xrom
–
metall)
,
sinonimlar (
chaqqon
–
epchil)
, gender antonimlar (
moda
–
nar)
,
kichraytiruvchi-erkalovchi
(
singil
–
singilcha)
,
kuchaytiruvchi
/kattalashtiruvchi (
qo„l
–
katta qo„l)
semalarni ifoda etadi.
3. Semantik-grammatik bog‗lanishlar – harakat:
yozuvchi
–
yozmoq
,
xususiyat:
jasur
–
jasurlik
, instrument:
gitarachi
–
gitara
, manzil:
kon
–
konchi
,
xitoylik ayol-xitoy
bog‗lanishlari. Bu bog‗lanishlarning o‗ziga
xosligi shundaki, ular, asosan, bir o‗zakli so‗zlardan iborat va bu
xususiyati ularni
quruqlik
–
quruq
tipidagi grammatik bog‗lanishlar bilan
yaqinlashtiradi,
it
–
itlik
qilmoq
,
ilon
–
ilonlik
qilmoq
kabi juftliklardan
ajratib turuvchi birliklar orasidagi ma‘lum munosabatlarni ifodalaydi.
Semantik-sintaktik bog‗lanishlar asosida kelib chiqishiga va
faoliyatiga ko‗ra ikki taraflama bog‗lanishlar uchun mo‗ljallangan so‗zlar
guruhlarga yoki ma‘noviy hamda sintaktik juftliklarga birlashtiriladi.
So‗zlarning sintaktik bog‗lanishlari, asosan, gapda predikativ vazifani
bajaruvchi fe‘llar, sifatlar va otlar doirasida bog‗lanadi, masalan:
- harakat va uning yordamida harakat sodir etuvchi organ (instrument)
o‗rtasidagi bog‗lanish:
ushlamoq
–
qo„l, ko„rmoq
–
ko„z, suzmoq
–
qayiq
va b.
- bir subyektni talab etuvchi harakat fe‘li va subyekt o‗rtasidagi
bog‗lanish:
hurmoq – kuchuk; kishnamoq – ot
va b.
- fe‘llar va talab etiluvchi ma‘lum grammatik to‗ldiruvchilar
o‗rtasidagi bog‗lanishlar:
chopmoq – daraxt, yemoq – ovqat
va b. Bu
tarzdagi bog‗lanishlar assotsiativ tezaurusga zamin yaratadi. Leksik
birliklarni ular orasidagi ma‘noviy va sintaktik bog‗lanishlar asosida va
guruhlarni ularning so‗z markazi shakllariga qarab joylashtirishni
ta‘minlaydigan lug‗at-tezaurusdir.
4. Tillararo bog‗lanishlar:
dog
–
sobaka
–
chien.
Bu turdagi
bog‗lanishlar mashina tarjimasi qurilishining asosi hisoblanadi.
Alohida ilovalar uchun esa boshqa turdagi bog‗lanishlar zarur bo‗lishi
mumkin, masalan, izohli lug‗atlar uchun izohlash bog‗lanishlari, tarjimalar
uchun transkripsiya bog‗lanishlari talab qilinadi. Grammatik qo‗zg‗atuvchi
bog‗lanishlar turlarini cheklamaydi, zaruriyat tug‗ilganda lug‗atning
dastlabki matnlariga yangi turdagi bog‗lanishlar haqidagi e‘lonlarni
qo‗shib BORISh mumkin. Bog‗lanishlarning ayrim turlari to‗liq sharhi
alohida sahifalarga kiritib boriladi. Tezaurus aslida til (milliy til, aniq fan
yoki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uchun rasmiylashtirilgan til)
108
semantikasini belgilaydi. Avvaliga tezaurus tarkibidagi semantik
munosabatlar tematik bo‗limlarga joylashtirilgan so‗z guruhlari bilan
belgilanadigan bir tilli lug‗at sifatida tadqiq qilindi ( masalan, P.M.Rodjet
lug‗ati). Ingliz, fransuz, ispan tillarining an‘anaviy umumtilli tezauruslari
tillarning alohida semantik tizimlariga asoslangan. Tezaurus har bir
so‗zning asosiy parametrlari hosilalarini belgilovchi bir tilli lug‗atlarga
juda yaqin turadi. S.I.Ojegovning rus tili lug‗ati bunga misol bo‗la oladi.
Tezaurusda so‗zlar o‗rtasidagi semantik-ma‘no jihatdan bog‗lanishlar
antonimlar, sinonimlar, giponimlar, giperonimlar, guruhlar orqali
ifodalanadi:
Sinonimlar
– yozilishi har xil, ma‘nosi bir-biriga yaqin so‗zlar (so‗z
birikmalari): masalan:
chiroyli = go„zal
.
Antonimlar
– qarama- qarshi ma‘noli so‗zlar:
yaxshi
-
yomon
.
Giponim
– boshqa umumiy tushunchaning xususiy hodisasi bo‗lgan
atama.
Zobit = giponim (
harbiy
);
inson
= giperonim (
harbiy
)
Giperonim
– boshqa qator shaxsiy tushunchalar uchun umumiy
bo‗lgan atama. Giponim (
ovqatni shirin pishiradi
) = giponim (
uyini toza
tutadi
), giponim (
tikishni biladi
) = bu xususiyatlar umumlashtirganda
yaxshi uy bekasi
giperonimi ostida birlashadi
.
Davlat standartlariga javob beradigan, ko‗pgina davlatlarda
qo‗llanadigan ―Bir tildagi axborot-qidiruv tezaurusi‖da bog‗lanishlarning
quyidagi ko‗rinishlari belgilangan:
– jins-tur:
turar joy inshootlari
–
uy, chodir,
o‗tov
;
bu misollarda, zot
sifatida
turar joy inshootlari
olinsa, uning turlari sifatida –
uy, chodir,
o‗tov va b. olinadi;
– qism-butun: tana
so„zi
butun sifatida olinsa,
qo„l, oyoq, yuz
uning
qismlarini ifodalaydi;
– sabab-oqibat:
ko„p siqildi
–
xafaqonga chalindi
gapida
ko„p siqildi
sabab bo‗lsa,
xafaqonga chalindi
uning oqibati sifatida yuzaga chiqadi;
– xom-ashyo – mahsulot:
kumush soat
, ya‘ni
kumushdan tayyorlangan
soat
;
– ma‘muriy Iyerarxiya:
hokim
–
o„rinbosar
–
xodim
;
– jarayon – subyekt:
tahsil olmoq
–
talaba
;
– jarayon – obyekt:
tahsil olmoq
–
kurs, bosqich
;
– xususiyat – xususiyat tashuvchisi:
yorituvchi
–
oy
;
– antonimiya;
– sinonimiya.
109
Uyushgan munosabatlar boshqa, iyerarxik munosabatlarga yoki
sinonimik (ya‘ni, so‗zlar orasidagi bog‗lanishlarning har qanday
ko‗rinishlari, hattoki, g‗oyat spetsifik, faqatgina ma‘lum bir fan sohasida
mavjud bo‗ladigan) munosabatlarga kirmaydigan tizim umumlashmasidir.
Tezurusdagi lug‗at maqolasi (norasmiy darajada) quyidagi ko‗rinishda
bo‗ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |