Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez bo‘yinning oldingi satxida hiqildok va traxeya sohasida joylashgan traxeyaning ikkinchi va to‘rtinchi halqalari damida bo‘yincha bilan birikkan ikkita bo‘lakdan iborat. Bu bez tug‘ilishdan ancha oldin faoliyat ko‘rsata boshlaydi va u homilaning normal o‘sishi uchun nihoyatda zarur bo‘ladi. 2 yoshda uning vazni taxminan 2 g bo‘ladi. Balog‘atga etish davrida va postpubertat davrida 25-30 yoshgacha bez kattalashadi. Katta odamda vazni taxminan 25-30 g bo‘lib, 50yoshdan keyin asta-sekin kichrayib boradi.
Qalqonsimon bezning gistologik kesmalaridan follikultar deb ataladigan ko‘p sonli yirik bo‘shliqlar ko‘rinib turadi. Ularda bezning yodli gormonlari: tiroksin va triyodtironin mavjud bo‘ladi.
Qalqonsimon bezning gormonlari biosintezida yod ishlatilishi munosabati bilan sog‘lom odamning yodga kundalik ehtiyoji taxminan 150-220 mkg dan iborat bo‘ladi. Qalkonsimon bezning funktsiyasini markaziy nerv sistemasi idora qiladi. Gipotalamus ishlab chiqaradigan tiroliberin gormoni adenogipofizning tirotropin ishlab chiqarishini, u o‘z navbatida qalqonsimon bezning rivojlanishi va funktsiyasini qo‘vatlab turadi. Qalqonsimon bez funktsiyasining o‘zgarishi ko‘rsatib o‘tilgan gormonlar sintezining buzilishi va ishlab chiqarilishi kuchayishi bilan bog‘liq bulishi mumkin, bu gormonlar o‘sish, jismoniy va axliy rivojlanish jarayonlarini idora qilishda ishtirok etadi. Ular moddalar almashinuvi, ayniqsa, asosiy almashinuv tezligini oshiradi, to‘qimalarda oksidlanish jarayonlari va issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Kishilarda uchraydigan giper vg gipotireoz holat kasalliklar xususiyatiga bog‘liq. Gormon miqdori ortishi bazedov kasalligi nomini olgan diffuz toksik bo‘qoqda yuz berishi mumkin. Bolalarda bu kasallikni gripp, angina, qizamiq. ko‘kio‘tal, skarlatina, revmatizm kabilar yuzaga keltiradi.
Bazedov kasalligida yurak-tomir va nerv faoliyatida o‘zgarishlar qayd qilinadi.
Qalqonsimon bez etarli miqdorda tireoid gormoni ishlab chikarmaganda miksedema, ya`ni shillik parda shishi, endemik bo‘qoq va kretinizm nomi bilan ma`lum kasalliklar sodir bo‘ladi. Miksedema katta odamda qalqonsimon bezning bezsimon to‘qimasi massasi kamayib ketganda yoki gormonlar sintezi tormozlanganda rivojlanadi.
Ovqatda yod moddasi etishmaganda endemik bo‘qok kasalligi rivojlanadi. U tashqi yod tanqis bo‘lgan geografik rayonlardagi aholining katta qismini, ayniqsa baland tog‘ rayonlari, o‘rmon joylardagi aholini zararlaydi.
Bolalarda endemik bo‘qoq kasalligida yurak urishi tezlashadi yoki gormonlari mushaqo bo‘lmaganda jismoniy va jinsiy rivojlanishdan orqada qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |