Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 375,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana12.07.2021
Hajmi375,33 Kb.
#116514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
sezgi organlari korish fiziologiyasi

 

Ko’rish   fiziologiyasi. 

 

Ko’zga  tushgan  yorug’lik  nurlari  shox  parda,  qorachiq,  ko’z  gavhari  va 

shishasimon tanadan o’tib, to’r pardaga keladi. Yorug’lik nurlari shox pardadan to 

to’r  pardaga  yetguncha  bir  necha  marta  sinadi.  Chunki,  shox  parda,  ko’z  gavhari, 

shishasimon  tana  turlicha  tuzilgan  bo’lib,  turlicha  nur  singdirish  qobiliyatiga  ega. 

Nurlarning  sinib  o’tishi  tufayli  tashqi  buyumdan  ko’zga  keladigan  nurlar,  to’r 

pardada  shu  buyumlarning  haqiqiy,  ammo  kichraygan  teskari  tasvirini  beradi. 

Boshqacha  aytganda,  har  bir  narsaning  tasviri  ko’zga  tushganda  to’r  pardaga 

teskari va  kichik bo’lib tushadi. Buyumlarning  tasviri ko’zga teskari bo’lib tushsa 

ham,  biz  ularni  to’g’ri  ko’ramiz.  Chunki,  ob'ektiv  reallikni  biz  odatda  faqatgina 

ko’zimiz  yordamida aniqlaymiz.   

Istalgan  har  bir  narsa  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta  analizatorlar  yordamida 

aniqlanadi. Shuning natijasida u qanday holda mavjud bo’lsa, shunday holda idrok 

qilinadi.  Ko’rish  uchun  ko’zga  tushgan  nurning  to’r  pardaga  yetib  borishining 

o’zigina  kifoya  emas.  Buning  uchun  nur  ta'siroti  to’r  pardadan  markaziy  asab 

tizimi  va  uning  oliy  qismi  -  bosh  miya  yarim  sharlarining  po’stlog’iga  uzatilishi 

kerak. 

Darhaqiqat,  ko’zga,  ya'ni  to’r  pardaga  tushgan  yorug’lik  nurlari  u  yerdagi 

yorug’lik sezuvchi hujayralar - (fotoretseptorlar) - tayoqcha va kolbachalarga ta'sir 



etib,  tayoqcha  va  kolbachalarning  tashqi  bug’imlaridagi  pigmentlarda  murakkab 

kimyoviy  o’zgarishlarni  keltirib  chiqaradi,  oqibatda  bu  hujayralar  qo’zg’aladi. 

Odam  va  ko’pchilik  hayvonlar  ko’zining  tayoqchasimon  hujayralarida  ko’ruv 

purpuri  -  rodopsin  bor.  Qushlarning  kolbacha  hujayralarida  yodopsin  pigmenti 

topilgan. Kolbachalarda yorug’likni sezadigan yana boshqa pigmentlar (xlorlab va 

eritrolab)  ham  bo’ladi,  degan  ma'lumotlar  bor.  Yorug’likni  sezadigan 

pigmentlarning  ichida  rodopsin  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Rodopsin  vitamin  A 

aldegidi  -  retinendan  va  opsin  oqsilidan  tashkil  topgan  birikmadir.  Bu  modda 

yorug’lik  ta'sirida  bir  qator  murakkab  o’zgarishlarga  uchraydi.  Jumladan,  retinen 

yorug’likni  yo’tib,  o’zining  geometrik  izomeriga  aylanadi,  oqibatda  uning  yon 

zanjiri  to’g’rilanib,  retinen  bilan  opson  aloqasi  o’ziladi.  Pirovardida  retinendan 

vitamin A hosil bo’ladi. Bu vitamin tayoqchalardan to’r pardaning tashqi pigmentli 

qavatiga  o’tadi.  Qorongulikda  esa,  rodopsin  qayta  sintezlanib,  tiklanadi. 

Avitaminoz A da rodopsinning sintezlanishi bo’ziladi. Oqibatda bunday hayvonlar 

kunduz odatdagidek  ko’rib, gira-shira (xira) yorug’likda ko’ra olmay qoladi, ya'ni 

shapko’rlik  kelib  chiqadi  (qo’yiga  qarang).  Rodopsin  va  fotoretseptorlardagi 

boshqa  pigmentlarning  yorug’lik  yo’tishi  hamda  parchalanishi  ularga  ta'sir 

etadigan  yorug’likning  to’lqin  uzunligiga  bog’liq.  Jumladan,  rodopsin  to’lqin 

uzunligi 500 mmk ga boradigan nurlarni ancha yo’tsa, yodopsin 560 mmk ga yaqin 

bo’lgan  yorug’lik  nurlarini  yaxshi  yo’tadi.  Xullas,  to’r pardaga  tushgan  yorug’lik 

nurlari  u  yerdagi  tayoqcha  va  kolbacha  hujayralarini  bir  qator  fotokimyoviy 

reaksiyalar  oqibatida  qo’zg’atadi.  To’r  pardaning  tayoqcha  va  kolbachalar 

joylashgan  qavatidan  ichkari  tomonida  va  bevosita  shu qavatning  yonida  bipolyar 

neyronlar  qavati,  uning  ichkarisida  esa  ganglioz  hujayralar  qavati  joylashgan. 

Bundan  ko’rinadiki,  shishasimon  tanadan  o’tayotgan  yorug’lik  nurlari  to’r 

pardaning  tayoqcha  va  kolbachalari  joylashgan  qavatiga  tushmasdan  oldin  uning 

ganglioz  va  bipolyar  nerv  hujayralari  joylashgan  qavatidan  o’tadi.  Ganglioz 

hujayralarning  aksonlari  ko’ruv  nervi  tolalarini  hosil  qiladi.  Shunday  qilib, 

yorug’lik  ta'sirida  kolbacha  va  tayoqchalarda  vujudga  kelgan  qo’zg’alish  bipolyar 

va  ganglioz  nerv  hujayralari  orqali  ko’ruv  nervining  tolalariga  o’tkaziladi  va 

markaziy  asab  tizimiga  uzatiladi.  Qo’zg’alishning  tayoqcha  va  kolbachalardan 

bipolyar  hujayralarga  qanday  qilib  o’tkazilishi  hozircha  aniqlangan  emas. 

Qo’zg’alish ko’ruv nervining  markazga  intiluvchi tolalari orqali  miya tirsaksimon 

tanasining tashqi qismiga boradi. U yerdan ikkinchi neyron orqali bosh miya yarim 

sharlarining  po’stlog’iga  uzatiladi.  Ta'sirot  po’stloqda  tegishlicha  analiz  va  sintez 

qilinadi, javob reaksiyasi hosil bo’lib, ko’zga boradi. Oqibatda ko’ruv sezgisi kelib 

chiqadi,  ya'ni  ko’zga  nur  yo’naltirgan  narsa  ongda  aks  etadi.  Ko’ruv  nervining 

markazga  yo’naluvchi  tolasi  tirsaksimon  tanaga  yetmasdan  to’rt  tepalikning 

oldingi  ikki  do’mboqchasiga,  tarmoq  beradi.  To’rt  tepalik  oldingi  ikki 

do’mboqchasining  yadrolaridan  ko’z  soqqasiga,    qorachiq  muskullariga, 

kipriksimon  muskullarga  efferent  nerv  tolalar  keladi.Shu  sababli  yorug’likka 

javoban  yuzaga  keladigan  umumiy  reaksiya  (yorug’likka  tomon  boshni  burish  va 

boshqalar)  to’rt  tepalikning  oldingi  ikki  do’mboqchasiga  bog’liq.  To’r  pardadagi 

tayoqcha  va  kolbachalar  yorug’likni  bir  xilda  sezmasligini  aytib  o’tish  kerak. 

Jumladan,  tayoqchalar  yorug’likni  kolbachalarga  nisbatan  bir  necha  marta  yaxshi 



sezadi.  Shu  sababli  ular,  qosh  qorayganda,  g’ira-shira  yorug’likda  qo’zg’aladi, 

kechqurun  va  tunda  ko’rishda  ishtirok  etadi.  Kolbachalar  ravshan  yorug’likda 

qo’zg’alib,  kundo’zi  va  rang  ko’rishda  ishtirok  etadi.  Shu  sababli  tayoqchalar 

faoliyati  bo’zilganda  (avitaminoz  A  va  boshqalarda)  shapko’rlik  kelib  chiqadi. 

Bunday  odam  va  hayvonlar  xira  yorug’likda  ko’rolmay  qolib,  kundo’zi  bemalol 

ko’raveradi.  Kolbachalar  zararlanganda  ravshan  yorug’likka  qarab  bo’lmaydi, 

ammo  bunday  odam  va  hayvon  kechalari  odatdagidek  ko’raveradi.  Kolbachalar 

faoliyati  bo’zilganda  rangni  ko’rish  ham  bo’zilib,  hayvon  ranglarni  ajratolmay 

qoladi,  rangni  ko’rmaslik  deb  shuni  aytiladi.  Tayoqchalarning  gira-shira 

yorug’likda, kolbachalarning ravshan yorug’likda qo’zg’alishini bir qancha dalillar 

tasdiqlaydi.  Demak,  asosan  tunda  aktiv  bo’ladigan  hayvonlar  (boyqush, 

ko’rshapalaklar)  to’r  pardasida  tayoqchalar  ko’proq,  kundo’zi  aktiv  hayvonlar 

(kaptar, tovuq va boshqalar) to’r pardasida esa, kolbachalar  ko’proq bo’ladi. 


Download 375,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish