Ko’plik (plyural) votum – ayrim mamlakatlarda bunday votumga ko’ra saylovchilarning ayrim
toifasi saylovda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo’ladi. Bilvosita (eventual) votum –
mutanosib saylovlar tizimida ovoz berish natijalarini aniqlash tartibi, unga ko’ra ma’lum
nomzodga berilgan va saylov kvotasidan ortiqcha bo’lgan ovozlar shu partiya ro’yxatidagi boshqa
nomzod hisobiga o’tkaziladi. Majburiy votum - ayrim mamlakatlarda barcha yuridik salohiyatli
fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylovlarda ishtirok etish bo’yicha yuridik
majburiyati (bu tartibni buzganlarga jarima solinishi mumkin).
VAZIR (arab. yuk ko’taruvchi) – o’rta asrlarda O’rta va Yaqin Sharq davlatlarida, shu jumladan,
O’rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshlig’i. Yuqori mansabdor
shaxs. V. hukumat a’zosi hamda ma’lum bir vazirlikni boshqaruvchi yuqori mansabdor shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |