniyatni rivojlantirishga bag`ishladi.
Navoiy, ayniqsa, adabiyot va ona tiliga diqqat bilan qaradi. Benazir mutafakkirning xalqqa g`amxo`rligi, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy ettirishdagi xizmatlarini hisobga olgan holda u yashagan davr haqli ravishda Alisher Navoiy davri deb yuritiladi. Chunki, u‖…Yosh bolalik davrining avvalidan hayotining oxirigacha fayz va barakali vaqtning ko`p qismini ilm-fan va san`at tahsiliga sarf etdi. Turli bilimlarni o`zlashtirish va har xil fanlarni hosil qilish yo`lida ozgina fursatni ham qo`ldan bermadi.Umrining eng yaxshi davri bo`lgan yigitlik zamonlarini atoqli olimlarning yig`ilgan joyi va hurmatli fozillarning markazi bo`lgan maqtovga sazovor Hirot shahrida zo`r g`ayrat va tirishqoqlik bilan turli kitoblarni mutolaa qilish ila o`tkazdi.‖(Xondamir‖Makorim-ul-axloq‖Toshkent-1948-y, 27-bet) Alisher Navoiy yirik olim sifatida o`zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotiga katta hissa qo`shdi.Uni eng yuqori pog`onaga ko`tardi. Mir Alisher Navoiy ona tilining sohir qudratini, tillararo huquqini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish bilan chegaralanib qolmasdan balki o`zi ham ona tilida ijod qilishning yuksak namunasini ko`rsatgan buyuk siymodir.
Bunga birinchilar qatorida mashhur “Xamsa”ni misol qilib ko`rsatish mumkin. Dunyolarga arzigulik bu nodir asar o`zbek adabiyotining gultoji sanaladi.Bobur ta`biri bilan aytganda, cheksiz va tubsiz ummon qadar ijodi bilan jahonni lol qoldirgan Hazrat Navoiy bashariyat tarixida buyuk so`z ustasi deb tan olindi.Zamin-u zamon to bugunga qadar so`z mulkining sultoniga ta`zim bajo keltirmoqda. Bobomizning o`zlari niyat qilganday, ul zotni duo va tavoze bilan yod aylab, ruhi poklari va baland maqomlari barchamizga madadkor bo`lishini Ollohdan so`rab qolaman.
Ne xavotir ichra el shoirlari-
Gar savol etgay bukun sultonimiz.
To Navoiy bor-muhabbat dildadir,
So`lmagay hargiz ko`ngil bo`stonimiz.
Mamatqulov Botir Jovli o`g`li
Termiz davlat universiteti talabasi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.ziyonet.uz
2. navoiy.com
Do'stlaringiz bilan baham: |