Ta'sirotni alohida (izolyatsiyalab) o’tkazish xususiyati. Har bir tolasi ta'sirotni
o’z holicha o’tkazadi. Bir nerv dastasining tarkibida, yuqorida aytilgandek, afferent
tolalar ham, efferent tolalar ham bo’lishi mumkin. Shunga qaramay, har bir nerv
tolasidan o’tadigan ta'sirot shu nerv tolasi yonidagi boshqa tolalarga tarqalmaydi.
Muayyan nerv tolasidan kelayotgan ta'sirot faqat ma'lum muskullarga borib, ularni
qisqartiradi, oqibatda juda murakkab harakatlar vujudga keladi. Nerv tolasi ta'sirotni
o’tkazishi uchun butun bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |