Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ruhiy-ijtimoiy stresslar va jismoniy faollik



Download 0,67 Mb.
bet2/4
Sana22.06.2017
Hajmi0,67 Mb.
#11795
1   2   3   4

1.4. Ruhiy-ijtimoiy stresslar va jismoniy faollik
Stress qon bosimi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Uzoq vaqt surunkali kechgan stress boshqa sabablardan qat’i nazar, gipertoniya rivojlanishi omillaridan bo‘lishi mumkin. O‘tirib ishlaydigan kishilarda jismoniy faol kishilarga nisbatan gipertoniya rivojlanishi ehtimoli 20-50 % yuqori bo‘ladi. ’‘Yuqori qon bosimiga ega kishilar davolovchi jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug‘ullanishni boshlash oldidan bemor yoshiga bog‘liq holda tibbiy tekshirishdan o‘tkazilishi lozim:

−30 yoshgacha odatdagi shifokor ko‘rigi yetarli hisoblanadi;

−30-40 yoshgacha ko‘rikka elektrokardiogrammani qo‘shish lozim;

−40 dan yuqori yoshda davolash jismoniy tarbiya yo‘riqchisi nazorati ostida oldindan jismoniy yuklamani belgilagan holda mashqlarni boshlash tavsiya etiladi.

Yuklama bemor tomonidan o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu yuklama tufayli tomir yoshga xos chegaradan ortiq urmasligi lozim. Harsillab qolishning boshlanishi yuklama tezligini kamaytirish belgisidir. Shuni takidlash joizki, ko‘pgina tavsiya etilayotgan profilaktik chora-tadbirlargipertoniyadan bo‘lak holatlarga ham dahldordir. Gipertoniya rivojlanishi bilan bog‘liq xavf-xatarning yuqorida sanab o‘tilgan omillarini bilish juda muhim hisoblanadi, chunki ular ko‘p jihatdan modifikatsiyalangan ya’ni o‘zgartirilgan omillardir.

O‘rni kelganda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) mezonlariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Quyida sanab o‘tiladigan bir yoki bir nechta omillarning mavjudligi qon-tomir kasalliklari (gipertoniya) rivojlanishi xavf-xatari uchun qon bosimi biroz oshishiga qaraganda ko‘proq ahamiyat kasb etishi mumkin. Ular:

-oilada qon-tomir kasalliklari barvaqt rivojlanishining ko‘rsatishi;

-sistolik qon bosimining oshganligi;

-diastolik qon bosimining oshganligi;

-chekish;

-umumiy xolesterin darajasining oshganligi;

-chap yurak qorinchasining gipertrofiyasi;

-bosh miyaning tomir kasalliklari;

-qandli diabet;

-buyrak kasalliklari;

-semirish;

-kam harakatli yashash tarzi.

2. TADQIQOT SHAROITLARI, OB’EKTI VA USLUBLARI

2.1. Tadqiqot sharoitlari
Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida olib borilgan izlanishlar Samarqand shaxridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi va qishloq vrachlik punkiti laboratoriyasi olib borildi.
2.2. Tadqiqot ob’ektlari
Tadqiqotlar yuqori qon bosimi ya’ni gipertoniyaga chalingan odamlarda va sog‘lom kishilarda o‘zaro taqqoslash natijalari asosida olib borildi.

Arterial gipertoniyani aniqlash qon bosimini to‘g‘ri o‘lchashdan boshlanadi, bu ish mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi lozim. Gipertoniyani qanchalik oldin aniqlashga muvaffaq bo‘linsa, uning qanday kechishiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Arterial bosimni qayta o‘lchashda u doimiy oshgan holda saqlanadimi, vaqtinchalikmi, yoki me’yoridami, buni aniqlash ravshan bo‘ladi, me’yorida bo‘lsa, u davriy ravishda qayd etiladi. Qon bosimini sertifikatsiyalangan asbob yordamida standart metodikaga mufofiq o‘lchanganda ushbu holatda quyidagi qoidalardan foydalanish tavsiya etiladi:



  1. Bemor iliq honada stul suyanchig‘iga 5 daqiqa mobqynida suyangan holda qulay o‘tirib olishi kerak. Qo‘lini yalang‘och, bo‘sh holda qo‘yib, tirsakni yurak darajasida joylashtiradi.

  2. Qon bosimini o‘lchashga qadar bo‘lgan 30 daqiqa mobaynida chekish, choy yoki kofe ichishdan butunlay voz kechish zarur.

  3. Zaruriyat tug‘ulganda qon bosimi tik turgan holatda (qo‘l maxsus tirgakda) yoki yotganda qo‘l yurak darajasida saqlangan holatda o‘lchanadi.

  4. Ishni bajarayotganda simob manometrlaridan foydalangan ma‘qul. Turli elektron (displeyli avtomatik yoki yarim avtomatik apparatlar) monometrlardan uy sharoitida foydalanish mumkin.

  5. Manjetka o‘lchami qo‘l o‘lchamiga mos kelishi lozim. Manjetkaning shishiriladigan qismi qo‘lning kamida 80 % ni qamrab olishi zarur. Kattalar uchun kengligi 13-15 sm li va uzunligi 30-35 sm li manjetka qo‘llaniladi.

  6. Manjetka orqali tezlik bilan qon bosimi kattaligiga qarab, puls yo‘qolishi darajasidan 30 mm. sim.ust. gacha dam berish va sekin-asta sekundiga 2 mm. sim. ust. tezligida havo chiqarish lozim.

  7. Arterial qon bosimi 2-3 daqiqa oralig‘ida va o‘rtacha hisoblanganda, kamida ikki marta aniqlanishi lozim. Agar dastlabki ikki o‘lchashda farqlar 5 mm. sim.ust. dank o‘pni ko‘rsatsa, unda uchinchi marta o‘lchanadi va o‘rtachasi hisoblab topiladi. Bugungi kunda qon bosimini belgilashda o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi keng qo‘llanilmoqda. Bunda bemorning o‘zi yoki xonadonidagilar qon bosimi raqamlarini aniqlashadi bu esa qon bosimini oldini olishda shifokorlarga yaqindan yordam beradi.

2.3. Tadqiqot uslublari
Tadqiqotlar yuqori qon bosimini aniqlash uchun mo‘ljallangan Karotkov usulida va Riva-Rochchi usulida zamonaviy tanometrlar va sfigmamonometrlar yordamida olib borildi.
2.3.1. Turli usullarda qon bosimini o‘lchash
Yurakning ishlashi tufayli tomirlarga otilib chiqadigan qonning tomir devoriga bergan bosimiga qon bosimi deyiladi. U asosan yurak ishiga va tomirlar devorining tonusiga bog‘lig‘ bo‘ladi. Qorinchadan tomirga o‘tgan qon zarrachalari yurakdan uzoqlashib borgan sari, ularning tomir devoriga ko‘rsatadigan bosimi ham shuncha kamayib boradi. Tomir tarmoqlanib, diametri torayib borgan sari, uning oqayotgan qonga ko‘rsatadigan qarshiligi ham shuncha ortib boradi. Tomir diametri qancha kichik bo‘lsa, qonning bosimi ham shuncha past bo‘ladi. Binobarin, eng baland bosim aortada kuzatiladi, arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarga o‘tilgan sayin bosim muntazam ravishda so‘na boradi. Kichik diametrli venalarda bosim juda past bo‘lib, yirik venalarda yanada kamayadi. Oqibatda kovak venalarda bosim hatto manfiy bo‘lib qoladi (2.1-rasm).

Qon tomirlaridagi qonning o’zgaruvchan bosimi qon bosimi deb ataladi. Bosimning ko’lami yurakning ishi, tomirlar tizimiga tushuvchi qonning miqdori, uning periferiyaga oqish tezligi, tomirlar devorining qarshiligi, qonning yopishqoqligi, tomirlarning elastikligi bilan aniqlanadi. Eng yuqori bosim aortada bo’ladi. Qonning tomirlari bo’ylab harakatlanishi natijasida uning bosimi ham pasaya boradi.

Yirik arteriyalar va venalarda qon oqimiga ko’rsatilayotgan qarshiliklar unchalik katta emas, shu sababli ularda qon bosimi sekin-asta pasayib boradi. Qon bosimining sezilarli kamayishi arteriolalar va kapillyarlarda kuzatiladi, chunki ularda qon oqimiga ko’rsatilayotgan qarshilik eng katta.

Qon aylanish tizimida qon bosimi o’zgaradi. Qorinchalar sistolasi paytida qon aortaga kuch bilan haydaladi, bu paytda qon bosimi eng yuqori bo’ladi. Bu eng yuqori bosim sistolik yoki maksimal bosim deyiladi. Bu holat yurakdan yirik tomirlarga sistola paytida undan periferiyaga oqib ketayotgan qondan ko’p va katta miqdordagi qon kiritiladi va natijada yuqoridagi yuzaga keladi. Yurakning bo’shashish fazasida (diastola) arterial bosim pasayadi va diastolik yoki minimal bosim yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq puls bosimi deb ataladi. Puls bosimini o’lchami qanchalik kam bo’lsa, sistola paytida yurak qorinchasidan aortaga shuncha qon haydaladi.

Odamning yelka arteriyasida sistolik bosim 110-125 mm.sim.ust.teng bo’lsa, diastolik bosim esa 60-85 mm.sim.ust.teng bo’ladi. Yosh bolalarda qon bosimi voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan jiddiy darajada past. Bola qancha yosh bo’lsa, undagi kapillyarlar turi shuncha katta bo’ladi va qon tomirlarini yuzasi shuncha katta bo’ladi, demak qon bosimi ham shuncha past bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning maksimal bosimi 76 mm.sim.ust.ga yaqin, minimal bosim esa 40-50 mm.sim.ust.teng, yosh ulg’ayishi bilan arteriya tomirlarining ko’ndalang kesimi yuzasini nisbatan torayishi tufayli qon bosimini oshishi kuzatiladi.


2.1-rasm.Katta yoshli odamda Korotkov usulida qon bosimini o’lchash





2.2- rasm. Og’ir ahvoldagi bemorda monitor orqali yurak harakatlarini va qon bosimini aniqlash jarayoni



2.3-rasm. 12 yoshli bolada qon bosimini o’lchash (Riva-Rochchi bo’yicha).

Shunga ko‘ra, yurakning qorinchalar sistolasi paytidagi bosimga maksimal yoki sistolik bosim, diastolasi paytidagi bosimiga esa minimal yoki diastolik bosim deyiladi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim oralig‘ida bosimning o‘zgarish amplitudasi puls bosimi yoki puls ayirmasi deyiladi.

Qon bosimining oshishiga - gipertoniya, pasayishiga esa - gipotoniya deyiladi.Qon bosimiga turli omillar ta’sir qiladi.

Qon bosimi ko‘rsatkichiga yurakning sistolik va daqiqalik hajmi, arteriola va kapillyarlarning qonga ko‘rsatadigan qarshiligi, qonning yopishqoqligi, nerv sistemasi va umuman organizmning holati, tomirlarda aylanayotgan qonning miqdori, tashqi muhit harotati, sutkaning davri, hayvonning turi, zoti, yoshi, mahsuldorligi kabi omillar ta’sir qiladi.

Qon depolaridan qonning tomirlarga ko‘p chiqarilishi oqibatida tomirlarda aylanayotgan qonnning ko‘payishi, qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladi. Tomirlardan talaygina qon yuqolishi qon bosimining pasayishiga olib keladi. Yurak ishining tezlashishi, tomirlar diametrining torayishi, qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladi va aksincha.

Jismoniy ish vaqtida venalardan yurakka ko‘proq qon kelib, yurakning daqiqalik hajmi oshadi, depo qonining ma’lum qismi tomirlarga chiqariladi, shunga ko‘ra jismoniy ish vaqtida ham qon bosimi ko‘tariladi.

Adashgan nerv ta’sirlanganda yurak ishi sekinlashib, qisqarish kuchi kamayadi, oqibatda qon bosimi pasayadi. Qon bosimi kechalari kunduzgiga qaraganda pastroq bo‘ladi.



Qon bosimini o‘lchashning ikki xil usuli bor:

1. Qonli usul (K.Lyudvig usuli)

2. Qonsiz usul.

Qon bosimini qonli usul bilan aniqlash ancha mushkul. Buning uchun agar tajriba hayvonlarda olib borilayotgan bo‘lsa, hayvonga narkoz berish, uni harakatsizlantirish, qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yish va shularga o‘xshash boshqa choralarni ko‘rish kerak.



Qon bosimini aniqlashda qonsiz usul keng qo‘llaniladi. Buning uchun tanometrlar yoki sfigmomanometrdan foydalaniladi.

Odamlarda qon bosimi 2 xil usul bilan aniqlanadi:

1. Korotkov usuli

2. Riva-Rochchi usuli

Karotkov usuli qon tomirlarda paydo bo‘ladigan tovushni eshitishga, Riva-Rochchi usuli esa qon tomirlarda pulsni yo‘qolishiga yoki paydo bo‘lishiga asoslangan. Hozirda ko‘proq karotkov usuli qo‘llanladi.

Arteriyalarda qon bosimi aniqlanayotganda simobli, venalarda bosim past bo‘lganligi uchun suvli manometrlardan foydalaniladi.

Kapillyarlardagi qon bosimi Krog usuli Bilan o‘lchanadi. Buning uchun kapillyarlarni mikroskop ostida kuzatib turib (kapillyaroskopiya), maxsus kamerada kapillyarlarda oqayotgan qonni to‘xtashi uchun zarur bo‘lgan bosim hosil qilinadi. Kapillyarlarda oqayotgan qonni to‘xtatish uchun hosil qilingan bosim ulardagi qon bosimiga teng bo‘ladi.


2.3.2. Turli yoshdagi odamlarda qon bosimini aniqlash usullari
Katta yoshli gipertoniyaga chalingan tekshirilayotgan odamda sfigmomanometr yordamida qon bosimini aniqlash uchun uning manjetasi bilak arteriyasiga bog‘landi. Manjeta ichidagi rezina kamera naycha orqali simobli manometrga tutashtirildi.

Qon bosimi aniqlanayotgan arteriyaga fonendoskop qo‘yilib, quloq solindi. So‘ngra sfigmomanometrning rezina grushasi yordamida dam berib, manjetasiga havo haydaldi, shu havo bosimi arteriyani qisib, qon oqishini to‘xtatadigan darajaga etkazildi. So‘ng maxsus klapan yordamida havo kameradan asta-sekin chiqarildi. Manjetadagi havo bosimi tekshirilayotgan arteriyadagi qonning sistolik bosimiga tenglashganda, arteriyaning qisilgan joyidan katta tezlik bilan kelayotgan qonning tomir devoriga urilishi oqibatida maxsus tovush hosil bo‘lib, bu tovush fonendoskopdan eshitildi. Bu vaqtda manjetadagi havo bosimi qonning maksimal, sistolik bosimiga baravarlashganini manometrning simob ustunidan ko‘rib, tekshirilayotgan qonning arteriyadagi sistolik bosimi to‘g‘risida fikr yuritiladi. So‘ngra manjetadagi havo yana chiqarila boshlandi. Bosim arteriyadagi qonning diastolik bosimiga tenglashganida, fonendoskopda tovush eshitilmaydi. Tovushning yuo‘qolish payti manometr simob ustunining qaysi darajasiga to‘g‘ri kelgani belgilandi. Bu diastolik, minimal bosimga teng bo‘ldi.



A B

C D E
2.4-rasm. Odamlarda qon bosimini o‘lchash. A Korotkov usuli, B-Riva-Rochchi usuli, 1-monometr, 2-rezinali manjeta, 3-fonendoskop, 4-havolagich (nasos). C,D,E-zamonoviy qon bosimini aniqlash asboblari.



      1. Gipertoniyani oldini olish usullari.

Gipertoniyaga chalingan va o‘z sog‘lig‘i uchun qayg‘uruvchi kishilar kasallik kuchayib ketmasdan uning profilaktikasi asosiy tamoyillarini bilishi zarur. Xavf-xatarning asosiy omillari darajasini kamaytirishga erishilgan kishilardagina o‘lim darajasini kamaytirishga, gipertonik kasallik asoratlarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘linadi. Chekishni tashlashga erishish, arterial qon bosimini va qondagi xolesterin darajasini me’yoriga keltirish xavf-xatarning asosiy omillari darajasini kamaytirish demakdir.

Gipertoniyani oldini olishdan maqsad arterial qon bosimini va yurak-tomir sistemasi patologiyasi rivojlanishi xavf-xatarini kamaytirish hisoblanadi. Amalda bu shuni anglatadiki, sistolik arterial qon bosimi 140 mm. sim. ust.dan, diastolik qon bosimi – 90 mm.sim.ust.dan past ko‘rsatkichni tashkil etishi lozim. Ayni paytda boshqa barcha xavf-xatar omillari nazorat qilinishi zarur.

Hozirgi zamon tibbiyotida turli ta’sir mexanizmiga ega ko‘plab gipotenziv preparatlar mavjud, ular orasida katta afzalliklar kasb etuvchi,”birinchi qator”da turadigan, ya’ni uzoq vaqt qabul qilinganda uglevod va yog‘ almashinuvini jiddiy buzmaydigan, ohir-oqibatda gipertoniyaga teskari ta’sirni keltirib chiqarmaydigan, markaziy asab tizimini degradatsiyaga tushirib qo‘ymaydigan dori-darmonlar maqbuli hisoblanadi. Diuriteklar, beta-adrenoblokatorlar, kalsiy antogonistlari, angiotenzin II reseptorlari blokatorlari, alfa-adrenoblokatorlar shunday preparatlar jumlasidandir.

Arterial gipertoniyaning ham yengil va mu’tadil, ham og‘ir shakliga uchragan bemorlar ahvoli yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z kasalligi rivojlanishini doimiy kuzatib borish, shifokorlar tavsiyalariga aniq rioya qilish lozim. Buning uchun ular kasallikning o‘zi chalingan shakli umumiy printsiplarini yaxshi bilishi zarur, chunki ba’zan shifokorlar tavsiyalarini noto‘g‘ri bajarish asoratli holatlarga olib kelishi mumkin.

Gipertoniya kasalliklari orasida bemorlarning 70 foizi uning engil shakli bilan og‘rir ekan (bunday bemorlarning 60 foizidan ko‘prog‘ida miyada qon aylanishi buzilishi kuzatiladi). O‘rni kelganda, yengil gipertoniyani oldini olish va davolashning zamonaviy usullarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Arterial gipertoniya, ayniqsa uning yengil shaklini (diastolik arterial qon bosimi 90-105 mm.sim.ust.) taktikasida nomedikamentoz terapiyaga (shu jumladan turmush tarzini o‘zgartirishga) muhim o‘rin ajratiladi. Bu terapiya davolashning dastlabki uch oyi mobaynida amalga oshiriladi va diastolik arterial qon bosimi kattaligi 90-99 mm.sim.ust. hamda sistolik arterial qon bosimi 140-179 mm.sim.ust. ni tashkil etganda bu muddatdan so‘ng ham davom ettiriladi. Nomedikamentoz terapiya tuz is’temol qilishni cheklash, jismoniy yuklamani me’yorlash, autogen mashqlari, muskul relaktsiyasi, igna sanchib davolash, fiziologik bioakustik ta’sir qilish (musiqa) kabilarni o‘z ichiga oladi.

Davolashni bir dori bilan eng kam tavsiya etilgan miqdorda boshlash kerak. Odatda, bemorlar gipotenziv dorilarni doimiy qabul qilavermaydi, ayniqsa ularni sutkasiga 3-4 marta qabul qilish zarur bodatda, bemorlar gipotenziv dorilarni doimiy qabul qilavermaydi, ayniqsa ularni sutkasiga 3-4 marta qabul qilish zarur bo‘ladi. Bunday preparatlar ayniqsa ertalabki soatlarda qon bosimini me’yorga keltirishga imkon berishi juda muhim, zero bu paytda miyada qon aylanishi buzilishi va o‘tkir yurak yetishmovchiligi yuzaga kelishi ehtimoli bor. Gipertoniyani davolashda quyidagi dori-darmonlar uyg‘unligi tavsiya etiladi:

- beta-adrenoblokator va diyuretik;

- beta-adrenoblokator va kalsiy antogonisti;

- beta-adrenoblokator va ingibitor APF;

Diuriteklar – siydik hosil bo‘lishini oshiruvchi, natriyni organizmdan katta hajmda chiqarish hisobiga suvni chiqarib yuboruvchi dori-darmonlardir. Beta –adrenoretseptor blokatorlar –tomirlar, yurak, buyraklarda maxsus retseptorlarni faollashtirish hisobiga qon bosimini kamaytiruvchi dori-darmonlar hisoblanadi.

Kalsiy antogonistlari –qon bosimi kamayishiga olib keluvchi, hujayra membranalarida maxsus kalsiy kanallari bekilib qolishiga imkon yaratuvchi dori-darmonlardir.

Gipertoniklarga yordam berish usullari: qon bosimini me’yorga keltirishda gipertoniya rivojlanishi asosida yotgan sabablarni hal etishga yo‘naltirilgan tabiiy vositalar eng barqaror va davomli samara beradi. Gipertoniyaga chalingan insonlar shifokorlarning quyidagi maslahatlariga amal qilishlari kerak:

Diuretiklar qabul qilish usuli. Diuretiklar kuchli siydik, ya’ni suv va elektrolitlar, birinchi galda, natriy va kaliy ajratadi. Gipertonik organizmdan natriyni jadal ajratish arterial qon bosimining yengilgina pasayishiga imkon beradi. Kaliy moddasining kamayishi esa yurak urushi maromining buzilishi paydo bo‘lishiga, muskul kuchsizligi va tomir tortishishiga imkon yaratadi.

Bunday ko‘rinishlarning diuretiklar bilan birgalikda oldini olish uchun shifokor maxsus kaliy asrovchi preparatlarni buyuradi. Gipertoniklar o‘shanday preparatlarni qabul qilishdan bosh tortishlari kerak emas!

Diuretiklar ovqatlanishgacha qabul qilinadi. Gidroxlorid singari dorilar ovqatlanishga qadar yoki undan so‘ng ichiladi, xlortalidon esa och qoringa ichiladi.

Diuretiklar bilan davolash paytida albatta kaliyga boy bug‘da pishirilgan kartoshka, turshak, o‘rik, xurmo, shaftoli kabi mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.

Bemorlar ichilgan va peshob bilan chiqarilgan suyuqlik miqdorini kuzatishi kerak. Agar diuretiklar bilan davolashning boshlarida juda ko‘p peshob ajralishi yuz bersa va bu hol keskin madorsizlanish, yurakning tez-tez urushi, qon bosimining anchagina tushub ketishi bilan bog‘liq holda kechsa, bunda tezda shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Arterial gipertoniyaga uchragan ayollarga homiladorlik paytida faqat terapevt yoki ginekolog tavsiyasi bilangina diuretiklarni qabul qilishga ruxsat etiladi. Bolalarini ko‘krak suti bilan boqayotgan onalar bu dorilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari zarur, chunki ularning yangi tug‘ulgan chaqaloqqa qanday ta’sir qilishi hali aniq emas.

Keksa yoshdagi kishilar ham bu borada ehtiyotkor bo‘lmog‘i kerak. Ular diuretik vositalarni qabul qilishga ancha ta’sirchan bo‘lishadi, ularda o‘rta va yosh bemorlarga nisbatan, qo‘shimcha salbiy ta’sirlar ko‘proq kuzatiladi.

Beta-adrenablokatorlar bilan kasallikni oldini olish usuli. Bu vositalar sekin-asta hafta mobaynida qon bosimini kamaytiradi. Ular qon bosimini pasaytirish bilan birgalikda bu guruhdagi preparatlarga xos bo‛lgan yurak urishi maromini ham ancha kamaytiradi. Agar bemor tomir urishi daqiqasiga 55-60 zarbdan kam bo‛lsa, shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Gipertoniklar preparatlarni qabul qilishning buyurilgan vaqtiga qat’iy rioya qilishlari lozim. Qariyalar, jigar va buyrak kasalligi mavjud kishilar, homilador ayollarga beta-adrenablokatorlar faqat qat’iy ko‛rsatma va shifokorning doimiy nazorati ostida buyuriladi.

Bu preparatlarni albatta shifokor nazorati ostida qabul qilib, ularni keskin to‛xtatish sira mumkin emas. Bu gipertonik krizis va kasallik kechishining keskin yomonlashuviga olib keladi.

Kalsiyli terapiya usullari. Bu preparatlarni faqat shifokor buyurishi mumkin. Ulardan o‛z-o‛zini davolash uchun foydalanmaslik lozim. Bemorning asosiy vazifasi dorilarni qabul qilishda qat’iy qoidaga rioya etish, ularni yoki ovqatlanish paytida, yoki ovqatlanishlar oralig‛ida ozgina miqdordagi suv bilan ichish maqsadga muvofiqdir.

Agar dorining savdo nomi yonida ER, SR, LP kabi shartli belgilar bo‛lsa, demak, bemorga uzoq ta’sirga ega tabletka yoki kapsulalar buyurilgan, ularni sindirish yoki chaynash emas, balki butunicha yutish lozim.

Kalsiy antogonistlarini qabul qilishda bu guruhdagi preparatlar uchun odatdagi noxush holat –yuz qizarishi, bosh og‛rig‛i yuzaga kelishi mumkin. To‛piq va boldirda shish paydo bo‛lganda ma’lum vaqt sho‛rva, sut kabilarni ham hisobga olgan holda qabul qilingan va peshob holidagi suyuqlik miqdorini hisoblab boorish, bu haqidagi natijalarni terapevtga bildirish zarur.

Agar buyurilgan preparatni qabul qilishda bemor yuragining urish maromi daqiqasiga 60 zarba yoki undan ko‛proq bo‛lsa ham bemor albatta mutaxassis bilan maslaxatlashishi kerak.




  1. TADQIQOT NATIJALARI


3.1.Tadqiqotlardan olingan natijalar tahlili
Tadqiqotlarimiz natijasida gipertoniyaning yuzaga kelishi borasida bir qator ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori qon bosimi (90-130) dan boshlanib bir necha darajalarga bo‘linadi. Gipertoniya ko‘pincha nasliy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi [10]. Uning yuzaga kelishi ko‘pincha notog‘ri ovqatlanish, ya’ni o‘ta kuchli xolisteringa boy ovqatlarni muntazam iste’mol qilish oqibatida, alkogolizm, tamaki mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish, kuchli qo‘rquvlar oqibatida, doimiy ravishda asabiylashishlar natijasida amalga oshadi. Bunday holatlar tadqiqotlar natijasida ham aniqlandi va tegishli profilaktik usullar tavsiya qilindi.

3.1.-jadval



Оdamlar qon bosimining me’yoriy va gipertonik

holatlardagi ko‘rsatkichlari

(S.Xo‘jayev bo‘yicha, 2008)


Kategoriya


Sistolik (yuqori) bosim

mm.s/ust.


Diastolik (quyi) bosim

mm.s/ust.

Eng mosi


120

80

Me’yorida


130

85

Yuqori


140

90

Gipertoniya

1-bosqich


140-160

85-100

2-bosqich


160-180

100-109


3-bosqich


180 dan yuqori

110 dan yuqori


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish