Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ishda ashyoviy huquq tushunchasi, ashyoviy huquqiy munosabatlarning obyekti sifatida ashyolar, ashyoviy huquq turlari, ashyoviy huquq sifatida - mulk huquqi, mulk huquqi tushunchasi, mazmuni, mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi bilan bog’liq munosabatlar huquq nuqtai nazaridan tahlil qilib beriladi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati - tadqiqotda keltirilgan takliflardan, xulosalardan fuqarolik huquqi, xo’jalik huquqi, tadbirkorlik huquqi, shartnoma huquqi fanlari bo’yicha yuridik ta’lim muassasalarida talabalarga dars berishda, tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |