Yordamchi so‘z turkumlari bo‘yicha tahlil tartibi va namunasi
Yordamchi so‘zlarning qaysi guruhiga kirishi aniqlanadi.
Vazifasiga ko‘ra turi.
Qo‘llanilishiga ko‘ra turi.
Tuzilishiga ko‘ra turi.
Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (O.) Men-ku chidayapman. Faqat opasiga qiyin… (S.A.)
Buyon – ko‘makchi, sof ko‘makchi; chiqish kelishigidagi so‘zni boshqarib keladi; so‘z shaklidagi ko‘makchi.
Va – bog‘lovchi, teng bog‘lovchi; yakka qo‘llanadi; so‘z shaklidagi bog‘lovchi.
Ku- yuklama, ta‘kid yuklamasi; qo‘shimcha yuklama.
Do'stlaringiz bilan baham: |