Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik



Download 5,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/599
Sana21.07.2021
Hajmi5,35 Mb.
#125437
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   599
Bog'liq
Huquqshunoslik

2.  Respublika  davlat  boshqaruvi  organlarining  asosiy  vazifalari  va 

funksiyalari quyidagilardan iborat: 

O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

Farmonlari 

hamda  boshqa 

normativ-huquqiy 

hujjatlar  amalda 

ro'yobga 

chiqarilishini,  ularning  ijrosi  ustidan  ta'sirchan  nazorat  amalga  oshirilishini 

ta'minlash; 

Tashqi  va  ichki  siyosatni  amalga  oshirish,  davlatning  tashqi  va  ichki 

xavfsizligini ta'minlash; 

mamlakatni  strategik  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlarini  belgilash, 

davlatning  maqsadli  dasturlarini  ishlab  chiqish  hamda  ularni  amalga  oshirishni 

tashkil  qilish,  iqtisodiy  islohotlarni  ro'yobga  chiqarish  borasidagi  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish; 

Insonning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va  erkinliklarini,  aholining  ta'lim,  tibbiy 

xizmat, ijtimoiy ta'minotga bo'lgan huquqlarini ta'minlash va himoya qilish, mehnat 

bozorini  tartibga  solish,  ijtimoiy  sohada  umumdavlat  boshqaruv  tizimi  faoliyatini 

boshqarish va muvofiqlashtirish; 




 

56 


Tegishli  huquqiy  muhitni  yaratish,  litsenziyalash,  sertifikatlashtirish  va 

standartlashtirish  orqali  xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyatini  davlat  tomonidan 

tartibga solish; 

Soliqlar,  bojxona  to'lovlarini  yig’ish,  davlat  daromadlarini  taqsimlash  yo'li 

bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish. 

3.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  20  iyundagi  F-1791-son 

Farmoyishi  bilan  tuzilgan  ma'muriy  islohotni  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni 

boshqarish  tuzilmasini  takomillashtirishga  oid  takliflarni  tayyorlash  bo'yicha 

Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilingan: 

O'zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari  davlat  qo'mitasi  hamda  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Geodeziya,  kartografiya  va  davlat 

kadastri  bosh  boshqarmasi  negizida  O'zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari, 

geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo'yicha davlat qo'mitasini tashkil qilish; 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya 

bosh  boshqarmasini  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish; 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  moddiy 

zahiralari  bosh  boshqarmasini  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Davlat zahiralarini boshqarish qo'mitasi etib qayta tashkil qilish; 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Bosh  arxiv 

boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O'zarxiv" 

agentligi etib qayta tashkil qilish; 

Elektr  energetikada  nazorat  bo'yicha  davlat  agentligini  Elektr  energetikada 

nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish; 

Sanoatda  va  konchilikda  ishlarning  bexatar  olib  borilishini  nazorat  qilish 

agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish 

davlat inspeksiyasi ("Sanoatkontexnazorat") etib qayta tashkil qilish; 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Respublika 

atamashunoslik qo'mitasini tugatish. 

4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining ro'yxati quyidagilardan iborat: 




Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish