2. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning fuqarolik-huquqiy usullari
Fuqarolik huquqini moxiyatdan ochib berish uchun, uning predmetini
o'rganish bilan birga usullariga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki fanning predmeti
“Nimani tartibga soladi?” degan savolga javob bersa, metodi “Qanday tartibga
soladi?” degan savolga javob beradi. Demak, tartibga solishning huquqiy metodi-
o'ziga xos usullar, vositalar, uslublar tizimi bo'lib, bunda huquq regulator sifatida
ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etadi, unda qatnashuvchilarning hulq-atvorini
belgilaydi, ularga ma'lum huquq va majburiyatlar yuklaydi.
Fuqarolik huquqiy metodlarni quyidagilarga ajratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |