Organizmning, uning organ va to’qimalarining ta’sirotchilar ta’siriga moddalar
Ta’sirlanuvchanlikni oddiy shakli bevosita hujayralar bilan oziq-ovqatlar orasidagi
o’zaro munosabat, ya’ni oziqani hazm qilib uni assimilyasiya qilinishi bilan namoyon
bo’ladi. Tashqi muhitning ma’lum ta’siri moddalar almashinuvining tezlashishi yoki
susayishini, uning miqdoriy va sifatiy jihatdan o’zgarishini chaqiradi. Moddalar
almashinuvining bunday uzgarishlari energiya ajralib chiqishi bilan amalga oshadi va
u butun organizmni yoki uning a’zolarini harakati shaklida namoyon bo’ladi. O’z
navbatida bu harakatlar oqsilli tanalarni harakatlanishi, qisqarishi va chuzilishini
chaqiruvchi energiya ajralishi ritmik biokimyobiy jarayonlar, natijasida yuzaga
keladi. Bu esa uz navbatida organizmni tashqi muhit bilan o’zaro aloqada bo’lgan
Ta’sirlanish – organizmga, yoki uning a’zolari, to’qimalari va hujayralariga
materiyaning turli shakldagi harakatlarining ta’siridir. Ta’sirlanish chaqira oladigan
1. Fizikaviy ta’sirotchilar – mexanik, harorat, elektrik, yorug’lik – turli
uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlar, ko’zga ko’rinadigan va ko’rinmaydigan
infraqizil va ultrabinafsha nurlar, radioaktiv nurlar (radioaktivli, «nishonlangan
2. Kimyoviy ta’sirotchilar – kislotalar, ishqorlar, tuzlar, zaharlar va boshqalar.
17
3. Biologik ta’sirotchilar – hayvonlar, o’simliklar, oliy darajada rivojlangan
hayvonlar, tana yuzasiga ta’sir ko’rsatuvchi mikroblar va viruslar, ya’ni organizmni
ichki muhitiga kiruvchi mikroblar va veruslar.
Bulardan tashqari ta’siri bir vaqtda yuzaga keluvchi fizikaviy va kimyoviy
ta’sirlar beruvchi fiziko-kimyoviy ta’sirotchilar mavjud bo’lib, ularga ionlovchi
radioaktiv nurlar, osh tuzi kiradi.
Ta’sirotchilar faqatgina o’zlarining sifati bilan bir-biridan farq qilmay, balki
ta’sir kuchi bo’yicha ham farq qiladi. Bitta ta’sirotchining o’zi kuchi bo’yicha
kuchsiz, o’rtacha va kuchli bo’lishi mumkin va uning dozasiga bog’liq bo’ladi.
Ta’sirotchilar tashqaridan organizmni tashqi yuzasiga yoki ichki a’zolar, to’qimalar
va hujayralarga ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi ta’sirotchilar bo’lib, organizmni o’rab turgan tashqi materiyaning turli
shakldagi harakatlari (elektr, mexanik va boshqalar) hisoblanadi.
Ichki ta’sirotchilar bo’lib, ichki muhitning kimyoviy tarkibini o’zgarishi (qon,
limfa, to’qimalararo va orqa miya suyuqliklari-likvor), hamda organizmni turli ichki
organ va to’qimalar retseptorlariga ta’sir etuvchi hamda a’zolar funksiyasini
o’zgarishini chaqiruvchi mexanik ta’sirlar va bosimni o’zgarishi hisoblanadi.
Ta’sirotchilar organizm faoliyat ko’rsatayotgan odatiy tabiiy sharoitda aynan bir
to’qimaga ta’sir ko’rsatuvchi «tabiiy» bo’lishi ham mumkin. Bu ta’sirotlarga o’sha
to’qima yoki organ filo- va ontogenez jarayonlarida moslashadi va bularga adekvat
ta’sirotchilar deyiladi. Masalan, skelet mushaklari uchun uning qo’zg’alish to’lqini
harakat nervlari orqali oqib keluvchi ta’sirotlar adekvat hisoblanadi. Adekvat
ta’sirotchilar sifatiga mos holda retseptorlar yorug’lik, tovush, ximik, issiq, sovuq va
boshqa qo’zg’atuvchilar ta’sirini qabul qiluvchilarga farqlanadi.
Barcha retseptorlar yoki aynan bitta retseptor tashqi yoki ichki muhitning
o’zgarishlarini qabul qilishga moslashmagan ta’sirotchilar ham bo’lishi mumkin va
bular adekvat bo’lmagan ta’sirotchilar deb yuritiladi. Bu guruhga bevosita ta’sir
ko’rsatilganida har qanday organ, to’qima va hujayrada qo’zg’alish chaqira oladigan
mexanik, elektr va boshqa ta’sirotchilar kiradi. Adekvat bo’lmagan ta’sirotchilar
orasida elektr toki fiziologiyani o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Ximik yoki
mexanik ta’sirotchilarga nisbatan elektr ta’sirotchining afzalligi shundan iboratkim,
birinchidan yengil va juda o’sish kuchi, davomiyligi va harakati bo’yicha
jarohatlamasdan qo’zg’alish chaqirishi va ta’sir to’xtatilganidan keyin to’qimalarda
qaytarish imkoni bo’lmagan o’zgarishlar chaqirmaydi, uchinchidan, qo’zg’alish
paytida barcha a’zolarda elektr, potensailllari hosil bo’ladi, va shu sababli uning
ta’siri qo’zg’alishni yuzaga kelish va tarqalish mexanizmlari tabiiyga juda yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: