Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

kattiq to’qnashuv, ya’ni 
ziddiyat zo’ravonlikka olib keladi, deb o’ylash xato va noto’g’ridir. 
Ba’zi insonlar tug’ilishidanoq o’zining xarakterida agressiyaga moyillikni 
namoyon eta boshlaydi. Biroq bunday insonlar ham bolaligidanoq ma’naviy va 
psixologik nuqtai nazardan yaxshi va to’g’ri tarbiya qilinsalar, ular o’zlarini 
agressiyani cheklash va birovlarga tahdid solmaslik darajasiga ushlab turishga 
erishadilar. 
Ma’naviy yetuklik – zo’ravonlikka qarshi qaratilgan va uni yenga 
oladigan yo’l hisoblanadi. 
Tabiiy agressiyaga moyillik o’zini turlicha namoyon qiladi. Masalan, 
qariyalarning uzoq hayotdan charchash, kasalliklardan o’zini ozod etish niyatidagi
yaqinlari, qarindoshlariga nisbatan bo’lgan agressiyasi, erning xotinga bo’lgan 
besabab agressiyasi va o’z xotinini vaqti-vaqti bilan urib turishni uni ―tarbiyalash‖ 
usuli sifatida baholashi va o’z ―falsafasi‖ga ishonishi, rashk oqibatidagi agressiya
14-15 yoshli o’g’il bolalarning ko’chama-ko’cha jang uyushtirishlari - bular turli 
agressiya ko’rinishlaridir. Mana shu hamma holatlarda o’zini oshkora qilayotgan 
bosh xususiyatlardan biri o’z fikri va qarashlarini zo’ravonlik oqibatida boshqalarga 
tushuntirish, o’zini ko’rsatish, o’z manfaatalarini singdirishga sayi-harakat 
hisoblanadi. Demak, 
zo’ravonlik o’z manfaatlarini kuch va tazyiq orqali 
o’zgalarga o’tkazishga urinishdir.
Ya’ni, ba’zi odamlar o’z fikrini boshqalarga 


103 
singdirishning zo’ravonlik va agressiyadan boshqa usullarini bilmaydilar va qo’llay 
olmaydilar ham. Shuning uchun ular uchun o’z manfaatlarini muhofaza qilish - 
zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Tabiatan agressiv odam – hayotda doimiy va abadiy konfliktogen hisoblanadi. Bu 
borada bir latifa ham mavjud. Er uyga qaytadi. U o’z xotini chaqiradi-da: -―Chiroqni 
o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. Keyin er: -―Chiroqni yoq!‖, - deydi. Xotin 
chiroqni yoqadi. So’ng er yana: ―Chiroqni o’chir!‖, - deydi. Xotin chiroqni o’chiradi. 
Keyin er tahdid bilan ―Chiroqni yoq!, - deb do’q qiladi. Xotin chiroqni yoqadi. Er: - 
―Chiroqni o’chir!‖, - deb baqiradi. Xotin chiroqni o’chiradi. Er: - ―Chiroqni yoq!‖, - 
deb o’shqiradi. Xotin chiroqni yoqadi. Bir necha ―Chiroqni o’chir!‖ va ―Chiroqni 
yoq!‖ lardan so’ng, er: - ―Kimga signal beryapsan!?‖ deb xotinini do’pposlab ketadi.
Konfliktogen odam o’z kayfiyati, xis-tuyg’ularini jilovlashni umuman bilmaydi
shu bois o’z muammolarini o’zgalar hisobiga yechib, o’z agressiyasini tarqatish, 
boshqalarga berish orqali bu xolatdan chiqishga urinadi. Bunday odamni odatda 
―vampir‖ deb ataladi. ―Vampir‖lar boshqa odamlarning emosiyalarini, xis-
tuyg’ularini yeyish, ularni boshqarish va o’ziga og’dirish hisobiga kun ko’radi. Ular 
boshqalarga qattiq emosional tahdid solish va ularni azoblash hisobiga o’z 
agressiyalaridan ozod bo’ladilar. Shu bois, agressiv odam o’z atrofidagilarga juda 
ko’p kulfatlar olib keladi.
Agressiv kayfiyat batamom yomonmi, yoki uning foydali tomonlari ham 
mavjudmi?! Ma’lum darajadagi ijobiy agressiya, biror bir maqsadga yetish, o’zini 
muhofaza qilish, biror bir narsani amalga oshirishdagi qat’iylik – zaruriy holat 
hisoblanadi. Qasd qilmasdan turib biror bir maqsadga erishib bo’lmaydi. Ya’ni, 
ma’lum bir darajagi qat’iylik insonga darkor bo’lgan xislatlardan hisoblanadi. 
Umuman agressiv bo’la olmaydigan odam xaraktersizlikda, landovurlikda, bo’shlik, 
qat’iyatsizlik, o’zini muhofaza qila olmaslikda ayblanadi. 
Tabiatan agressiv odamlar kamchilik hisoblanadi. Shu bois ko’pchilik o’zini faqat 
ma’lum bir vaziyat, ma’lum bir holarlardagina agressiv tutadi. Insonning bunday 
agressiv portlashi uning xuquqlari behad darajada buzilganligi, manfaatlari ziyon 
topganligi, biror tang holatdan chiqib ketish va qutilish yo’llarini bilmaslik, yaqin 
odami bilan bo’lgan bir-birini absolyut tushunmaslik holati, olingan konfliktogen 
holatda adekvat javob, agressiyaga agressiya bilan javob qaytarish kabilarda o’zini 
namoyon etishi mumkin. Agressiyaga agressiya bilan javob berilishi holati – 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish