Referendum (lotincha referendum- xabar etilishi kerak bo'lgan narsalar)- alohida
jamiyat va davlat ahamiyatiga molik masalani xal qilish uchun umumxalq ovoziga
ishtirokining oliy shakli- referendumda qatnashib ovoz berishdir. O'zbekiston
Respublikasining Referendumi to'g’risida”gi qonun 18.11.1991 y. 2001 yil29-
I. Umumiy qoidalar; II. Referendumni tayinlash; III. Referendum okruglari va
uchastkalari; IV. Referendum o'tkazuvchi komissiyalarni tuzish va ularning
vakolatlari; V. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro'yxatlari. Referendumda ovoz berish
byuleteni; VI. Ovoz berish va referendum natijalarini aniqlash; VII. Referendumda
qabul qilingan qarorlarning e'lon qilinishi, kuchga kirishi va majburiyligi; VIII.
deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul
206
qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan
fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda
xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy
yuridik kuchga ega bo'ladi va faqat referendum yo'li bilan bekor qilinishi yoki
o'zgartirilishi mumkin. Referendum O'zbekiston Respublikasining butun hududida
o'tkaziladi.
Quyidagi masalalar referendum predmeti bo'lishi mumkin emas:
O'zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o'zgartirish;
O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
amnistiya va avf etish;
jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha
favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan
majburiyatlarni bajarish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Quyidagilar Referendum o'tkazilishini istisno etadigan holatlar hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki
favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda
holat bekor qilingandan keyin uch oy davomida referendum o'tkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman e'lon qilingandan keyin bir yil davomida
mazmun yoki ma'nosiga ko'ra xuddi shunday savol qo'yilgan referendum
o'tkazilmaydi.
Referendum o'tkazishning asosiy prinsiplari:
Referendum fuqarolarning o'z xohish-irodasini umumiy, teng va to'g’ridan-
to'g’ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy
va erkindir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini referendumda ishtirok etishga
yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-
irodasini erkin bildirishiga ta'sir ko'rsatishga hyech kim haqli emas.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok
etadilar. Har bir fuqaro bir ovozga ega bo'ladi.
207
Referendumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish ochiq va oshkora amalga
oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etadilar.
Fuqarolarning o'z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo'l
qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: