ICHKI AUDIT XIZMATI - aktivlarining balans qiymati bir milliard so’mdan ko’p bo’lgan
jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi,
vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, tasis hujjatlari va boshqa hujjatlarga
rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda malumotlarning to’liq hamda
to’g’ri aks ettirilishi taminlanishini, xo’jalik operasiyalarini amalga oshirishning belgilangan
qoidalari va tartib-tamoyillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni
boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu
borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini
nazorat qiladi hamda baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |