Qaratqich kelishigi predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini bildiradi. Qaratqich kelishigi -ning qoʻshimchasi bilan shakllanib, kimning? nimaning soʻroqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikdagi soʻz oʻzi bogʻlangan soʻzni oʻziga qaratadi, qaratilgan soʻz egalik qoʻshimchasini oladi: uyning oldi, togʻning toshi kabi.
Bu tipdagi qaratqich va egalik qoʻshimchalari shaklidagi bogʻlanishlarda qaratqich ikkinchi otga bogʻlanib, uni aniqlab, aniqlovchi vazifasida keladi. Kampir ularning gapidan Zirillamaga Yo'ldosh Oxunboboyev kelganini bildi.(S.A.) Qaratqich kelishigining qoʻshimchasi she’riy asarlarda -n shaklida ham qoʻllaniladi. Yigitlik shotisin poyalaridan , Asta yuqoriga ko'tarilolding (G' .G'.)
Shuningdek, badiiy asarlarda bu kelishik qoʻshimchasining -im shakli ham uchraydi: O'zbekiston Vatanim manim (A.O.)
Manim bu soʻzlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadur. (A. Qod.) Qaratqich kelishigi ma'no va shakl jihatidan ikki xil: belgili qaratqich kelishigi, belgisiz qaratqich kelishigi.
—ning qoʻshimchasi bilan shakllanib, aniq qarashlilik ma’nosini ifodalaydigan shakl belgili qaratqich kelishigi deyiladi. Otaqo'zi tog'asining fe'1-atvorini yaxshi bilardi. (O. Yo.) Hovlining bir chekkasida yaproqlari shaldirab baland mirzaterak turardi. (0.)
Qaratqich kelishigining qoʻshimchasi -ning tushib qolgan holat belgisiz qaratqich kelishigidir. Ikkoving choʻl marshallari boʻlasan. (S.A.) Bu shakldagi otlar bir-biri bilan oʻzaro zich bogʻlanadi va ularning orasiga boshqa soʻz kiritib boʻlmaydi. Belgisiz qaratqich kelishigida qaratqich shaklidagi ot egalik shaklidagi otga belgi ekanligi ifodalanadi. Bu holatda qarashlilik ma’nosi emas, balki aloqadorlik ma'nosi ustun turadi. Chunonchi. keltirilgan gapdagi cho'l marshallari birikmasida marshal yoki cho'l bir-biriga qarashli emas, ulardagi muayyan aloqadorlik asosida cho'l so'zi marshal so'ziga belgi vazifasini bajargan.
Qaratqich kelishigining belgili va belgisiz kelishi lugʻaviy va grammatik ma’nolarga bogʻliq. Quyidagi ma’noli soʻzlar, asosan, belgili qaratqich kelishigi shaklida keladi.
Shaxs otlarini ifodalovchi soʻzlar: Eshonxonning dardi boʻlak. (O.)
Yo'ldoshning badanlari jimirlab ketdi. (O' .U.)
Predmetning shaxs yoki boshqa predmetga tegishli ekanligini ifodalaydigan otlar. Bu Ikromjonning tovushi edi. (S.A.) Mana shu narsa, dedi u, sher oyoqli bahaybat stolning gʻaladonidan kattakon semiz papka chiqarib (O.Yo.)
Butunning qismini anglatgan otlar: kitobning varagʻi,uyning burchagi. qozonning qulogʻi. Sallasidagi olmosdan tashqari belidagi kamariga, xanjarining sopi va qiniga qadalgandur va la’llar tiniq va osuda bir jilo berib turardi. (P.Q.)
Qaratqich kelishigidagi ot bilan egalik qoʻshimchalarini olgan ot orasiga boshqa soʻz kelganda: Ona ko'zi oldida oʻgʻlining qop-qora qoshlari. chaqnagan koʻzlari qoldi. (S.A.) Dadasi erkatoy oʻgʻlining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.Yo.)
Otlashgan soʻzlar qaratqich kelishigi qoʻshimchasini
Olib kelganda. Kattaning kichigi boʻlguncha, kichikning kattasi bo'l. (Maqol.)
Egalik qoʻshimchasi otlashgan soʻzlarga qoʻshilganda u bilan bogʻlangan soʻz belgili qaratqich kelishigida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |