Mustahkamlash uchun savollar:
Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi deganda nimani tushunasiz?
O‘zbek tili morfologiyasining asosiy tamoyillarini sanang.
Grammatik ma‘no haqida ma‘lumot bering.
Son kategoriyasi misolida OGM, XGM va UGM tushunchasini izohlang.
UGMni ochish yo‘llari (paradigmatik munosabat) haqida ma‘lumot bering.
Grammatik ma‘no ifodalovchi vositalarni sanang.
Falsafada kategoriya tushunchasi. Grammatik kategoriya haqida ma‘lumot bering. Morfologik-semantik (tasniflovchi) va morfologik-sintaktik (vazifaviy) kategoriyalar haqida gapiring.
O‘zbek tili GKlari tasnifini bayon qiling.
Morfologik shakl va uning yasalish usullari haqida gapiring.
Yirik leksik-grammatik kategoriyalar haqida ma‘lumot bering.
So‘z turkumlarining ma‘noviy, morfologik va sintaktik tasnifi haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |