[OA ~ Osh]= [shaxsni tavsiflovchi] SB.
[Osh ~ OA]= [shaxsni tavsiflovchi] SB.
Ko‘rinib turibdiki, [OA~ Osh]birikish usuli [OA~ Osh]= [shaxsni tavsiflovchi] SBqurilish qolipini,[Osh~ OA]birikish usuli esa [Osh~ OA]= [shaxsni tavsiflovchi] SBqurilish qolipini keltirib chiqaradi. Kelib chiqqan qurilish qoliplari atoqli otlarning tobe yoki hokim vaziyatlarda voqelanish imkoniyatiasosida birlashganday ko‘rinsa-da, aslida, bir-biridan farq qiladi. Zero tobe bo‘lak atoqli otlar bilan ifodalanganbirikish usuli qolipning bir xususiy shaklini yuzaga keltirgan bo‘lsa, hokim bo‘lak mavqeyida reallashgan atoqli otlar qolipning ikkinchi xususiy shaklini hosil qilgan. Demak, atoqli otlardan kishi ismlari qatnashgan so‘z birikmalarining lisoniy-sintaktik qurilishi yuqorida ko‘rsatilgan ikki xil qolip ko‘rinishidaumumlashtirilishi mumkin. Ammo butahlil etilayotgan so‘z birikmalarining umumiy lisoniy-sintaktik qolipi deb xulosalashga imkon bermaydi. Negaki, har ikkala qolip xususiy shakl va xususiy ma’no munosabatidan tashkil topgan bo‘lib, xususiy sintaktikqoliplar sanaladi. Shu sababdan [Ok ~ Oyo]=SB, [Oya~ Oj]=SB va bir qancha shunday qoliplar sirasida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Demak,[OA~Osh]=SB va [Osh~OA]=SB xususiy qoliplar maqomida turadi, biroq shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarining umumiy [Osh ~ Osh]=SBqolipining xususiyliklari hisoblanmaydi. Buni dialektik mantiqning umumiylik-xususiylik munosabati asosida osongina ifodalash mumkin.Yuqorida shu munosabatning qo‘llanilishi asosida tahlil natijasini bayon etgan edik. Takrorga berilmasdan ayta olamizki, [Osh ~Osh]=SB qolipining nutqiy voqelanishi asosidagi xususiy shakllari [Osh ~ Osh]=SB orqali moddiylasha olmaydi. Bu umumiy qolipning moddiy voqelanishdagi xususiyliklari, ya’ni xususiy qoliplar boshqa ko‘rinishga egaligi to‘g‘risida oldingi sahifalarda so‘z yuritgan edik.Ushbu bo‘limdagi tahlil natijasida “shaxs otlaridan tuzilgan va shaxsni tavsiflovchiso‘zbirikmalarining lisoniy-sintaktik qurilishini umumlashtiruvchi qolip [Osh ~Osh]=[shaxsni tavsiflovchi] SBdir” degan xulosa kelib chiqadi. SHaxs tavsifini kishi ismlarining qo‘llanilishi asosida ifodalaydigan so‘z birikmalari ikki xil– [OA~Osh]=SB va [Osh~OA]=SBxususiy qoliplarining nutqiy voqelanishidan yuzaga keladi hamda ushbu qoliplarning mahsuli hisoblanadi. Nutqiy voqelikda shaxsning u yoki bu xususiyatlari tavsiflangan umumiy izohlovchi-izohlanmish sintaktik ma’no munosabati ifodalangan so‘z birikmalari [Osh ~Osh]=[shaxsni tavsiflovchi] SB umumiy qolipi asosida yuzaga chiqadi.Boshqacha aytganda, izohlovchi ham, izohlanmish ham shaxs otlaridan tuzilgan so‘z birikmalarininglisoniy-sintaktik qurilishi[Osh ~Osh]=[shaxsni tavsiflovchi] SB qolipi mohiyatida mujassamlashgan.
Bevosita kuzatishda berilgan shaxsning kasbiga,yoshiga, jinsiga, yaqinlik munosabatiga, millatiga, mashg‘ulotiga va boshqa jihatlariga ko‘ra tavsiflovchi so‘z birikmalari [Osh ~Osh]=[shaxsni tavsiflovchi] SB umumiy qurilish qolipining nutqiy hosilalari bo‘lib,umumiy qolipga[Ok~ Oyo]=SB, [Oya~ Oj]=SB va shu kabi o‘nlab xususiy qoliplar orqali bog‘lanadi. Shaxsni tavsiflash vazifasini shaxsni atovchi lug‘aviy birliklar kabi baravar bajara oladigan so‘z birikmalari lisoniy-sintaktik qurilish xususiyatlariga ko‘ra shaxs semali leksemalar bilan ziddiyatda turadi. Ayni choqda, tilning leksik sathida shaxs semali leksemalar paradigmasi bo‘lganidek, shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarining qurilish qoliplari paradigmasi sintaktik sathda mavjud. Bu qolip paradigmalarini aniqlash,paradigma a’zolari va uning etakchi a’zosini belgilash o‘zbek substansial tilshunosligida yechimini kutayotgan masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |