Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 5A120101 – Adabiyotshunoslik (O’zbek adabiyoti) mutaxassisligi II kurs magistranti Alimqulova Ma’rifat Baxtiyorovnaning IV semestr uchun ilmiy-seminarlarda ishtirok etishi HISOBOTI ToshDO‘TAU magistratura mutaxassisliklarining 2021-2022 o‘quv yili 2 kurslar uchun ishchi o‘quv reja asosida 4-semestrdagi o‘quv yuklamasida ko‘rsatilgan ilmiy seminar (60 soat) bo‘yicha dissertatsiya mavzuyim doirasida kafedrada bo‘lib o‘tgan seminarlarda qatnashdim. Xususan, kafedrada quyidagi seminarlar bo‘lib o‘tdi:
28 fevral kuni soat 10:30 da O‘zbek filologiyasi fakultetining Kengash yig‘ilishidan so‘ng navbatdagi nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda ma'ruzachilar quyidagi mavzularda o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdilar:
1. F.f.d., professor Zulxumor Xolmonova. Mavzu: "Lang" so‘zi etimologiyasi”,
2. F.f.nomzodi Gulbahor Ashurova. Mavzu: “Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani haqida”,
3. PhD Orzigul Hamroyeva. Mavzu: “Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi”.
Seminar 319-xonada o‘tkazildi.
30 mart kuni soat 10:30 da O‘zbek filologiyasi fakultetining Kengash yig‘ilishidan so‘ng navbatdagi nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma'ruzachilar:
1. F.f.d., professor Samixon Ashirboyev. Mavzu: “Mumtoz asarlar matnini hozirgi alifbolarga o‘girishning muammoli masalasi”,
2. PhD Orzigul Hamroyeva. Mavzu: “Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi”.
Seminar 319-xonada o‘tkazildi.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Oʻzbek filologiyasi fakultetida nazariy metodologik seminarlarda oʻzbek tili va adabiyotining oʻtkir ilmiy-metodologik masalalari muhokama qilindi. Ushbu seminarda f.f.d., professor Samixon Ashirboyev “Mumtoz asarlar matnini hozirgi alifbolarga oʻgirishning muammoli masalasi” mavzusida, PhD Orzigul Hamroyeva “Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi” mavzusida taqdimot qilishdi. Ikkila maʼruzada ham chuqur tahlillar, metodologik muammolar, oʻziga xos ilmiy yechimlar taklif etildi. Maʼruzadagi baʼzi masalalar chuqur muhokamalarga sabab boʻldi.
Seminarda fakultet oʻqiuvchilari, olimlar va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
27 aprel kuni soat 10:30 da O‘zbek filologiyasi fakultetining Kengash yigilishidan so‘ng navbatdagi nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachilar:
1. F.f. nomzodi Shafiqa Yorqin. Mavzu: “Afg‘onistonda boburshunoslik” .
2. F.f. nomzodi Shermuhammad Amonov. Mavzu: “Ahmad Tabibiy musammatlari”.
Seminar 319-xonada o‘tkazildi.
Hozirda ish rejadagi vazifalarning o‘z vaqtida sifatli va samarali hamda bosqichma-bosqich bajarilishini taminlanishi va ishning yakunlanishi bo‘yicha ilmiy rahbardan maslahatlar olyapman. Belgilangan jadval bo‘yicha kafedraga hisobot berdim.