Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

G’azab bizni “o’ldiradimi?” 
G’azab, jahl, qahr kabi psixologik holatlar aynan konflikt vaziyatlarda ko’plab 
vujudga kelishi uchun imkon katta bo’ladi. Tomonlar to’qnashuvining psixologik-
ruhiy natijasi, o’zga tomonga nisbatan qo’qqis shakllangan xis-tuyg’u, o’zini 
muhofaza qilish, yoki o’zga odamga bosim va taz’yiq o’tkazish usuli sifatida g’azab, 
jahl, qahr konflikt vaziyatlarning odatdagi hamrohi hisoblanadi. 
―O’lib bo’ldim-ku?! Yana nima kerak o’zi sizga?!‖ Shunday jumlalarni 
ishlatishganini hyech eshitganmisiz? Mana shu jumlalarni yana bir bor 
eshitayotganingizda, ularni ishlatayotgan odam, ya’ni onangiz, otangiz, o’otog’ingiz, 


105 
do’stingiz, dugonangiz, yaqinlaringizga e’tibor bilan bir qarang. Odatda, bunday 
so’zlarni ishlatishga majbur bo’lgan odam xis-tuyg’ulari nihoyat darajada 
taranglashgan, u psixologik charchagan va tang ahvolda, bunday odam o’z ichki 
tuyg’ularidan qayga qochishni, ularni qanday qilib jilovlab olishni bilmayotgan odam 
bo’ladi. Psixologik tang ahvoldagi odam o’zining mana shu holatini har doim ham 
o’zi to’g’ri anglayvermaydi. Shu bois, mana shunday iboralarni ishlatgan insonga 
e’tiborliroq bo’lish talab etiladi. Nimaga?! Chunki uning so’zlari haqiqatga yaqin.... 
G’azab, jahl, qahr shunday xis-tuyg’ularki, ular haqiqatan ham g’azab ichidagi 
odamga ham, g’azab yo’naltirilgan odamga ham juda katta salbiy ta’sir, ayniqsa 
uning salomatligiga juda qaltis ta’sir o’tkazadi. Tez-tez g’azablanadigan odamlar va 
mana shunday tez-tez birovlarning g’azabini o’ziga qabul qilgan odamlar ham 
hayotdan oldinroq ko’z yumadilar. 
Nima uchun shunday bo’ladi?! G’azab, jahl, qahr – oddiy xis-tuyg’ular emas. 
Inson g’azablanayotgan vaqtida uning organizmi juda katta ichki to’palon, bosim, 
jismoniy, ruhiy, psixologik holat zamirida yotgan kimyoviy o’zgarishlarni boshidan 
o’tkazadi. Eng avvalgi o’zgarish – insonning bosh organlaridan hisoblangan miyada 
sodir bo’ladi. Miya bosh qobig’i inson atrofidagi bo’layotgan va maxsus tarzda unga 
qaratilgan minglab axborotlarni sinchiklab o’rganishda yo’naltirilgan. Miya mazkur 
axborotlarni tartiblashtiradi. Shu qatorda miya insonning turli xis-tuyg’ulari qatorida 
g’azab, jahl, qahr xislarini ham bir maromda ushlab turishga sayi-harakat qiladi.
Inson miyasi ―bu odam g’azablanyapti‖, ―uning g’azabi menga qaratilgan‖, yoki 
―men g’azabdaman‖, ―mening jahlim chiqyapti‖ degan xulosalarni qilishi bilan miya 
adrenalin moddasini ishlab chiqaruvchi bezlarga buyruq yetkazadi. Adrenalin bezlari 
miya qilgan xulosalarga muvofiq ravishda organizmga anchagina miqdorda adrenalin 
suyuqligini chiqaradi. Organizmga chiqarilgan favqulodda adrenalin sababli yurak 
urushi kuchayadi va tezlashadi. Adrenalin inson shakllanishida juda zarur bo’lgan 
moddalardan hisoblanadi. Chunki ibtidoiy jamiyat davrlarida ko’p miqdordagi 
ortiqcha adrenalin odamga yirik hayvonlarni o’ldirish, tabiat tahdidlariga qarshi kun 
ko’rish, boshqa qabilalarni yengish, turli o’ljalarni qo’lga kiritish, ya’ni atrof-
muhitning nihoyat darajada inson hayotiga tahdid qilishi sharoitida zarur 
moddalardan biri bo’lgan.
Adrenalin insonga uning atrof muhit bilan bo’lgan kurashlarida qo’rqmaslik, 
jasurlik, qat’iyat, qarshi tura olish, hujum qilish, o’zini himoya qilish uchun ko’mak 
bergan. Inson yirqich hayvonni o’ldirayotgan vaqtida adrenalin unga kuch ato etib 
turgan, yirqich hayvon o’ldirilgandan so’ng, adrenalin moddasi o’z funksiyasini 
bajarib bo’lganligi sababli u organizmdan chiqib ketgan. Ammo biz 
g’azablangandagi, jahlimiz chiqqanidagi, qahrimiz kelganidagi organizmdagi 
vujudga kelgan adrenalin moddasi o’z-o’zidan organizmdan chiqib keta olmaydi. Shu 
bois, sog’lom turmush tarzi bilan shug’ullanib yashayotgan odamlar turli sport turlari, 
o’yinlari, mashqlari orqali ortiqcha adrenalinga qarshi o’z organizmi faoliyatini 
muvofiqlashtirib turadilar.
Ammo hozir inson hayot tarzi o’zgargan. Hozir bizning atrofimizda yirtqich 
hayvonlar yo’q, biz ularni faqat zooparklarda ko’rishimiz mumkin, dushmanlar bilan 
yakkama-yakka olishmaymiz, tinch va osuda hayotga intilib yashaymiz. Shu bois, 
bizga organizmimiz ishlab chiqarishga odatlangan miqdordagi adrenalin moddasi 


106 
zarur emas. Ammo aynan biz havotirlanganda, g’azablangan, jahlimiz chiqqanida, 
umuman biror bir favqulodda tang vaziyatga kirib borganimizda organizmimizda 
adrelalin ishlab chiqariladi va u keragidan ortiq miqdordagi adrenalinga to’yinadi. 
Uning keragidan ortiqligi sababli adrenalinning bu hajmini bizning tanamiz to’la 
hazm qila olmaydi. Adrenalin moddasining organizmdagi keragidan ortiq holati 
vujudga keladi. Adrenalinning organizmdagi muntazam mavjudligi esa inson yashash 
tarziga, uning salomatligiga o’zining salbiy ta’siri o’tkaza boshlaydi. 
Adrenalin g’azab jarayonida o’ziga xos o’zgarishlarni amalga oshiradi. G’azab 
jarayonida tanamiz harorati ko’tariladi. Bizning tana qon bosimi undagi qon 
miqdoriga bog’liq bo’ladi. G’azablanganda qon miqdori ko’payadi va venalarimiz 
devorlariga uning kuchli bosimi ta’sir eta boshlaydi. Tomirlar devorlari qon bosimi 
bilan kurasha boshlaydi. Qon bosimining kuchli bosimiga qarshi ular turib berishi 
lozim bo’ladi. Ammo inson muntazam g’azablanaversa, qon tomirlariga bo’lgan 
tahdid va bomis ham kuchayib boradi. Natijada, tomirlar devorlari yemirila 
boshlaydi.
Yosh ornizmda yemirilgan tomir devorlarini maxsus ishlab chiqiladigan xolesterin 
moddasi tiklash uchun ishlatiladi. Tomir devorlarini qayta tiklash maqsadida 
xolesterin moddasi ko’proq ishlanadi. Ammo yosh o’tgan sayin ortiqcha xolesterin 
tomir devorlarida to’plana boshlaydi. Organizmda moddalar almashuvi buziladi. U 
organizmning yog’ yig’ishiga, qon tomirlarining og’irlashib qolishiga, tomir 
devorlarining bir tekis bo’lmasligiga olib keladi. Oxir oqibatda – tomir-yurak 
sistemasi kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qon tomiri xolesteringa 
to’lib ketib, shu asosida qon bosimi kuchayib ketsa, yurak xurujlari vujudga kelishi 
mumkin bo’ladi. G’azab, jahl, qahr kabi xissiyotlar esa mana shunday holatlarning 
kuchayib ketishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. G’azab va jahl oshqorzon yarasi, 
doimiy bosh og’riqlari, rak, brak-qon sistemasining urli kasalliklarini keltirib 
chiqarishi mumkinligi ilmiy isbotlangan.
Shu bois – eng avvalo tinchlaning. O’z g’azab, jahl va qahringizni yengib o’tishga 
o’rganing. Ularni jilovlay biling. Ularning o’z va o’zgalar salomatligiga rahna 
solishiga yo’l qo’ymang. Inson xarakterini g’azab, jahl va qahrdan poklash sizni juda 
ko’p noxushliklardan saqlab qoladi va baxtli hayotingiz uchun yaxshi zamin bo’lib 
xizmat qiladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish