Tana harakatlari
. Tana zabonida juda katta axborot yuz mimikasi va tana
harakatlari orqali uzatiladi. Yuz mimikasi inson psixologiyasi, insonning ichki
kechinmalari va xis-tuyg’ulari bilan kuchli bog’langan bo’ladi. Shu bois, insonning
nima deyayotganligiga qaramay, yuz mimikasi o’ziga xos tabiiy munosabatlarni
bildirib turadi. Yuz mimikasi orqali juda katta ochiq, aniq va to’g’ri axborot uzatiladi
va qabul qilinadi. Shu bilan birga tana harakatlari ham insonlararo yaqinlikni
ko’rsatib turadi. Siz, o’zingizga yaqin odamga yaqinroq turasiz, uning tanasiga vaqti
vaqti bilan qo’l tekkizib turasiz, u bilan o’pishasiz, orqasini silab qo’yasiz, ammo
sizga uzoq bo’lgan va tanimagan odamga nisbatan hyech vaqt bunday tana
harakatlarini ishlatmaysiz. Yuz ifodasi, mimika, ko’z qarashlar, qanday qadam
tashlashingiz, imo-ishoralaringiz, qo’l harakatlaringiz – bularning barchasi tana
harakatlari bo’lib, ular o’zaro munosabatlar borasida aniq ma’lumot beradi. Inson
mimikasi juda katta axborot tashuvchi hisoblanadi. Hayrat, esankirash, hursandlik,
shodlik, jahl, sevinch, savol bilan qarash, tushkunlik, o’ylanish, g’azab, hafagarchilik,
yig’i, tanglik kabi xissiyotlar inson qiyofasida to’liq, darrov va adekvat, ya’ni
to’laqonli aks etadi hamda boshqalar aynan mana shu xususiyatlarini, aynan mana
shu kayfiyatlarni qabul qiladi. Shu bois, sizning jahlingiz chiqayotgan bo’lsa-yu,
opponentingiz ―Mana jahling chiqayotibdi‖ desayu, siz ―Yo’q, mening jahlim
chiqmayotibdi, senga shunday ko’ringandir‖, deb aytsangiz ham, opponentingiz
sizning so’zlaringizga emas, balki o’z ko’zlariga ishonadi.
6.
Shaxsiy makon.
Inson uchun o’z shaxsiy makonini muhofaza qilish muhimdir.
Shaxsiy makonning himoya qilinganligi insonni tinch va havfsiz muloqot olib
borayotganligini ko’rsatuvchi xususiyat hisoblanadi. Muayyan bir vaziyatda sizning
va sizning suhbatdoshingizning qanchalik bir biringizdan uzoqlikda turishingiz, siz
bilan suhbatdoshingiz o’rtasidagi makon shaxsiy makon hisoblanadi. Har bir
insonning esa o’z shaxsiy makoni bo’ladi. Bu makonga boshqalarning kirib borishi
ularning sizga aloqadorligi, yaqinligiga bog’liq bo’ladi. Agar notanish odam sizga
juda yaqin kelsa, siz tabiiy ravishda undan chetlashishga harakat qilasiz. Siz
tanimagan odam hyech qachon sizning shaxsiy makoningizni buzishga harakat
qilmaydi. Agar tanimagan odam sizning shaxsiy makoningizni buzib kirishga intilsa,
sizning ko’nglingizda havf uyg’onadi, siz sezgir tortasiz. Masalan, siz tanimagan
odam birdaniga sizni quchoqlab ketmaydi. Demak, muloqot olib borilganda inson
shaxsiy makoni borligi va uni buzib bo’lmasligi tamoyillariga rioya qilmoq zarur.
Agar siz birovning o’z shaxsiy makoniga ruhsatsiz kirib borsangiz, uning
shaxsiyatiga bosim o’tkazganingiz, uning xavfsizligiga tahdid ko’rsatganingiz
bo’ladi.
90
Shaxsiy makon tarkibiy qismlari
1.
Intim zona (eng yaqin odamlaringiz kira oladigan zona)
2.
Shaxsiy zona (do’stlaringiz, dugonalaringiz, aka-opalaringiz)
3.
Ijtimoiy zona (ish yuzasidan bo’ladigan muomalalar)
4.
Jamoat zonasi (ma’ruzalar, nutqlar)
Bu zonalar inson madaniyati, tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog’liq holda
o’zgarishi mumkin. Agar sizning yoningizda kimdir o’zini noqulay sezsa, demak
zonalar chegarasi buzilgan bo’ladi.
7.
Ovoz.
Insonlararo axborotning eng katta foizi so’zlar, nutq, til orqali bayon
qilinadi. Ovoz orqali eng boy, rang-barang, xissiyotlarga to’la axborotlar uzatiladi va
qabul qilinadi. Inson so’zlaganda uning ovozi berilayotgan informasiya mazmuni va
o’z ichki xissiyotlari bilan uzviy aloqadorlikda bayon qilinadi. Demak, ovoz
faqatgina axborotni o’zida mujassam etmaydi, balki shu bilan birga, ovozning o’zi
ham axborotni uzatishda faol ishtirokchiga aylanadi. Shu bois, konflikt sharoitida
sizning nimaga urg’u berayotganligingiz, ovozingiz pastu balandligi, uning
samimiylik darajasi, ovoz toni, qanday so’zlarni ishlatayotganligingiz, ya’ni axborot
mazmuni bilan bir qatorda ko’proq shu axborotni qanday intonasiyada
aytayotganingiz ham ahamiyat kasb eta boshlaydi. Intonasiya sizning gapirish
uslubingizdir. Intonasiya - ovoz kuchi, uning iliqlik darajasi, samimiyati, kanday
so’zlardan tashkil topgani, so’zlarga qanday xissiyotlarni yuklayotganligingizga
bog’liq. Masalan, ―Men seni yaxshi ko’raman‖ degan so’zlarni jahl va do’q bilan
aytib ko’ring-chi. Aytolmaysiz. Chunki so’zlar mazmuni ovoz orqali ham uzatiladi va
inson xissiy-emosional holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ammo siz janjal ustida,
o’z xotiningizga, ―Bo’ldi endi, bas. Men seni yaxshi ko’raman, endi ko’ngling to’ldi-
mi?!‖ deb baqiringchi, xotiningiz ―Ha, albatta, meni judayam yaxshi ko’radilar‖ deb
xulosa qilarmikin. Xotiningiz sizga ishonarmikin, yoki o’z ko’zi bilan ko’rgani va
qulog’i bilan eshitgani, ya’ni sizning mimikangiz va ovozingiz orqali berilgan
haqiqiy informasiyaga ishonarmikin. Demak, muloqot olib borish talablariga binoan
ovoz ham muhim rol o’ynaydi hamda konflikt yechimida tana harakatlari qatorida
inson o’z ovozi hamda mazkur ovoz orqali uzatilayotgan axborotni ham nazoratda
ushlashi talab etiladi.
Tana zabonini to’g’ri anglamaslik oqibatlari
Konflikt yechimida tana zabonini to’g’ri anglash juda katta ahamiyat kasb etadi.
Tana zabonini to’g’ri anglamaslik oqibatlari sizni kiyin ahvolga solib qo’yishi va
noto’g’ri xulosalarning qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, kuyida hikoya qilib
beriladigan voqyeada tana zaboni bo’yicha ma’lumotlarning noto’g’ri talqin qilinishi
oqibatida ro’y bergan holat ko’rsatiladi.
Tarix darsida hamma o’z vazifasini bajarib sinfda o’tiribdi. Akrom ham shu sinfda
o’qiydi. Kechqurunlari u oilasiga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida bozorga
qatnaydi. Akrom kechqurunlari ishlab, bir ikki so’m topma-sa, onasi qiynalib qoladi.
Kunduzi maktabda o’qish, kechqurunlari bozorda ishlash Akromni ancha toliqtirib
qo’ygan. Akromga hayot qo’ygan talablar katta, ammo sog’liq va vaqt kam. Shu bois
Akrom tez–tez charchaydigan, darslarni qilishga ulgurmaydigan bo’lib qolgan.
Dars boshlangandan 10 minut o’tgandan so’ng birdaniga eshik ochilib, Akrom
sudralib sinfga kirib keladi. Akrom juda charchagan, bir navi kiyingan. Kechasi bilan
91
yuk tashigan. Yuvilmagan, g’ijim ko’ylak, dazmollanmagan, chang tekkan shim, iflos
oyoq kiyim. U o’qituvchiga bir nimani uzr so’raganday ming’irlab, oyog’ini arang
sudrab, joyiga, ya’ni partasiga shalpayib o’tirdi. Akrom atrofdagilarga bee’tibor,
atrofida nimalar bo’layotganligini uncha anglamaydi, chunki u – charchagan va
uxlamagan. Oyog’ini parta ostidan cho’zib, o’rindiqqa qulayroq o’tirib olib, u
ko’zlarini yumadi. Ammo Akromning o’zini bunday tutishi o’qituvchiga yoqmaydi.
O’qituvchi Akromni o’ziga nisbatan buhurmatlilik va inkor etishda (ignorirovaniye)
ayblashga moyilroq.
«Kim savolga javob beradi?», - deb so’radi o’qituvchi. «Balki bizga Akrom
yordam berar? Bu savolga javobni bilasanmi? Akrom?!», - deb so’radi o’qituvchi.
«Nima, e-e, ux, bu…, iltimos, savolni qaytarib yuboring», - dedi ko’zi uyquga
ketib qolgan Akrom.
«O’zim ham shunday bo’lsa kerak deb o’ylagandim. Sen yana dars qilib
kelmabsan?» - dedi o’qituvchi Akromning partasi oldiga kelib. «Senga nima bo’lgan
o’zi. Hyech vazifalarni qilmaysan. O’zingni xudodek tutasan. Tuzukroq na salom
bor, na alik. Faqat oyog’ingni cho’zib, mudrashni bilasan. Nimaga kelasan o’zi
maktabga? O’zingni ko’rsatganimi? Seni direktor oldiga jo’natish kerak», - dedi
o’qituvchi.
«Men nima qildim sizga? Hyech narsa qilmadim-ku? Jimgina o’tiribman-ku?!» -
deya hayron bo’ldi Akrom.
«Nima qildim?!» - deb o’z navbatida hayron bo’ldi o’qituvchi. «Nima qildim?
Qilganlaring kammi?! Eng avvalo sen sinfga kirganda sinfdoshlarga nisbatan, menga
nisbatan behurmatlik ko’rsatding. Ikkinchidan, darsga kelar ekansan, darsni bajarib
kelishing kerak. Darsga tayyor bo’lmasang kelganingdan nima foyda?! Uchinchidan,
darsda esankirab o’tirasan. Umuman befarqsan! Bor direktor oldiga!»
«Ustoz, bu adolatdan emasku, men sal charchagan edim. Shu xolos, men…» -
dedi Akrom, ammo uning so’zlarini o’qituvchi keskin bo’lib tashladi.
«Hyech nimani bilishni istamayman! Charchasang, kechqurunlari sandiraqlab
yurma, uyda o’tir, dars qil! Bor direktorga aytasan dardingni» - buyruq berdi
o’qituvchi.
«Bo’ldi, baqiravermang», - deb javob qaytardida, Akrom sinfdan chiqib ketdi.
Mana shu vaziyatni tahlil qilgangiz, kim haq, yoki nohaqligini anglashga
urinsangiz, tana zaboni bo’yicha bilimlar naqadar zarur ekanligini, tana zabonini
to’g’ri anglash, to’g’ri tarjima qilish zarurligini ham anglagan bo’lasiz. Shu bois, tana
zabonini to’g’ri qo’llash va to’g’ri anglash qonuniyatlarini bilgan yaxshi. Tana
zabonini qanday qo’llash zarur? Shu masalani oydinlashtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |