Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti o’zbek
tili va adabiyotini o’qitish fakulteti 1-bosqich (105-guruh) talabasi Turayeva
Bexruzaning sotsiolingvistika fanidan O’zbekistonda lisoniy vaziyat va til siyosati
mavzusida tayyorlagan Mustaqil ta’lim ishi
Mavzu: O’zbekistonda lisoniy vaziyat va til siyosati
Reja:
1.Hozirgi kunda O’zbekistondagi lisoniy vaziyat
2. Mustaqillikdan oldin O’zbekistonda lisoniy vaziyat
3. O’zbekistonda yuritilayotgan til siyosati
4.O’bekistondagi lisoniy vaziyatda boshqa til vakillarning tutgan o’rni
Foydalanilgan adabiyotlar: “Uluslararasi turkbilim o’grenci kurultayi” bilderiler kitabi, internet ma’lumotlari: https://www. Lex. Uz/docs/-20596,
Til har qaysi davrda xalqning eng yuksak qadriyatlaridan biri bo’lib kelgan. Shuning uchun ham millatlar o’z tilini rivojlantirishga kata e’tibir qaratgan. Bizning raspublikamizda ham til masalalariga kata etibor berib kelinmoqda. Bu borada O’zbewkistonda yaqin to’rt yil davomida salmoqli amaliy ishlar qilindi. Ana shu ishlar natijasi o’laroq ona tilimiz mustaqillikdan oldingi va istiqlolimiz boshlang’ich davriga qaraganda anchagina yuksaldi. Aytishimiz mumkinki, til masalalariga Prezident boshchiligida hukumatning etibor qaratilayotgani butun jamoatchilikning ham etiborini tortmoqda. Respublikamizda olib borilayotgan ochiq siyosat masalalariga ham tasir etmay qolmadi. Ayniqsa, jamoatchilik vakillari til borasida qilinayotgan har bir ishni , qabul qilinayotgan hujjatlarni sinchkovlik bilan kuzatib, ularga o’z munosabatini bildirayotgani tahsinga loyiq. Bugungi kunda jamoatchilik kuzatuvi tushunchasi respublikamizda rivojlanmoqda. Bu esa til masalalariga ham astalik bilan kirib, jiddiy tus olayotgani bor gap. Shu nuqtayi nazardan yaqin to’rt yil davomida qabul qilingan til borasidagi hujjatlarga respublikamiz fuqarolari, o’zbek millati fuqarolari tomonidan keskin munosabat bildirib kelinmoqda. Xususan, so’nggi bir yil ichida til masalalari yuzasidan ko’p muhokamalar o’tqazildi. 2019-yil bir guruh ziyililar tomonidan rus tilining mavqeyini respublikada ko’tarish masalasi yoritilgan maqolaga keskin fikrlar bildirildi va jiddiy etirozlarga sabab bo’ldi. Shuningdek, lotin yozuvi borasidagi hukumat harakatlariga va ziyolilarning yangi lotin alifbosi yuzasidagi takliflariga resoublikamiz aholisi tomonidan ko’lab munosabatlar bildirilayotgani xalqimizning ongi, huquqi o’sib borayotgani bilan birga , milliy g’urur va ona tilimizga yuksak mehrini ko’rsatib berdi. Mamlakatimizda mustaqillik davrida o’nga yaqin o’zbek tilining nufuzini oshirihs qaratilga qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Bu amaliy harakatlar natijasida tilimizning jamiyat orasida roli, xalqaro darajadagi nufuzi sezilarli darajada yuksaldi.
Avvalambor aytishimiz kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishish arafasida 1989-yil 21- oktabrda “davlat tili haqida”gi qonunining qabul qilinganligi o’zbek tilining dunyoda muistaqil tilga aylanishiga imkon berdi. Keying bosqichlarda amalga oshirilgan ishlarning poydevori barpo etib, o’zbek tilibi kelgusida rivojlantirish uchun zamin yaratdi. Shuningdek, respublikamizning Asosiy qonuni Konstitutsiyamizning o’zbek tilida ishlab chiqilishi uning nufuzini yanada oshirdi. O’zbek tili o’tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o’zaro bog’laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi. Keyinroq mamlakatimizda yozuv masalalari islohot o’tqazilib, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish haqida qonun qabul qilinib, o’zbek tilining yozma ko’rinishi yangi alifboda belgilandi. Shu davr mobaynida til masalalariga etibor susaygan hoplga kelib qolgan edi. Ammo so’nggi yillarda yana jonlandi. Xususan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo’lga qo’yilganligi bu ishlarning amaliy misolidir. Qayd etish joizki bu universutetda o’zbek tilining har tomonlama rivojlanish bosqichlar taraqqiyot yo’llari tadqiq etilmoqda.
O’zbek tilining O’zbekiston hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Davlat tili haqidagi qonuni” bilan tartibga solindi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga ko’ra, O’zbekisron respublikasida davlat tili o’zbek tilidir va uning hududida yashovchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishi qonun bilan kafolatlanadi. Bu yerda nazarda tutilganidek, mamlakatning rasmiy tili o’zbek tilidir. Shuningdek, boshqa millat tili ham himoyalangan. Hozirgi kunda barcga davlat hujjatlari ham rasmiy tilde olib borilyaptimi? Bu borada respublikamiz qonunlarida qqanday me’yorlar belgilangan? “Davlat tili haqidagi qonunning 10- moddasiga ko’ra, korxonalar, muassasalar tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish hiso-kitob, statistikas va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi ham mumkin. Moddada belgilanganidek, barcha muassasalarda ish yuritish tili o’zbek tili bo’lishi kerak. Ammo biz ko’pincha guvoh bo’lamizki, jumladan, ayrim tashkilotdarda hujjatlar rus tilida yuritiladi. Biroq moddada belgilanganidek, davlat tilidagi ko’rinishi ham bo’lishi kerak. Biz esa aksar hollarda ingliz yoki rus tilidagi variant berilishi bilan cheklanmoqdamiz. Demak, namoyon bo’ladiki, ana shunday tartibda faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar qonun moddasini buzishmoqda.
Yana bir qonun hujjatlarida belgilangan, ammo nazorat ostiga olinmaganlik oqibatida qayta-qayta buzilish holatlari sodir etilayotgan masalaga etibir bersak. O’zbekiston reklama to’g’risidagi qonunning 5-moddasiga ko’ra O’zbekiston respublikasi hududida reklana O’zbekiston respublikasi davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga ko’ra boshqa tillarda tarqatiladi. Respublikamizning barcha hududlarida turli shakldagi reklamalarni uchratamiz. Etibor bersak, reklama shaklida o’zbek tilidan ko’ra boshqa tillardan foydalanish hollari kech qo’llanmoqda. Yuqoridagi moddaga binoan, reklama beruvchi xohlagan tilda reklama berish bilan birga aynan o’sha lavhada berilgan ma’lumotni rasmiy tilde ham berishi lozim. Ammo biz bu holatni deyarli uhratmaymiz. Reklamalardagi xatolar esa, ko’z yumish bilan bartaraf etilmoqda.
O’zbekistonda o’tgan asrning 20-30- yillarida amalga oshirilgan “madaniy inqilob” milliy madaniyatga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Davlat rasmiy mafkurasi tomonidan o’zbek xalqining ming yillik urf odat va qadruyatlari o’mish sarqiti sifatidasqoralandi. O’zbeklarning ming yillik tarixi, madaniyati aks etgan arab alifbosi 1929- yilda lotin, u esa 1940- yilda krill imlosiga almashtlirildi. Sobiq ittifoq tarkibidagi rus bo’lmagan xalqlarning milliy adabiy tili, jumladan o’zbek tilining ham, turli sohalardagi qo’llanish sohasi ham ancha cheklandi, ularning to’laqonli va erkin rivojiga sun’iy to’siqlar qo’yildi. Va, aksinchsa butun etibir rus rilini targ’ib qilishga, milliy grammmatika rus grammatikasiga to’liq moslashtirildi. Grammatikaning “baynalmilal”ligi targ’ib qilinib, tillarni unufikatsiyalash kuchaydi. Mavjud so’zlar o’rniga ruscha va rus tili orqali kirgan baynalmilal so’zlarni qo’llashga etibir kuchaytirildi. Provardida o’zbek tiliga reviziya, ministr, plan, reforma, ekonomika, ostonofka, sovet, sekritar, skidka, alfavit kabi minglab so’zlar kirib keldi. Shu tarzda rus tilidan boshqa tillarning, jumladan o’zbek tilining ham rivojlanish imkoniyati to’sili. Ish yuritish, anjuman, simpozium, majlislar tili vazifasini rus tili bajaradigan bo’ldi. O’zbek tilining ilmiy va rasmiy uslublari deyarli rivojlanmay qoldi, amalda rezpublikaning davlat tili rus tili bo’lib qoldi.
Milliy uyg’onish va davlat siyosati. Yuzaga kelgan bunday ahvol tabiiyki ilg’or ziyolilar o’rtasida norozilik katfiyatini tug’ilishiga milliy g’urur, milliy iftixor hissi uyg’onishiga olib keldi. 80-yillar o’rtalaridan boshlab matbuotda o’zbek tili, islom dini, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrab- avaylash, ilmiy o’rganish va uni xalqqa yetqazib berishga da,vat etuvchi maqolalar chop etildi, shu masalalarga bag’ishlab turli darajadagi ilmiy amaliy yig’inlar, anjumanlar o’tqazildi. Bunday harakatlarning natijasi o’laroq xalq xohish- irodasi ba talablari asosida 1989- yil 21- oktabrda Oz’bekiston respublikasining “Davlat tili haqidagi qonuni qabul qilindi. Bu qonunning qabul qilinishi kata ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu qonun o’bek tilining rus tili soyasidagi, faqat ko’cha va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfini oldini oldi. Aksincha o’zbek tilining oliy darajadagi anjumanlarda qo’llanadigan, O’zbekiston respublikasining rasmiy hujjat yuritadiha tiliga aylandi.
O’bekistondagi lisoniy vaziyatni o’rganish va bu borada ko’plab izlanishlar va sotsiolingvistik tadqiqotlar olib boorish zamonamizning dolzarb muommolaridandir. Chunki mamlakatdagi lisoniy vaziyatni o’rganish tillarning turli jihatlarini amaliyot bilan birga tadqiq etish, respublikadagi tillarning holati, necha millat istiqomat qilishi va ularning nechtasining o’z tili mavjud, hozirgi kunda ushbu millatlar tilining necha foizi jonli tillar qatorida yashabkelmoqda, qo’llanish doirasi, tarqalish hududi, madaniyatlar integratsiyasida ushbu tillarning tutgan o’rni, rivojlanish tendensiyasi nimalardan iborat va ushu tillarning hozirgacha qo’llanib kelishga sabab bo’lgan omillar qaysilar hamda kelgusida ushbu tillar qay yusinda taraqqiy etadi kabi jihatlarni yoritish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, bunday tadqiqotlarning vujudga kelishi mamlakatda mavjud millatlar tilining tarixiy taraqqiyotini davlatlararo turli jabhalar bilan bog’liq holda rivojlanishini o’rganish bilan bir qatorda avvallari mavjud bo’lgan va hozirgi kunda umuman qo’llanmaydigan millatlar tilini aniqlashda va o’lik tillarga aylanib boorish omillari va bu tillarning kelgusida yo’qolib boorish kabi masalalarga oydinlik kiritishiga yordan beradi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, hozirgi kunda bunday tadqiqodlar ko’p emas. Mavjud manbalar ham sovet davrida olib borilga tadqiqotlar hisoblangani sababli bugungi til vaziyatlarini yoritishda ko’mak bera olmaydi. O’zbek tilini tadqiq etish borasidagi salmoqli ishlar amalga oshirilganini etirof etish lozim. Ammo tilshunosligimizda mustaqillik davrida sotsiolingvistik tadqiqotlar deyarli olib borilmaganini qayd etish darkor. OTMlarda sotsiolingvistika fani o’qitiladi. Ushbu predmetning tarkibida ko’plab masalalar yoritiladi. Lekin jonli xalq tilining amaliy tadqiq etish masalasi yetarlicha diqqat markazida bo’lmaydi. Xorij davlatlarining til siyosati masalalari kec=ng yoritilib unga keng tasnif beriladi. O’zbek tilining rivojlanish tendensiyalari eski misollar va doimiy tushunchalar asosida talabalarga yetkaziladi. Bugungi kun uchun esa buning o’zi kamlik qiladi. Bu borada amaliy tadqiqotlarni kengaytirish, rivojlangan davlatlat tajribasiga asoslangan holda milliy konsepsiyalarni ishlab chiqish samarali usuldir. O’zbek tili jonli ko’rinishda tadqiq etish, lingvistikaning amaliy sohalarini rivojlantirish, o’zbek tilining electron platformasini yaratish til sohasining oldida turgan keyingi yo’llarini belgilab olishda amaliy ko’mak beradi.
Endi O’zbekistondagi lisoniy vaziyat haqida kechroq to’xtalsak. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Bularning necha foizi qaysi tilde so’zlashishi borasida turli statistic ma’lumotlar bor. Tadqiqotlar jarayonida ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilingan. Respublikamizda hozirgi kunda 139 ta milly madaniy markazlar faoliyat olib borsa, ular tarkibidagi millatlarning 15-2- foizining tillari farqlanadi. Qolganlar lahja, sheva nuqtayi nazaridan bir-biriga yaqin bo’lgan tillardan foydalanuvchi millatlarning tillaridir. Ammo davlatimizda istiqomat qiluvchi millatlar madaniyat, dunyoqarash, urf-odat jihatdan ancha yaqinlashib ketgan, ayrim o’rinlarda farqli jihatlar ham ko’zga tashlanadi. Mamlakatimizda o’zbek millari bir tan-u bir jon bo’lib yashab kelayotgan millatlar sirasiga: tojik, Turkman, turk, qirg’iz, rus, qozoq,uyg’ur, tatar singari millatlar kiradi.
Quyida eng ko’p istiqomat qiladigan millatlar tilining ayrimlarini mamlakatimizning lisoning vaziyatida tutgan o’rniga ahamiyat qaratamiz. Ushbu millat o’zbeklar bilan birga qadim davrlardan beri yonma- yon istiqomat qilib kelishmoqda. O’zbekiston respublikasida 271 mingdan ortiq qirg,zizlar yashaydi. Ushbu millat vakillari respublikamizning Andijon, Jizzax, Namangan, Farg’ona viloyatlarida istiqomat qilib kelmoqda. Hozirda O’zbekistonda qirg’iz madaniy markasi jami oltitani tashkil etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, birinchi viloyatlararo qirg’iz madaniy markazi 1991- yil jizzax viloyatida tashkil qilingan. Bu markazlarda milliy madaniyat, an’analar va urf- odatlar va tilni rivojlantirish kabi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda o’qitishqirg’iz tilida olib boriladigan 42 ta maktab mavjud. Qizg’iz tilida darsliklarni tayyorlash va nashr qilish ishlari bilan “Ozbekiston” nashriyoti shug’ullanadi. Qirg’izlarning O’zbekistondagi hayoti to’g’risida O’zbekiston milliyteleradiokompaniyasining qirg’iz o’zbek va boshqa tillarda uzatilayotgan “Aychurek” va “Yagona oila” teleko’rsatuvlari shuningdek, “Eleman”, “Min kiyal” radioeshittirishlarida hikoya qilinadi.
Mamlakatimiz lisoniy qiyofasida Turkman millati tili ham alohida ahamiyatga ega. Hozirda yurtimizda 200 mingga yaqin turkmanlar istiqomat qiladi. Hududlarda qator Turkman madaniy markazlari faoliyat yuritadi. 2001-yil 7-may kuni tashkil qilingan Respublika Turkman madaniy markazi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent,Surxandaryo viloyatlari, va Toshkent shahridagi hududiy bo’limlari faoliyat yuritib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 40 ga yaqin maktablar Turkman tilida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maktablar uchun mutaxassislar qoraqalpoq davlat universitetining Turkman filologiyasi fakultetida tayyorlanadi. Bundan tashqari, respublikada Turkman tilida gazeta va jurnallar chop etiladi.
Tojik millati ham O’zbekistonda kata qismni tasgkil qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda o’zbeklar bilan bir etnik ildizga ega 1,5 million tojik yashaydi. Ushbu millat vakilllari respublikamizning Qashqadaryo , Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent,Farg’ona viloyatlarida istiqomat qilib kelmoqda. Respublika tojik milliy madaniy markazi O’bekistonda 2008- yil tashkil etilgan. Hozirda yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarda hududiy bo’limlari mavjud. Mamlakatimizda “Ovozi tojik”, “Ovozi Samarqand” “Xovar” kabi gazetalar tojik tilida chop etiladi. O’zbekiston teleradiokompaniyasining “Rangin kamon”, “Yagona oila” teleko’rsatuvlari ushbu tilde uzatiladi. “O’zbekiston” nashriyotida Buxoro, Jizzax, Qasgqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Toshkent viloyatlaridagi tojik martablari uchun tojik tilida kitoblar chop etiladi.
O’bekistonda qozoq tili ham keng tsarqalgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 800 mimhdan ortiq qozoq istiqomat qiladi: bu qozoq etnosining Qozog’iston tashqarisida, MDH mamlakatlarida yashaydigan eng yirik qismi hisoblanadi. Respublikamizning Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida ushbu millat vakillari yashab kelmoqda. Aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan millatlar tili mamlakatimizning lisoniy tarkibida kata ulushga ega bo’lgan tillar hisoblanadi. Quyida yuqorida tilga olingan tillar va mamlakatimizda til vaziyatida o’zining muhin o’rniga ega bo’lgan millatlar tillarining ta’lim tizimidagi vaziyatiga e’tibor qaratamiz. Shu asosidagi mamlakatimizdagi yoshlar misolida O’zbekistondagi til siyosatiga baho beramiz.
Shuni alohida aytib o’tish lozimki, O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmasligi belgilab qo’yilgan bo’lib, shunga ko’ra respublikamiz fuqarolari istagan tilde ta’lim olish huquqiga egadir.
Statistic ma’lumotlardan kelib chiqib shularni aytish momkinki, ta’lim yo’nalishlarida 7 ta tilning pog’onali joylashuvi quyidagicha: o’zbek, rus, tojik, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz Turkman tillari tariqasida joylashgan. Jamiyatimizda qayd etilgan tillarning nufuzi va ahamiyati kata. Shuning uchun sotsiolingvistik tadqiqotlarni ko’paytirish kerak.
Yurtimizda ommaviy axborot vositalati ko’plab tillarda faoliyat yuritadi. OAVda berilayotgan dasturlar qaysi tilde uzatilayotgani o’sha mamlakatda yashovchi millatlar tiliga hamda hayotiga munosabatni ko’rsatib turadi. Shuningdek, lisoniy vaziyat va millatlar hamjihatligini yoritish uchun xizmat qiladi. Bizning konstitutsiyamiz va qununlarimizda O’bekiston fuqarolari millati, tili, dinidan qat’I nazar teng huquq va erkinlikka ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan. Ular o’z milliy madaniyati, anana va urf-odatlarini saqlash va har tomonlama rivojlantirish uchun hamma imkoniyatlarga ega.
Keying yillarda diyorimizda yashovchi millatlar haqida ma’lumotlar berilayotgan bo’sa-da ularning tillari haqida ma’lumot berish yetarlicha emas.
Tuqorida bildirilgan fikrlarga xulosa qilib aytishimiz kerakki, til siyosati bo’yicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Ammo jamoatchilik kuzatuvining yetarli darajada emasligi bu borada ishlarning tez sur’atda rivojlanishi uchun to’sqinlik qilmoqda.
O’zbekistonda lisoniy vaziyatni doimiy holatini aniqlab olish va rivojlanish tendensiyasini belgilab olish uchun sotsiolingvistik tadqiqotlani kuzatish kerak. Biz so’z bilan aytganda raspublikamizda til siyosati va jamoatchilikning e’tirofi diqqatga sazavor.
Do'stlaringiz bilan baham: |