hisob palatasi), ma’muriy yustisiya organlarining soni va roli o’sdi.
DAVLAT ORGANI – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo’lib, u davlat oldida turgan vazifa
va funksiyalarning muayyan konkret qismini, yo’nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda
tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo’ladi.
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik
shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar
tashkilotlarga aylantirishdir.
DEPUTAT (lotincha deputatus – “vakil”) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga
saylangan shaxs, aholining ma’lum qismi – o’z saylov organi saylovchilarning yoki butun
millatning vakili.
Do'stlaringiz bilan baham: |