VAZIRLAR MAHKAMASI – Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, Qozog’iston,
Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. O’zbekiston
Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo’lib, “O’zbekiston
Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonunga binoan, u O’zbekiston
Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga
rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |