1. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tushunchasi
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq huquqiy munosabatlar
1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida» qonun bilan tartibga solinadi.
Ushbu mavzuni o’rganishda quyidagi tushunchalarga e'tibor qaratish lozim:
iste'molchi-foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste'mol
yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi
yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
Ishlab chiqaruvchi-iste'molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab
chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi
tadbirkor;
Ijrochi-maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta'mirlash-qurilish, transport
xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo’yicha iste'molchi
uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa
yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor;
Sotuvchi-oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste'molchiga tovar realizatsiya
qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko’rsatuvchi
tadbirkor;
Shartnoma-tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va
xizmatlar ko’rsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to’g’risida
iste'molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o’rtasidagi og’zaki yoki
yozma kelishuv;
75
Tovar-ishlab chiqaruvchi faoliyatining iste'molchiga shartnoma bo’yicha sotish
uchun mo’ljallangan mahsuli, shu jumladan import mahsuloti;
Normativ hujjatlar-standartlar, ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish
normalari va qoidalari, dori-darmonlar xususidagi davlat farmokopeyasi hamda
muvaqqat farmokopeya qoidalari va boshqalar), texnik shartlar, texnik tavsiflar,
retseptura va tovar (ish, xizmat) sifatiga va xavfsizligiga nisbatan belgilangan
talablarni o’z ichiga oluvchi boshqa hujjatlar;
Tovar (ish, xizmat)ning xavfsizligi-tovarni iste'mol qilish, undan foydalanish,
uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilishning, shuningdek ish yoki xizmat
natijalaridan foydalanishning odatdagi sharoitlarida iste'molchining hayoti, sog’lig’i
yoki mol-mulkiga va atrof muhitga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog’liq xavf-
xatarning yo’qligi;
muvofiqlik sertifikati-sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga
muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni-tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning
majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga
odatda qo’yiladigan talablarga nomuvofiqligi;
Tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni-tovar (ish, xizmat)dan belgilangan
maqsadda foydalanib bo’lmaydigan qilib qo’yadigan yoxud bartaraf etish uchun
ko’p mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilik;
Kafolat muddati-tovardan (xizmatdan) foydalanishning (oylar hisobidagi)
normativ muddati yoki tovar (xizmat)ning muayyan vazifani (necha soatda, nechta
ish jarayonida, qancha kilometr masofani bosib o’tib va h.k) bajarish vaqti tarzida
belgilangan muddati bo’lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti
tovarni ishlatish (xizmatdan foydalanish) qoidalariga rioya etilgan bo’lsa, tovarning
(xizmatning) sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar
bajarilishini kafolatlaydi va ta'minlaydi;
Jizmat muddati-tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo’lib, u
tamom bo’lgach, tovarning texnik holatidan qat'i nazar, undan foydalanish
to’xtatilishi lozim;
Yaroqlilik (saqlash) muddati - muayyan davr bo’lib, bu davrda tovar
76
foydalanishga yaroqli bo’ladi va u tamom bo’lgach, tovar odamlar hayoti hamda
sog’lig’i uchun xavf tug’dirishi mumkin;
Kassa cheki-tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi
to’langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana va
kassa apparatining nomeri ko’rsatilgan hujjat;
Tovar cheki-tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi
to’langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to’langan sana
hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma'lumot ko’rsatilgan
hujjat;
Tovarni (ishni, xizmatni) iste'molchidan qaytarib olish - agar tovar (ish,
xizmat) iste'molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo’lsa, ishlab
chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning,
xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib
olishga qaratilgan har qanday chora;
Tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish - ishlab chiqaruvchi (ijrochi,
sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning)
xavfsizligi talablariga mos bo’lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va
bunga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan har qanday chora.
Do'stlaringiz bilan baham: |