Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
254 
MAQOLLAR VA MATALLARNING MUVOFIQLOVCHI FUNKSIYALARI 
 
RESPECTIVE FUNCTIONS OF PROVERBS 
Turdaliyeva Dilfuza Soloxidinovna
*
90
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada paremiyalar vositasida amalga oshiriladigan nutqiy harakatlar 
funksiyasi va ularning ayrim turlari ko‘rsatib o‘tilgan. Paremik iboralarni amalga oshirish namunalari
sifatida tasavvur qilish mazkur funksiya shu iboralar uchun yagona va hatto ustuvor ifoda ma’nosini 
bildirmasligi, bu mazkur funksiyani ma’lum bir paremiya vositasida amalga oshirish haqida munosabat 
bildirilgan

Kalit so‘zlar
: paremiyalar, iboralar, mohiyat, nutqiy harakatlar, ko‘ndirish, ogohlantirish, fosh 
etish, ta’na, tinchlantirish, da’vat qilish, maslahat berish, rad etish.
 
Annotation: 
This article describes the function of speech movements through paremia and some of 
their types. Thinking as examples of the implementation of paremic phrases does not mean that this 
function means a single and even stable expression for these phrases, it is an attitude to the 
implementation of this function by a particular paremia.
 
Keywords:
parems, phrases, essence, verbal actions, persuasion, warning, revelation, rebuke, 
reassurance, encouragement, advice, rejection. 
Paremik hikmatli so‘zlar o‘zlarining tub mohiyati jihatidan eng avval (ibratli namunani, obro‘li
shaxs fikrini va shu kabi dalil sifatida keltirish orqali) murojaat qilinayotgan shaxsning xulqiga ta’sir 
ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi. Paremiyalar birinchi galda murojaat qilinayotgan shaxsning xulqini 
muvofiqlashtirishga va shuningdek, so‘zlovchining o‘z xulqini ham muvofiqlashga yo‘naltirilgan. 
Paremiyalar vositasida amalga oshiriladigan regulyativ toifali nutqiy harakatlar ko‘ndirish,
ogohlantirish, fosh etish, ta’na, tinchlantirish, da’vat qilish, maslahat berish, rad etish kabi funksiyalar 
bilan o‘zaro nisbatlanadi (mazkur funksiyalarning sirni oshkora qilish, tinchitish, yupatish kabi 
terminologik variantlari bo‘lishi mumkin. Keyinchalik muvofiq regulyativ maqsadli ko‘rsatmalarni 
(foydalanishning u yoki bu sohasida) amalga oshiradigan maqolli-matalli iboralarning namunalari, 
mazkur funksiyaning tub mazmuni nima ekanligini va ba’zi qarindosh funksiyalarni chegaralash 
mezonlari qanday ekanligini dastlabki tushuntirish sharti bilan keltiriladi. Shuni ham inobatga olish 
kerakki, paremik iboralarni amalga oshirish namunalari sifatida tasavvur qilish mazkur funksiya shu 
iboralar uchun yagona va hatto ustuvor ifoda ma’nosini bildirmaydi, to‘g‘rirog‘i, bu mazkur funksiyani
ma’lum bir paremiya vositasida amalga oshirishdir. Shuningdek, korrelyasiyalarni (lot.correlatio-nisbat, 
munosabat, tushunchalar, narsalar, funksiyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, o‘zaro moslikni, 
munosabatni bildiruvchi tushuncha) dastlabki unsurlari sifatida pragmatik maqsadlar chiqadi, muvofiq 
paremiyalar esa, ularning amalga oshirilishi, qolaversa boshqa maqsadlarning amalga oshirilish 
namunalari deb tasavvur qilish mumkin. Maqollar va matallar ma’lum mazmun jihatidan 
kommunikasiyada alohida talab etiladigan nutqiy harakatlarning eng mukammal obyektini tashkil qiladi. 
Shunisi qiziqarliki, o‘zining funksiyalanishi yo‘sinida maqollar va matallar gaplardan batamom
farqlanadi, garchi rasmiy jihatdan gaplar ko‘rinishida chiqsa ham. G.Rayl so‘zning gapdan mavjud 
bo‘lgan farqlanishlarining birini gap o‘zining foydalanilishi jihatidan ma’lum emasligida ko‘radi: “Biz
qandaydir kishi ma’lum bir so‘zdan qanday qilib foydalanish kerak va qanday qilib foydalanmaslik 
kerakligini biladimi deb so‘rashimiz mumkin. Lekin u ma’lum gapdan qanday qilib foydalanish 
kerakligini biladimi, deb so‘ray olmaymiz. Gapning o‘zi har xil pyesalarda yana va yana ijro etilishi 
mumkin bo‘lgan rolga ega emas. Аgarda pyesaning o‘zi ham go‘yoki qandaydir rolni o‘ynaydi, deb
taxmin qilinmasa, u umuman hech qanday rolga ega emas. Gapning nima bildirishini bilmoq, kodeksga
yoki qoidalar jamlanmasiga o‘xshash narsani bilish ekanligi ma’nosini bildirmaydi, garchi gapni 
tarkiblovchi so‘zlar yoki parchalardan foydalanishni boshqaruvchi kodekslar yoki qoidalarni bilish 
talab etilsa ham” [Rayl, 1998: 166-167]. Biror kimsa ma’lum bir maqoldan yoki mataldan qanday 
foydalanish mumkinligini biladimi degan savolni o‘rinli deb hisoblash mumkin. Demak, ular o‘zining 
qurilmaviy tasarrufi bo‘yicha so‘zlar kirgan qatorga taalluqlidir. 
90
*
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Farg‘ona davlat universiteti, dturdaliyeva79@gmail.com 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish