208
Shu nuqtayi nazardan olim matematik aniqlikka erishish maqsadida til
hodisalarini, mavjud lisoniy tiplarning uchrash darajasini miqdoriy
parametrlar asosida qayta baholadi. J.Grinberg kvantitativ metodni 8 tilga
(sanskrit, anglo-saks, yoqut, vyetnam, fors, ingliz, suaxili, eskimos
tillariga) tatbiq qilgan. Bunda olim o‗zi belgilagan formulalar asosida
lisoniy tiplarning va tillarda kuzatiladigan tipologik belgilarning miqdoriy
tavsifini, statistik ma‘lumotlarni ilmiy jamoatchilikka havola etdi.
Masalan, sintetiklikning dunyo tillaridagi darajasini aniqlash uchun M/ W,
agglyutinatsiyani aniqlash uchun A/J, kompozitsiyani aniqlash uchun R/
W, derivatsiyani aniqlash uchun D/W, prefiksatsiyani aniqlash uchun P/W,
suffiksatsiyani aniqlash uchun S/W formulalaridan foydalandi. Bu yerda
M – ma‘lum tipdagi chekli (100 so‗zdan iborat) matn ichida uchragan
morflar soni, A – agglutinatsiya, R (root) - o‗zak, D (derivational) –
yasovchi qism, P – prefiks, S – suffiks, W (Word) - matndagi so‗zlar
sonidir. Hisoblash natijalariga ko‗ra, vyetnam tili uchun – 1,06 (ya‘ni 100
so‗zda 106 morf uchraydi), ingliz tili uchun – 1,68, sanskrit tili uchun –
2,59, eskimos tili uchun – 3,72 ko‗rsatkichlari belgilandi. Olim
Natijalardan kelib chiqib tillarni quyidagicha baholaydi: «2 dan past
ko‗rsatkichga ega bo‗lgan tillar (vyetnam, ingliz, fors, xitoy, italyan, nemis
tillari) analitik tillar, 2 dan 3 gacha miqdoriy ko‗rsatkichga ega bo‗lgan
tillar (rus, sanskrit, qadimgi yunon, lotin, eski slavyan, chex, polyak,
yoqut, suaxili tillari) sintetik tillar, 3 dan yuqori ko‗rsatkichga ega bo‗lgan
tillar (eskimos, ayrim kavkaz tillari, Amerika hindulari tillari) polisintetik
tillar hisoblanadi». Rus olimi V.Z.Demyankovning ftkricha, Grinberg
tavsiya etgan meiod tilshunoslikda mavjud bo‗lgan kartotekalash usulidan
ishonchliroq va aniqroqdir
1
.
Statistikadan, tovushlar, so‗zlar, birikmalar chastotasini belgilashdan
so‗z tarkibidagi o‗zakni aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Agglyutinativ tillarda o‗zak va qo‗shimcha orasidagi chegar aniq
sezilib turadi. Bu tillarda o‗zakni aniqlash oson.
Flektiv tillarda o‗zak va qo‗shimcha orasidagi chegara sezilmaydi, bu
esa ularda o‗zakni aniqlash muammosini keltirib chiqaradi. Ingliz, arab
tillari flektiv tillar guruhiga mansubdir. Bu tillarda o‗zakni aniqlashda
yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. Bunda eng ko‗p takrorlanuvchi
shakllar «o‗zak» («root») sifatida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: