5
olish oziq-ovqat biotexnologiyasini oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Bu masalada topinambur oʻsimligi anchayin istiqbolli hisoblanadi. Mazkur
oʻsimlikdan turli oziq-ovqat uchun turli saxarid va mineral moddalar olish
mumkin. Shuningdek, oʻsimlikning tugunagini turli usullar yordamida iste`mol
qilish inson salomatligiga ijobiy ta`sir qilishi hech kimga sir emas [42].
Tabiiy manbalar hisoblangan oʻsimliklardan oziq-ovqat va tibbiyot
maqsadlarida turli biologik faol moddalar va polimerlarni olishiga sabab sifatida
sintetik sintez jarayonlari uchun sharoitlarni yaratish qiyinligi va uni ajratib olish
hamda tozalash usullarini maxsulot tan narxini oshishiga olib kelishi, sintetik
sintezlangan mahsulotlarni organizmga qay tariqa ta`siri borasidagi ma`lumotlarni
yetarli emasligi va oʻsimliklar manbalari keng tarqalganligi va ulardan olinadigan
moddalar tabiiylik xususitiyaga ega ekanligini koʻrsatib oʻtish lozim. Bugungi
kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan
biriga aylanib bormoqda. Tahlillar koʻrsatmoqdaki, soʻnggi yillarda maishiy va
sanoat chiqindilari yildan yilga koʻpayib borayapti. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab sanoat chiqindilar hajmining oʻsishi ekologik barqarorlikka juda
katta salbiy ta’sir koʻrsata boshladi [2, 3, 4].
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda birlamchi energetik manbalar sifatida tabiiy
gaz (91,8%), neft (7,0 %), gidroenergetika (1,3 %), koʻmir (0,01%) va boshqalar
(0,03%)dan keng foydalanilmoqda [9]. Oʻzbekistonda mavjud uglevodorodlar
zahirasi taxminan 5,1 milliard tonna neftga ekvivalent miqdorda boʻlib, jumladan,
neft taxminan 245 mln tonna, tabiiy gaz 1979 mln tonna va koʻmir 2850 mln tonna
neftga ekvivalent miqdordagi zahiraga ega. Respublikamizda aholi soni dinamikasi
bugungi kundagi koʻrsatkichga teng boʻlganda, mavjud neft zahiralari 10-12
yilga, tabiiy gaz zahiralari 28-30 yilga, koʻmir zahiralari esa 50 yildan ortiqroq
muddatga yetishi bashorat qilinmoqda [32]. Shu bois, Oʻzbekistonda energiya
ishlab chiqarishning noan`anaviy usul va texnologiyalarini ishlab chiqish, ular
uchun muqobil energetik manbalar yaratish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki
6
iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod
xomashyosining jahon miqyosida kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning
barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili
sifatida muqobil energetik manbalardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish
muhim ahamiyat kasb etadi [1].
Yuqorida keltirilgan muammolarni hisobga olgan holda, topinambur
oʻsimligini sanoat korxonalari bilan ifloslangan maydonlarda oʻstirishning uning
biologik hususiyatlariga ta’sirini aniqlash va topinamburning vegetativ organlari
biomassasidan polisaxaridlar, jumladan muqobil energetik manba bioetanol olish
uchun sellulozani olish texnologiyalarini ishlab chiqish hozirgi kundagi dolzarb
masalalardan biri deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: