Nurash po‘sti
– tog‗ jinslarining havo, suv va organizmlar ta‘sirida
o‗zgarishidan hosil bo‗lgan g‗ozak jinslar qatlami. Tub tog‗ jinslaridan g‗ovakligi
va kimyoviy tarkibining o‗zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab N.
p. ning qalinligi har xil bo‗ladi. Issiq va sernam o‗lkalarda qalin (200 m gacha)
bo‗ladi. N. p. ning hosil bo‗lishi Yerning barcha geologik davrlarida ro‗y bergan.
Ob-havo
– atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi
tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o‗zgarib turadi. O. ma‘lum bir vaqtning o‗zida
bir-biri bilan uyg‗un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo
harorati, namligi, shamol, bulutlilik yog‗in, havo bosimi, tiniqligi va h. k.). O.
o‗zgarishi deganda mana shu elementlarning o‗zgarishi tushuniladi. O. davriy
(kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (siklon o‗tishi, turli havo
massalarining kelishi, antisiklon turishi) o‗zgarishlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |