50
variantlarida, “broker” termini
broker, dallol, kelishtiruvchi, bitishtiruvchi,
vositachi variantlarida, “demping” termini esa demping, arzonga sotish, narxni
tanlash, molni chetga juda past narxda sotish
kabi variantlari ishlatilyapti.
Albatta, bunday har xilliklar soha mutaxassislarini chalkashtiradi,
axborot
almashinuvini qiyinlashtiradi. Shuning uchun terminologiyadagi asosiy printsip
- “bir tushunchaga bitta termin” ishlatilishiga erishish eng dolzarb masala bo‘lib
qolmoqda.
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, iqtisodiyot terminologiyasida bir
yo‘la bir necha muammolar kelib chiqdi. Uning echimini iqtisodchi va tilshunos
olimlar, mutaxassislar, atamashunoslar bilan birgalikdagina topish mumkin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi buni hisobga olib,
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti hamda
O‘zFA Tilshunoslik instituti bilan hamkorlikda 1996-yil 30-oktyabrda
“Iqtisodiyot terminlarini tartibga solish masalalari”ga bag‘ishlangan
ilmiy-
amaliy konferentsiya o‘tkazdi. Unda oliy o‘quv yurtlari iqtisodiyot kafedralari
va iqtisodiyot ilmiy mutaxassislari xodimlari, tilshunoslar, atamashunoslar
ishtirok
etdilar.
Atamashunoslik
qo‘mitasi
xodimlari
iqtisodiyot
terminologiyasidagi variantlilik-bir tushunchani o‘zbekchada turli muqobillarda
ifoda etish holatlarini to‘plab chiqish va ularni “Bozor iqtisodiyotiga oid ayrim
terminlarning qo‘llanishi” jadvali holiga keltirdi.
Unga o‘zbek tilida turli shakllarda qo‘llanayotgan baynalmilal
terminlargina kiritildi. Mazkur jadval ko‘paytirilib, konferentsiyadan ancha
oldin iqtisodiyotga oid oliy o‘quv
yurtlari, ilmiy muassasalar mutaxassislariga
tarqatildi. Jadvalda qo‘llanayotgan muqobillardan qay birini tanlash mumkinligi
haqida Atamaqo‘mning dastlabki tavsiyasi berilgan bo‘lib, olimlar va
mutaxassislar takliflari uchun maxsus ustun ochiq qoldirilgan edi. Ilmiy-amaliy
konferentsiyada oldindan takliflar olinib, o‘rganildi va oxirgi tavsiya shakllandi.
Konferensiya davomida bu tavsiyalar asosan ma’qullandi, bildirilgan
fikr-mulohazalar asosida yanada takomillashtirildi. Ma’lumki, yangi tahrirdagi
51
“Davlat tili haqidagi” Qonunning (1995-yil 21-dekabr) 7-moddasida “Yangi
ilmiy asoslangan neologizmlar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy
Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi” deyilgan.
Atamaqo‘m
ana shu qoidaga amal qilib, ilmiy-amaliy konferentsiyada
ma’qullangan iqtisodiyotga oid bir guruh terminlarni amalga joriy etishga ijozat
so‘rab Oliy Majlisning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga
murojaat etdi. Oliy Majlis Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari
qo‘mitasining “O‘zbek tiliga yangi neologizmlarni joriy etish haqida” 1996-yil
24-dekabrdagi qarorida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi tomonidan kiritilgan “Bozor
iqtisodiyotiga oid ayrim terminlarni qo‘llanish jadvali” qo‘mita a’zolari va
qo‘mita qoshidagi o‘zbek tiliga yangi neologizmlarni joriy etish bo‘yicha
ekspert guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni (ilovaga
muvofiq) inobatga olgan holda ma’qullansin va uni amaliyotga joriy etishga
rozilik berilsin”. Davlat tili haqidagi Qonunga asosan Oliy Majlis qo‘mitasi
tomonidan ma’qullanib, joriy etilayotgan
ushbu neologizmlarga matbuotda,
ommaviy axborot vositalarida, turli vazirlik, qo‘mita va idoralarda ish yuritishda
amal qilinishi shart.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining takomillashuvi
natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik
faoliyatiga keng yo‘l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya’ni
export-import ishlari amalga oshirilmoqda bu borada esa chet tilini bilish juda
muhim, xususan iqtisodiy neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. Bu
borada Respublikamiz Prezdenti
Do'stlaringiz bilan baham: