4. Landshaftlarning kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‗liq holda juftlashib kelishi.
borishi tushuniladi. Bu almashinishning asosiy sababi Yerning shar shaklida
ekanligi va unga bog‘liq holda Quyosh enargiyasining yer yuzasiga turli burshak
Yer yuzasida zonallikning vujudga kelishida tashqi astronomik omillarning
roli ham katta. Bulardan biri Quyosh bilan Yer orasidagi masofa. Agar yer
Quyoshdan Pluton sayyorasi kabi masofada joylashganda edi. Ekvator bilan
qutblar orasida insolyasiya farqi yo‘qolib, hamma joy bir xil sovuq bo‘lar edi.
53
Yer shari massasi ham zonallikka ta‘sir ko‘rsatadi, agar yer shari massasi
kichik bo‘lganda, o‘zida atmosferani tutib tura olmas edi. Natijada Quyosh nuri
qayta taqsimlanmagan va transformasiyalanmagan bo‘lar edi. Yer o‘z aylanish
tekisligiga nisbatan 66,5
0
og‘ib turishi ham Quyosh nurlarini notekis
taqsimlanishiga olib keladi va landshaftlar zonalligini murakkablashtiradi. Agar
yer o‘qi orbitasiga nisbatan perpendikulyar bo‘lganda har bir kenglik yil bo‘yisha
bir xil miqdorda Quyosh energiyasini olgan bo‘lar va fasllar vujudga kelmas edi.
Landshaft qobig‘idagi zonallik faqatgina planetar, kosmik, astronomik
sabablarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, geografik qobiq tabiatiga ham bog‘liqdir.
Agar yerdagi zonallik faqat astronomik sabablarga bog‘liq bo‘lganda edi, Quyosh
tushish chizig‘i to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘lib, zonalar geografik parallellarga mos
bo‘lar edi. Kenglik zonalar chegarasi quruqlikda egri-bugri bo‘lib, ba‘zan bir-
biridan uzilgan holda ham bo‘ladi.
Yer yuzasiga Quyosh nurlarining notekis tushishi atmosfera sirkuliyasiyasi,
havo massalari, namlik va termik xususiyatlarini ham turlisha bo‘lishiga olib
keladi. Yer yuzasining notekis qizdirilishi va bug‘lanishining turlishaligi namligi,
harorati va zishligi bo‘yisha farq qiluvchi havo massalarini vujudga keltiradi. Havo
massalarining to‘rtta zonal asosiy tiplari ajratiladi: ekvatorial, tropik, mo‘tadil,
arktika va antarktika.
Agar yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanmaganda edi, atmosferada havo oqimlari
oddiy xarakterga ega bo‘lib, kuchli qizdirilgan ekvatorial kengliklardan havo
yuqoriga ko‘tarilib, qutblarda pastga tushib yana ekvatorga tomon esgan bo‘lar edi.
Boshqasha qilib aytganda shimoliy yarimsharda har doim shimoliy, janubda esa
janubiy shamollar esgan bo‘lar edi. Ammo ular yerning aylanishi bilan to‘qnashib
o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartiradi.
Atmosfera sirkuliyasiyasining zonalligi namlikning ham zonal bo‘lishiga olib
keladi. Havo massalarining nam sig‘dirish qobiliyati ekvatordan qutblarga tomon
ortib boradi. Bu ko‘proq atmosfera yog‘inlarining tarqalishida namoyon bo‘ladi.
Ammo faqat yog‘inlar miqdorining o‘zi tabiat zonalarining namlik bilan
ta‘minlanganlik sharoitini aniqlab bera olmaydi. Masalan, dasht zonasida yog‘inlar
miqdori 500 mm bo‘lsa ham namlik etarli emas, ammo tundrada yog‘inlar miqdori
400 mm bo‘lsa ham namlik etarli darajadan ortiqsha. Buning uchun biz bug‘lanish
darajasini ham bilishimiz kerak. Yog‘inlar va mumkin bo‘lgan bug‘lanishning
kenglik bo‘yisha o‘zgarishi bir-biriga mos tushmasdan qarama-qarshi bo‘lishi ham
mumkin. Yillik yog‘inlar miqdorining yillik bo‘lgan bug‘lanish miqdoriga nisbati
iqlimiy namlik ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkishni birinchi bo‘lib
1905 yilda G.N.Visoskiy Rossiyaning Yevropa qismi tabiat zonalari uchun
qo‘llagan. Keyinshalik Sankt-Peterburglik iqlimshunos N.N.Ivanov bu
ko‘rsatkishni qayta ishlab chiqib, uni namlanish koeffisenti deb ataydi. U quyidagi
formula bilan ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: