Alisher navoiy nomli samarqand davlat unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana14.01.2022
Hajmi1,13 Mb.
#362857
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ozbekistonda yengil atletika sport turning rivojlanish taraqqiyoti (1)

2.3 XOZIRGI KUNDA YENGIL ATLETIKA 

Xozirgi  zamon  yengil  atletikasi  Angliyada  boshqa  ma mlakatlarga 

nisbatan  oldinroq  rasm  bo’la  boshladi.  1837  yili  bu  yerda  2  km  ga  o’rta 

masofaga  yugurishdan  Regbi  shahri  kolleji  o’quvchilarining  dastlabki 

musobaqalari bo’ldi. 

Ko’p  o’tmay,  ularning  tashabbusiga  Iton,  Oksford,  Kembrij,  London 

va  boshqa  shaharlardagi  kollej  o’quvchilari  ham  qo’shiladilar.  Keyin 

musobaqalar  dasturida  qisqa  masofalarga  yugurish,  to’siqlar  osha  yugurish 

va  og’ir  narsalarni  uloqtirishni  qo’sha  boshladilar.  1851  yildan  boshlab 

musobaqalar  dasluriga  yugurib  kelib  balandlikka  va  uzunl ikka  sakrash 

kiritiladi. 

Keyinroq yengil atletika musobaqalari unversitetlarda ham rasm bo’la 

boshladi.  Bu  jihatdan  Oksford  va  Kembrij  unversitetlari  tashabbuskor 

bo’ladi.  1864  yilda  bu  o’quv  yurtlari  o’rtasida  birinchi  bor  yengil  atletika 

musobaqasi  bo’lib,  shundan  keyin  bunday  musobaqalar  har  yili 

o’tkaziladigan  bo’ladi.  Musobaqa  dasturida  yugurishning  6  ta  turi  va 

sakrashlarning  2  ta  turi  kiritilgan  edi.  Kiyinchalik  dasturda  bosqon 

uloqtirish va yadro irqitish bilan to’ldiriladi. 

60  yillarda  yengil  atletika  mashqlari  bilan  kattalar  ham  qiziqa 

boshladilar. Yengil atletika bilan aristokratlar, sport kulublarda shug’ullana 

boshladilar.  Angliya  aristokratlari  yengil  atletika  sport  turi  bilan  qiziqar 

edilar-u  lekin  yugurish  yo’lkalarida  “oddiy  xalq”  bilan  birg a  bo’lishni 

istamas  edilar.  Ayniqsa  ular  vurish  va  yugurishdan  ochiq  bo’lib  qoladigan 

“past” tabaqa vakillariga yutqazishga yo’l qo’ya olmas edilar. 

Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari “havaskorlik  

to’g’risida  nizom  qabul  qilib  kelib,    yugurish  yo’laklarida  aristokratlar 

bilan  mehnatkashlar  uchrashmaydigan  qilib  qo’ydilar.  Shu  zamonga 

asosan  jismoniy  mehnat  vakillar  deb  e’lon  qilinib,  ularning 

havaskorlarning  sport  kulubga  kirishlariga  va  xavaskorlar  bilan 



musobaqalarda qatnashishlariga yo’l qo’yilmaydigan bo’ladi. 

1865  yilda  London  atletik  kulubi  tuzilib,  u  yengil  atletika  sportini 

keng  ommalashtira  boshlaydi.  Bu  kulub  yengil  atletikadan  mamlakat 

birinchiliklari  o‘tkazar  va  havaskorlik  to’g’risidagi  nizomga  rioya 

qilishni nazorat qilib turar edi. 

1880 yilda Angliyada havaskorlar yengil atletika assotsiyasi tuzilib, 

u  Britaniya  Imperiyasida  yengil  atletikadan  eng  oliy  organ  xuquqini 

oladi.  U  Anglivadagi,  uning  dominionlari  va  koloniyalaridagi  barcha 

burjua  yengil  atletika  klublarini  birlashtiradi.  Assotsiatsiya  yengil 

atletika  sportiga  umumiy  rahbarlik  qiladi.  Angliya  sportchilarini  xalqaro 

musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlaydi. 

Farangistonda  yengil  atletika  sport  turi  sifatida  o’tgan  asrning  70 

yillarida,  avvalo  xarbiy  va  grajdanlar  lit seylarida  rivojlana  boshlaydilar, 

80  yildan  boshlab  litseylarda  yugurishdan  musobaqalar  muntazam 

o’tkazila boshladi. 80 yillar oxirida Farangiston burjuaziyasi atletik sport 

farang jamiyatlarining asotsiyatsiyasini tuzadi. 

AQSHda  yengil  atletikaning  rivojlanishi  1868  yildan,  NYU-York 

atletika  klubi  tuzilib  yengil  atletikadan  birinchi  marta  musobaqa 

o’tkaziladigan  bo’ladi.  Tez  orada  universitetlar  yengil  atletikaning 

taraqqiyot markazi bo’lib qoladi. 1874 yilda Govard universitetida yengil 

atletikadan  birinchi  musobaqa  bo’lib  o’tadi.    80-  yillar  oxirida  AQSHda 

universitetlararo  atletika  ittifoqi  bo’lgan  “Amerika  havaskorlar  yengil 

atletikasi  milliy  asotsiatsiyasi”  va  mamlakatda  yengil  atletika  rahbar 

organi - “Amerika havaskorlar yengil atletikasi ittifoqi” v ujudga keladi. 

Germaniyada  birinchi  yengil  atletika  musobaqalarini  1888  yilda  Berlindagi 

kroket va futbol klublari tashkil qilingan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90 

yillarda paydo bo’ladi. 1898-yilda yengil atletika rahbar tashkiloti - Germaniya yengil 

atletika boshqarmasi tuzildi. 




Skandinoviya  mamlakatlarida  yengil  atletika  mustaqil  sport  turi  sifatida  1887 

yilda  Shvetsiyada,  1897  yilda  Norvegivada  va  1906  yilda  Finlandivada  rasm  bo’la 

boshladi. 

Vengriyada,  Polshada,  Chexoslavakiyada,  Yugoslav iyada  va  boshqa 

markaziy  Ovropa  mamlakatlarida  yengil  atletika  sporti  o’tgan  asrning  90 

yillarida rivojlana boshladi. 

Ko’p  mamlakatlarda  yengil  atletika  sport  turi  sifatida  XIX  asr 

oxirlarida qabul qilindi. 

Yengil 

atletika 

sporti 

taraqqiyotida 

qadimiy 

grek  


olimpiya 

o’yinlarining  1896  yilda  qayta  yo’lga  qo’yilishi  muhim  ahamiyatga  ega 

bo’ldi. Keyinchalik olimpiya o’yinlari sportning eng muhim turlaridan, shu 

jumladan yengil atletikadan xalqaro majmuaviy musobaqalar bo’lib qoldi. 

1965 yilgacha olimpiya o’yinlari faqat 15 marta o’tkazilgan edi. Harbiy xarakatlar va 

boshqa  sabablar  bilan  1916  yilda  Berlinda,  1940  yilda  Tokiyoda,  1944  yilda 

Xelsinkida  o’tkazilishi  mo’ljallangan  olimpiya  o’yinlari  bo’lmay  qolgan  edi. 

Olimpiya  o’yinlarida  yengil  atletika  musobaqalarining  dasturi  har  doim  o’zgarib 

kelgan. 

1928  yilda  Amsterdamdagi  IX  -  olimpiadada  birinchi  marta  ayollar 

uchun  yengil  atletika  musobaqalari  o’tkazildi.  Shundan  keyingi  barcha 

yillarda ham bu musobaqalar o’tkazilib kelindi. 

Hozirgi  zamon  olimpiya  o’yinlari  1  marta  1896  yilda  Afinada  bo’lgan  edi. 

Yengil  atletika  musobaqalarida  atigi  12  mamlakat  vakillari  qatnashgan  edi.  Bu 

vo’llarda ko’pchilik atletlarning sport natijalari va mashq bajarish texnikalari past edi. 

1912 vilda Stokgolmda (Shvetsiya) bo’lib o’tgan V-Olimpiya o’yinlari yengil atletika 

taraqqiyotida  muhim  bosqich  bo’ldi.  O’shanda  yengil  atletikaning  ko’p  turlaridan 

qator yillardan beri o’zgarish kelayotgan jahon va olimpia rekordlari yangilangan edi. 

1912  yilda  yengil  atletikani  rivojlantirishga  va  xalqaro  musobaqalar  federatsiyasi 

(IAAOF)  tashkil  qilindi.  Federatsiyaning  maqsadi-federatsiya  a'zolari  o’rtasida 

xamkorlik  o’rnatish,  ustav  va  xalqaro  musobaqalar  o’tkazish  qoidasini  ishlab 

chiqishdan iborat edi. 





Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish