- Qanday ovqatlaringiz bor?
- Birinchisiga: sho`rva, mastava, borsh.
- Ikkinchiga-chi?
- Osh, makaron go`sht qiymasi bilan, shashlik, qovurma, jiz, manti, chuchvara, beshbarmoq.
- Kofe yoki choy ham bormi?
- Ha, bor.
So`zlashgichdan foydalanuvchi shaxs shtamplardan kerakli so`zni qo`yib, undan o`z ehtiyojiga mos ravishda foydalanaveradi. Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda voqealanishini bilishi zarur. Zeroki, har bir jamiyatning nutq shtamplari, muloqot doirasi va mavzusi, leksikasi o`ziga xosdir. Bundan tashqari, har bir nutqiy muloqotda jamiyatning o`ziga xos argo va jargonlari bo`lishi mumkin. Nutq jarayoni ishtirokchilari ulardan xabardor bo`lmasa, me'yoriy nutq amalga oshishi mumkin emas.
Sotsiolingvistikada jamiyat deganda, nafaqat nutq jamiyati, balki so`zlovchi va tinglovchi mansub bo`lgan ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy tabaqa ham tushuniladi. Zeroki, bu tabaqalarda nutq ixtisoslashadi. Masalan:
- Grajdanin! - dedi hushyor chegarachi hamon ko`zimga chaqchayib. - Dollar bormi?
- Yo`q!
- Oltin bormi?
- Iya, menda oltin nima qiladi?
- Savolga javob bering!
- Oltin yo`q.
- Antikvar. Xoch bormi?
- Nima u?
- Narkotik modda-chi?
- U nima degani?
- Chekadigan!
- Bor "Kosmos".
(O`.Hoshimov)
Yoki:
- Baklashkani bo`shatib beying, - dedi dona-dona qilib, - magazinga topshiyaman. "Spyayt" topshiyaman. "Spyayt" keyakmasmi? Sakkiz yuz so`m.
- Keyakmas! -dedim men ham beixtiyor "r"ni aytishga tilim kelishmay.
- Baklashkani beying!
Uyga kirib, ichilmay qolgan suvni kosaga bo`shatib chiqishga majbur bo`ldim. Endi eshikni yopayotgan edim, bolakay so`rab qoldi.
- Siz shoyiymisiz, amaki?
Voy xuvori-yex! Kitob ham o`qirkan- a bu!
- Men bolalarga yozmayman-da, - dedim yumshab. -Yozsam senga kitobimdan berardim.
- Kitobmas, - dedi bolakay ko`zlarini pirpiratib. -"Zelyoniy"dan boymi? Hayron bo`ldim.
- Qanaqa "zelyoniy"?
-"Ko`ki"dan boymi? Dollay - bolakay barmoqlarini ishqab tushuntirdi. - Dollay boymi?
- Dollar? Menda dollar nima qilsin? Umuman senga dollarning nima keragi bor?
- Ikki yuz yigiyma ming boy edi, - dedi u tushuntirib, - shuni dollayga almashtiymoqchiman. Dollay bormi amaki?
Eshikni qarsillatib yopdim. Zum o`tmay qo`shnining qo`nqirog’i jiringladi.
- Suv keyakmi, xola?
(O`.Hoshimov).
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, ijtimoiy muqit, ayniqsa bolalikdagi ijtimoiy muqit nutqdagi murojaat shakllariga o`zining aniq ta'sirini ko`rsatadi. Yuqoridagi muloqot bunga yaqqol misol bo`la oladi. Dono xalqimiz bejiz "To`g’ri o`zadi, egri to`zadi", "Ko`ngli qoraning yuzi qora", "Ko`z qayerda bo`lsa, mehr ham o`sha yerda", "Mol egasiga o`xshaydi", "Qush uyasida ko`rganini qiladi", "Buzoqning yugurgani somonxonagacha" demaydi. So`zlovchi va tinglovchining yoshi, kasbi, egallab turgan lavozimi va shu kabilar alohida o`rin egallaydi. Masalan,
…Chol bozorkom raisidan ham dashnom eshitdi. U Qodir misgarning o`limiga ham kechikib bordi… Kechqurun Qo`ziboy chol gangib, qassobxonaga mo`raladi:
- Hormang, usta, savdo zo`rmi?
Qassob go`sht sotilmay turganidan kuyinib o`tirgan edi, tumshaydi:
-Bitta xolodilnik bersa, xotini taloq bo`ladimi?! Mana, go`sht buzilib qolsa, nima qilaman?
- E, tashvish chekmang, - dedi Qo`ziboy chol. - Hademay paxtadan odamlar qaytishadi… Buyoqda kun sovuyapti!
- Siz ham gapiraverasiz-da! …Tiz cho`kib, rosa tilovat qildi. O`lganlarga jannatdan joy tiladi, tiriklarga insof-adolat… So`ng pichirlab:
- E, rasuli barhaq! Imonimni ber, - dedi. - Birovga yomonlik qilmadim, birovning haqini yemadim… Tog’lik og’aynilarni ham aldamadim.
Do'stlaringiz bilan baham: |