Himoyaga olib chiqayotga asosiy holatlar.
1. Zamonaviy tilshunoslikda taqlidiy so’zlarni mustaqil so’z turkumi sifatida
talqin eilishiga e’tibor bildirib, ularning to’liq mustaqil so’z turkumlari sifatida
qaralishi maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatish;
2. Undov, modal so’zlar hamda taqlidiy so’zlarni oraliqdagi so’z turkumlari
sifatida tasnif etish;
3. Modal so’z modallik va kirish so’zlarni nutq nuqtai nazardan farqlash;
4. Zamonaviy tilshunoslikda so’z-gaplarga kiritilayotgan oraliq so’z
turkumlarini alohida tasnif etish.
5. Oraliq so’z turkumlari sifatida qaralayotgan modal so’zlar, undovlar va
taqlidiy so’zlarning ham mustaqil ham yordamchilik xususiyatini ko’rsatish;
6. Nutq jarayonida yuklamalarning modallik xususiyatini anglatish modal
so’zlarning yuklamali xususiyatini anglatishni ko’rsatish.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |