Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
287 
antiplagiat dasturining takomillashuvida kompyuter muhandislari bilan filolog mutaxassislarning 
professional hamkorligini talab qiladi. 
Mazmun haqida fikr-mulohazalar yuritilganda so‘z va u bilan bog‘liq til hodisalaridan biri bo‘lgan 
sinonimiya haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Sinonimiya barcha tabiiy tillar uchun xos bo‘lgani holda 
olimlarning doimiy e’tibor markazida turadi. O‘zbek tilshunosligida ham sinonimiya hamda tilda 
mazmun masalasida ko‘plab qimmatli tadqiqotlar amalga oshirilgan. 
Sinonimiya (yun. synonymia— bir 
xil nomga egalik). Til birliklarining (so‘zlar, iboralar va b.) bir-xil denotativ ma’noga ega bo‘lishi: 
Leksik sinonimiya. Frazeologii sinonimiya. Affiksal sinonimiya. Sintaktik sinonimiyam 
[Hojiyev, 2002: 
88] deb izohlanganligidan ma’lum bo‘ladiki, sinonimiya hodisasi, qo‘shimchalar, so‘zlar, iboralar hamda 
gaplarda ham mavjud hodisa. O‘zbek tilshunosligida sinonimiya hodisasi qo‘shimchalar, so‘zlar hamda 
iboralar yuzasidan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lekin gaplarda sinonimiya hodisasi hanuzgacha jiddiy 
tadqiq etilmagan. Nazariy jihatdan qo‘shimchalar, so‘zlar va iboralarda sinonimiya hodisasi ilmiy 
asoslanganidan keyin o‘z-o‘zidan bu boradagi ishlarni yaxlit tizim sifatida shakllantirish uchun gap 
sinonimiyasi bo‘yicha ham asosli ilmiy tadqiqot qilish zaruriyatga aylanishini bugungi ijtimoiy ehtiyoj 
ham tasdiqlamoqda. 
Sintaktik sinonimiya hodisasini nazariy jihatdan to‘g‘ri va aniq ishlab chiqish hamda uni sun’iy 
intellekt sifatida joriylantirishning ahamiyati haqida yuqorida ham aytib o‘tgan edik. Masalan, 
Sintaktik 
sinonimlar. Mazmuni bir xil, shakliy qurilishi o‘zaro farqli bo‘lgan sintaktik tuzilmalar: Hammani 
xabarlagan, buni aniq bilaman — hammani xabarlaganligini aniq bilaman. Odamga liq to‘la — odam 
bilan liq to‘la va b.
[Hojiyev, 2002: 88] 
 
izohiga e’tibor qaratsak, keltirilgan ikki gap birinchi gapda 
qo‘shma gap va sodda gap sinonim, ikkinchisida ikkita sodda gap sinonim bunda faqat so‘z tartibi 
o‘zgargan xolos. Sinonim so‘zlarning shakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar deyiladi. 
Ya’ni sinonim so‘zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham, qo‘shimcha ma’no ottenkalari 
bilan farqlanadigan predmet, belgi, harakat tushunchalarini ham anglatadi. Masalan, tilshunoslik – 
lingvistika sinonimlarining ma’nosi aynan bir xil. Yig‘lamoq, yig‘lamsiramoq sinonimlarining ma’nosida 
farq mavjud [Hamroyev, 2007: 47]. So‘zlar yakka holda va umumiy matnga qarab aynan o‘xshash yoki 
qisman o‘xshash bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunga qadar sinonimiya hodisasi, gap mazmuni haqida amalga 
oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun asosan badiiy matn tanlangan. Biz ilmiy ishimiz uchun esa, ilmiy 
matlarni asos qilib olganligimiz. 
Sodda gaplar tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek va xorij tilshunosligida juda ko‘p o‘rganilgan. 
Jumlada, o‘zbek tilshunosligida R.Sayfullaeva tasdiq va inkor gaplarning sinonim bo‘lib kelishini tadqiq 
qilgan. Shuningdek, M. Haynazarovaning filologiya fanlari nomzodligi uchun yozgan “So‘roq gaplarda 
shakl va mazmun nomuvofiqligi”, D.Lutfillayevaning “Tasdqi gaplarda inkor va shakliy mazmuniy 
nomuvofiqlik” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, “Gapning semantik-sintaktik qurilishi qolipi va 
propozitiv strukturasi o‘rtasidagi munosabati” mavzusidagi doktorlik ishi tadqiqotlarini misol qilishimiz 
mumkin. Yuqoridagi ishlarda shakl va mazmundagi nomuvofiqilik tadqiq etilgan bo‘lsa-da sinonimiya 
hodisasi e’tibordan chetda qolgan. Masalan, Biroq Nizom hozir bu baxtdan mahrum. (P.Qodirov 
“Avlodlar dovoni”) gapining kesimi benasib/dir, bebahra/dir,bahramand emas so‘zlari bilan almashtirilsa 
ham, “Nizomning baxtga ega emasligi” ma’nosi anglashiladi. Bunday SQlarning mahrum so‘zidan tashkil 
topgan SQdan farqi shuki, ularda kesim o‘ziga tobe bo‘lgan bo‘lakni jo‘nalish kelishigida qo‘llanilishini 
talab qiladi, shuningdek, mazkur SQlar inkor gap hisoblansa, kesimi mahrum so‘zidan tashkil topgan 
gaplar tasdiq gapdir. [Lutfullayeva, 1997: 38] deb keltirish bilan birga bunday gaplarning bir ma’no 
atrofida birlashishini ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, tahlilga tortishda olingan gap shakl va mazmundagi 
qarama-qarshilikning o‘zi bilan cheklangan. 
Sodda gaplarni tahlil qilganimizda umumiy jihatdan mazmun saqlangani holda shaklni 
o‘zgartirishda uchta hodisa: qo‘shish, olib tashlash hamda almashtirish (so‘z, qo‘shimcha v.h.) o‘rinli 
ekanligini aniqladik. Quyida keltirilayotgan namunada buni ko‘rib chiqishimiz mumkin. 
1.
1.So‘nggi yillarda tashqi olamni fahmiy va idrokiy bilishdan amaliy-funksional bilishga 
bo‘lgan intilish birmuncha ortdi.
101
2.
Ta’kidlash lozimki,
so‘nggi yillarda tashqi olamni fahmiy va idrokiy bilishdan amaliy-
funksional bilishga bo‘lgan intilish birmuncha ortdi. 
101
Til va adabiyot ta’limi jurnali.2017-yil 7-son, 15-bet 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish