Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


“Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida ustoz-shogird



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana31.12.2021
Hajmi0,72 Mb.
#237841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
alisher navoiyning majolis un - nafois asarida ustoz va shogird ananasi talqini

“Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida ustoz-shogird 

an’anasi talqini” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy 

ishiga ilmiy rahbar 



XULOSASI 

 

Alisher Navoiy ijodiy merosi o‘zbek adabiyotshunosligida asrlar davomida 



o‘rganib kelingan. Shoir merosi tadqiq etilgani sari o‘rganilishi lozim bo‘lgan 

masalalar ravshanlashadi. Hozirga qadar “Majolis un-nafois” tazkirasi Oybek, 

Porso Shamsiyev, Vohid Abdullayev, Suyima G‘aniyeva singari olimlar 

tomonidan o‘rganilgan. Hattoki, tazkiraning mukammal ilmiy-tanqidiy matni 

yaratilgan. 

Talaba Shoira Saydullayevaning “Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” 

asarida ustoz-shogird an’anasi talqini” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi 

navoiyshunoslik hali jiddiy tadqiq etilmagan muammoga bag‘ishlanganligi 

dolzarbdir. Ishda “Majolis un-nafois” tazkirasining tub zaminiga singdirib 

yuborilgan mazmun-mohiyat, ya’ni Navoiy pedagogik qarashlarining aks etishi 

masalasi jiddiy kuzatilgan. 

Talaba bitiruv malakaviy ishida tazkiraning har bir majlisini sinchkovlik bilan 

kuzatgan. Navoiyning adabiy-estetik qarashlari har bir ijodkor faoliyatiga 

munosabatini o‘rgangan. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda 

aks etadi: 

1. 


Navoiy tazkirasining boshqa tazkiralardan farqli jihati tarixiy-qiyosiy 

metod asosida jiddiy o‘rganilgan. 

2. 

Tazkiradagi turli toifa vakillarining adabiyotga daxldor faoliyati talaba 



tomonidan qiyosiy-tipologik usulda o‘rganilgan. 


■ Bitiruv malakaviy ishi 

 ≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈  Shoira Saydullayeva 

≈ 5 ≈ 

 

 



3. 

Ilk marotaba “Majolis un-nafois”da ustoz-shogird masalasi 

tadqiqotchilik metodi asosida yoritilgan. 

4. 


Talaba “Majolis un-nafois” tazkirasini ilmiy-tanqidiy matnidan 

unumli foydalangan. Bu esa fanlararo uyg‘unlik, ya’ni matnshunoslik va adabiy 

manbashunoslik sohasining adabiyot o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq holda 

o‘rganishni ta’minlagan. 

Shu o‘rinda mavzuning ancha salmoqli ekanligi, talaba sof nazariy 

ma’lumotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, metodik 

jihatdan asoslab berishda ancha izlanganligini ham ta’kidlash lozim.  

Men talaba Shoira Saydullayevaning ilmiy salohiyatini qadrlagan holda, 

uning kelajakda ilmiy tadqiqot olib borishga keng imkoniyatlari yetarli ekanligini 

ta’kidlab o‘tishni joiz deb bilaman. 

Ishda ba’zi o‘rinlarda juz’iy kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Xususan, 

sahifalarda uslubiy g‘alizliklar, xulosalarning yetarli emasligi ma’lum bo‘ladi. 

Lekin bu kabi holatlar ishning umumiy saviyasiga ta’sir qilmaydi. 

Men Shoira Saydullayevaning “Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” 

asarida ustoz-shogird an’anasi talqini” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini yuqori 

baholagan holda himoyaga tavsiya etish mumkin deb hisoblayman. 

  


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish